Uzatish va samaradorligini oshirish


Ma’lumotlar bazasidan uzilish



Yüklə 118,93 Kb.
səhifə6/7
tarix12.12.2022
ölçüsü118,93 Kb.
#73963
1   2   3   4   5   6   7
ma\'lumotlar bazasini loyihalash....

Ma’lumotlar bazasidan uzilish
Connection yana bir mantiqiy funksiyasi ma’lumotlar bazasi bilan aloqani uzish va dasturdan berkitilgan resurslarni ozod qilishdir. Bu funksiyani Close () usuli amalga oshiradi.
Ma’lumotlar bazasiga murojaatlarni bajarish
Bog‘lanishni ochish va yopish odatda ma’lumotlar bazasiga komandalar yuboriladi. Connection sinfi argument sifatida SQL komanda oluvchi Query() usuli yordamida bajaradi. Agar komanda so‘rov bo‘lsa 2-5. rasmda ko‘rsatilgan ob’ekt modelidan Result sinfi nusxasini qaytaradi. Agar komanda ma’lumotlarni yangilayotgan bo‘lsa, usul NULL qaytaradi va affected_rows qiymatini o‘zgartirilgan satrlar soniga teng qiladi.
Natijaviy to‘plamlar
Result sinfi natijaviy to‘plam ma’lumotlariga xamda shu natijaviy to‘plam bilan bog‘liq meta ma’lumotlarga murojaatni ta’minlashi kerak. 2-5 rasmda ko‘rsatilgan ob’ektli modelga asosan bizning Result sinfimiz natijaviy to‘plam satrlarinissikl bo‘yicha o‘qish va undagi satrlar sonini aniqlashni ta’minlaydi.
Natijalar bo‘yicha ko‘chish
Bizning Result sinfimiz natijaviy to‘plam Bilan qatorma qator ishlaydi. Result sinfi nusxasini Query() usuli yordamida olgandan so‘ng amaliy dastur to navbatdagi Next() usuli 0 qaytarmaguncha, ketma ket Next() va GetCurrentRow() usullarini chaqirishi lozim.
Satrlar
Natijaviy to‘plamning aloxida satri bizning ob’ektli modelimizda Row sinfi bilan tasvirlanadi.
Ma’lumotlarga murojaat massiv indeksi bo‘yicha so‘rov tomonidan berilgan tartibda amalga oshiriladi. Masalan, SELECT user_id , password FROM users so‘rov uchun indeks 0 foydalanuvchi nomini va indeks 1 – parolьni ko‘rsatadi. Bizning C++ API bu indeklashni foydalanuvchi uchun do‘stona qiladi. GetField(1) yoki fields[0] birinchi maydonni qaytaradi.

