vыdelennыy i aksentirovannыy vыdelennыy Quyida bo‘sh elementning uch xil ko‘rinishi ishlatilgan:
Maxsus simvollar
XML-hujjatda maxsus ishlatiladigan simvollar aniqlangan.
Maxsus simvollar boshqa simvollardan oldidan ampersend belgisi (&) va ortidan keyin nuqta vergul (;) qo‘yib ajratiladi.
AT&T
Oldindan aniqlangan maxsus simvollar & (&), < (<), > (>), ' (') i " (") dan iborat. – uzun probelni anglatadi.
Ixtiyoriy simvolni uning yunikod kodini (yunikod; tarzida) yozib ham ko‘rsatish mumkin:
AT&T Afzalliklari
XML yunikodda ishlaydi;
XML formatda yozuvlar, ro‘yxatlar va daraxtlar kabi ma’lumotlar strukturalarni ishlatish mumkin;
XML qat’iy aniqlangan strukturaga ega. Shu bilan birga ishlatishda oddiy, samarali va ziddiyatsiz bo‘lib qoladi. Shu bilan birga har xil uslublarni ishlatishdan chegaralanmagan (masalan, qiymatlarni teg parametrlariga yoki teg tanasiga joylashtirilib, ma’lumotlarni modellashtirish mumkin, teglarni nomlashda turli xil tillardan foydalanish mumkin);
XML — xalqaro standartlarga asoslangan format;
XML ierarxik strukturasi amalda ixtiyoriy tipdagi hujjatlarni yozish imkonini beradi, faqat audio, video va multimedia potoklarni, rastrli suratlarni, tarmoqli ma’lumotlar strukturasini va ikkilik ma’lumotlardan tashqari;
XML litsenziyalash va har-xil cheklovlardan xoli bo‘lgan oddiy tekst;
XML hech qanday platformalarga bog‘liq emas;
Binar formatlardan farqli o‘laroq, XML ob’ektni ta’riflaydigan nomlar, tiplar va sinflar haqida meta ma’lumotlarga ega, unga ko‘ra ixtiyoriy ilova noma’lum strukturali hujjat bilan ishlayverishi mumkin (maslan, dinamik interfeyslarni qurishda);
XML barcha zamonaviy dasturlash tillari uchun sintaksik analizatorga (parserga) ega;
XMLda brauzerlarda, operatsion tizimlarda, veb-serverlarda amalga oshirilgan XSLT o‘zgarish standart mexanizmiga ega;
XML zamonaviy qurilmalarda apparat, mikrodastur va dastur quyi darajasida qo‘llab quvvatlanadi.
Kamchiliklari
XML sinteksisida keragidan ortiqchalik bor.
XML-hujjat o‘lchami xuddi shu ma’lumotlarni binar shaklidan sezilarli darajada (10 baravar) katta.
XML-hujjat o‘lchami xuddi shu ma’lumotlarni axbort uzatishning alternativ matn formatlari shaklidan (masalan JSON[2], YAML) katta.
XMLning keragidan ortiqcha sintaksisi ilovani ishlatishning samaradorligiga ta’sir qiladi. Ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish narxi oshib ketadi.
XML maydonlar, sinflar nomi, strukturalarning ichma ich joylashuvi kabi metama’lumotlarni o‘zida jamlagan. Shu bilan birga XML – ochiq tizimlarning o‘zaro muloqot tili hamdir. Tizimlar orasida ko‘psonli bir xil tipdagi (strukturali) ma’lumotlarni uzatilganda, har safar metama’lumotlarni takroran uzatishdan ma’no yo‘q. Chunki bunday ma’lumot XMLning har bir nus’hasi ichida bor.
Ko‘p sonli masalalar uchun XMLning butun boshli sintaksisining barcha kuchini ishlatishning keragi yo‘q. Ko‘pincha oddiyroq biror qismidan foydalanilsa yetarli.
Modellashtirishi bitta yechimga ega emas.
XML da modellashtirishning umumiy kelishilgan yagona uslubi yo‘q. Aksincha relyatsion va ob’ektga yo‘naltirilgan modellarda bunday vositalar ishlab chiqilgan va tizimli yondoshuv va tizimli tahlilda relyatsion algebraga tayanadi.
Tilning o‘ta moslashuvchanligi va qat’iy cheklovlarning yo‘qligi natijasida, bitta struktura ko‘p usulda taqdim etilishi mumkin. Masalan, bir xil qiymat teg atributi yoki teg tanasi tarzida yozilishi mumkin.
yoki yoki 11 yoki yoki va h.k.
XML tiliga ma’lumotlar tipini qo‘llab quvvatlashni kirmaydi. Unda ma’lumotlarni butun son, satr, sana, mantiqiy kabi tiplarga qat’iy ajratish yo‘q.
XML tavsiya qiladigan ma’lumotlarning ierarxik modeli, relyatsion model va ob’ektga-yo‘naltirilgan graflar va tarmoq modellariga nisbatan chegaralangan.
Ierarxik ma’lumotlar ifodasi (masalan graflar) qo‘shimcha harakatlarni talab qiladi.
XML ismlar makonidan foydalanish va ularni XML-parserlarda qo‘llash murakkab vazifalardan.
Inson tomonidan o‘qilishi ancha qulay bo‘lgan, XMLga o‘xshash imkoniyatlarga ega bo‘lgan, ma’lumotlarning boshqa tekst formatlari mavjud (YAML, JSON, SweetXM, XF).
XMLni WWW internet tarmog‘ida aks ettirish
XML-hujjatni internet brauzerlarda foydalanuvchi o‘qiy olishi uchun, uni o‘zgartirishning uch xil usuli keng tarqalgan:
CSS stillarni qo‘llash;
XSLT o‘zgarishlarni tatbiq qilish;
Ixtiyoriy dasturlash tilida XML-hujjatga ishlov berish dasturini tuzib chiqish.
CSS yoki XSL ishlatilmasa, XML–hujjat ko‘pchlik veb-brauzerlarda odiy tekst bo‘lib ko‘rinadi.
Internet Explorer va Mozilla Firefox kabi ba’zi brauzerlar XML-hujjat strukturasini daraxt ko‘rinishida ko‘rsatadi.
CSS stillarni tatbiq qilish
XULOSA Jarayon xuddi HTML-hujjatni aks ettirish uchun CSS stillarni qo‘llagan bilan bir xil.
XML-hujjatni brauzerda aks ettirishda CSS ni qo‘llash uchun uchun, hujjat o‘zida stillar jadvaliga ko‘rsatkich havolasini saqlashi kerak bo‘ladi. Masalan:
XSLT o‘zgarishlarni tadbiq etish
XSL – XML-hujjat ma’lumotlarini qanday shakllantirish yoki o‘zgartirishni aniqlab beradigan texnologiya hisoblanadi.
Hujjat brauzerda aks ettirishga yaroqli formatga o‘giriladi.
XSL texnologiya eng ko‘p brauzerlarda qo‘llaniladi, lekin XSL yordamida ixtiyoriy boshqa formatlarga, masalan VRML, PDF tekst formatlariga ham o‘girish mumkinligini unutmaslik kerak.
XSL transformatsiya (XSLT) vazifasini bermoq uchun, tarmoqning mijoz tomonida XMLning quyidagi ko‘rinishdagi instruksiyasi bo‘lishi talab qilinadi;
XML lug‘ati
XML o‘ziga xos abstrakt til bo‘lgani uchun, XML lug‘ati ishlab chiqilgan.
Mazkur lug‘at dasturchilarga teglar nomi va ularning atributlarining cheklangan to‘plamini ishlatishga kelishish imkoniyatini beradi.
XHTML – ko‘pchilik brauzerlar tushunadigan, ana shunday ilk lug‘atlardan biri hisoblanadi.
XHTML dan ko‘pincha CMS kontentlarini saqlash va taxrirlashda foydalaniladi.
Ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladigan CommerceML, xCBL va cXML kabi tijorat lug‘atlariyam mavjud.
Bundan tashqari, insonlarga mo‘ljallanmagan va ancha murakkab SOAP ma’lumotlarni uzatish protokoli kabi maxsus lug‘atlar ham ishlab chiqilgan.