XML


XMLning paydo bo‘lgan yilini 1996 yil deb hisoblasa ham bo‘ladi. Hammasi 1986 yilda paydo bo‘lgan SGML tilidan boshlanadi.
SGML (Standard Generalized Markup Language — umulashgan standart belgilash tili) belgilash tillarini xosil qiluvchi meta-til sifatida paydo bo‘lgan.
SGML boshqa belgilash tillarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
Aynan shu til yordamida gipertekst hujjatlarni belgilash tili – HTML ni yaratishda ishlatilgan.
XML (eXtensible Markup Language — kengaytirilgan belgilash tili) — Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri Konsorsiumi tomonidan tavsiya etilgan, strukturalangan ma’lumotlarni saqlashda, matn hujjatlarni shakllantiruvchi til. Shuningdek dasturlar aro ma’lumot almashishda ham ishlatilishi mumkin.
XML yaratishdan maqsad strukturalangan ma’lumotlarni har-xil tizimlar orasida internet orqali o‘zaro ma’lumot almashishda mutanosiblikni ta’minlash bo‘lgan.
XML tili hamHTML tiliga o‘xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o‘zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi. HTML teglari hujjatni ekranda ko‘rinishini ifodalaydi. XML teglari hujjatdagi ma’lumotlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Undan tashqari XML yordamida yangi teglarni yaratish mumkin. XMLda ma’lumotlar tuzilmaviy holda saqlanadi. XML asosan ma’lumotlar almashinuvida ko‘p ishlatiladi, chunki XML platformadan mustaqil bo‘lib, HTTP orqali ishlashi juda qulay.
Quyida XMLda tuzilgan dastur bilan tanishamiz:
Bu dastur bloknotga yoziladi va .xml ko‘rinishida saqlanadi.
XML hujjatlar turi
Standart bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan ikki xil darajadagi XML hujjatlar aniqlangan:
To‘g‘ri tuzilgan (Well-formed). To‘g‘ri tuzilgan hujjat XML sintaksisining barcha umumiy qoidalarga mos keladi. Masalan, XML-hujjatning ochilgan tegi o‘ziga mos yopilgan tegiga ega bo‘lmasa, noto‘g‘ri tuzilgan hujjat hisoblanadi. Noto‘g‘ri tuzilgan hujjat XML-hujjat hisoblanmaydi. Bu holatda XML-protsessor fatal xatolikni keltirib chiqarishi kerak.
Ishonchli (Valid). Ishonchli hujjat qo‘shimcha yana semantik qoidalarga ham mos kelishi kerak. Bu foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlangan tashqi qoidalarga (masalan, struktura va matni) mos kelishi yanada jiddiyroq tekshiruvdan o‘tkazilgan hujjat. Odatda bunday qoidalar hujjatning strukturasi, elementlari, atributlari va b. aniq yozib chiqilgan maxsus sxema – fayllarda saqlanadi.
XML sintaksisi
Bu bo‘limda faqat to‘g‘ri tuzilgan XML-hujjatlar sintaksisi haqida so‘z yuritiladi.
XML – ixtiyoriy ma’lumotni o‘zida saqlashga mo‘ljallangan matn shaklidagi ierarxik struktura.
Bunday struktura tashqi ko‘rinishidan elementlar daraxti tarzida tasavvur etilish mumkin. XML elementlari teglar tarzida aniqlanadi. Misol tarzida XML yordamida belgilangan oddiy kulinariya retseptini ko‘rishimiz mumkin:
Muka
Drojji
Tyoplaya voda
Sol
Smeshat vse ingredientы i tщatelno zamesit.
Zakrыt tkanyu i ostavit na odin chas v tyoplom pomeщenii.
Zamesit yeщyo raz, polojit na protiven i postavit v duxovku.
XML e’lonlar
XML-hujjatning birinchi satri XML e’lon deyiladi (XML declaration). Bu zarur bo‘lmagan satrda XML standart versiyasi va simvollar kodirovkasi e’lon qilinadi.
XML-protsessor albatta UTF-8, UTF-16 yunikod-kodirovkalarni tanishi talab qilinadi. Boshqa keng ishlatiladigan ISO/IEC 8859 standartga asoslangan Windows-1251, KOI-8 ruscha kodirovkalarni ham tanishi mumkin.
Asosiy element
Eng muhim sintaksik talab – hujjat faqat bitta asosiy elementga (root element) ega bo‘lishi kerakdligidan iborat.
Bu hujjatning matni va barcha boshqa ma’lumotlari ochilgan va yopilgan asosiy teg orasida joylashishini anlgatadi.
Eto kniga: "Knijechka"
Quyidagi kelgirilgan misoldagi hujjat to‘g‘ri tuzilgan XML-hujjat hisoblanmaydi:
nimadir №1
nimadir №2
Kommentariy
Daraxning ixtiyoriy joyida kommentariy elementini joylashtirish mumkin.
XML-kommentariy simvollar bilan tugagan oraliqda joylashtirilishi mumkin. Ikkita defis belgisi (--) kommentariy ichiga joylashtirilishi mumkin emas.
Kommentariy ichiga joylashtirilgan birorta ham teg ishlamaydi.
Teglar
XML-hujjatning qolgan qismi ichma-ich joylashgan elementlardan iborat bo‘ladi. Ularning ba’zilarining ichida atributlari bo‘lishi mumkin.
Element odatda ochilgan va yopilgan teglar oralig‘idagi matn yoki boshqa elementlardan iborat bo‘ladi. Ochilgan element burchak qavslarga o‘ralgan element nomidan iborat bo‘ladi. Yopilgan teg burchak qavslarga o‘ralgan xuddi shu element nomi va slesh belgidan iborat bo‘ladi.
Element nomi va atributlari nomida probel ishlatilishi mumkin emas. Lekin element nomi XML-hujjat qo‘llab quvvatlaydigan ixtiyoriy kodirovkadagi tilda yozilishi mumkin.
Element matni (content) ochilgan va yopilgan teg oralig‘idagi ixtiyoriy matn va jolashtirilgan boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin.
bu yerda ixtiyoriy matn bo‘lishi mumkin.
Elementning matnidan tashqari ochilgan tegida, element nomidan keyin, atribut nomi=qiymati juftligidan iborat bo‘lgan atributi ham bo‘lishi mumkin. Atribut qiymati doimo qo‘sh tirnoqqa olinib yoziladi.
Muka
Yuqorida keltirilgan misoldagi «ingredient» elementining «3» va «stakan» qiymatli ikkita amount va unit atributlari bor ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Odiy tekstli matndan tashqari boshqa elemntlar ham bo‘lishi mumkin:
Smeshat vse ingredientы i tщatelno zamesit.
Zakrыt tkanyu i ostavit na odin chas v tyoplom pomeщenii.
Zamesit yeщyo raz, polojit na protiven i postavit v duxovku.
Bu yerda «instructions» elementi o‘zida uchta «step» elementlarini saqlaydi.
XML o‘zida bir birini yopib yuboradigan elementlarni ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi. Quyidagi misolda noto‘g‘ri XML-hujjat ko‘rsatilgan. Bu yerda «em» va «strong» elementlar bir birini o‘zaro yopib yuborayapdi.
Obыchnыy aksentirovannы
Yüklə 118,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin