Узбек шевашунослиги фани


- MAVZU Leksika haqida umumiy



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/7
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#183710
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-O’ZBEK DIALEKTOLOGIYASI

6 - MAVZU Leksika haqida umumiy

ma`lumot.


Reja

1.O’zbek adabiy tiliga sheva leksikasining ta’siri.
2.Ma’nodosh so’zlar.
3.Shakldosh so’zlar.
4.Zid ma’noli so’zlar.
5.Ko’p ma’noli so’zlar.

Adabiyotlar.


1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi”Toshkent, “O’qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
7. “O’zbek xalq shevalarining lug’ati”,Toshkent, “Fan”, 1971- yil.

O’zbek tili leksikasining o’zining qadimiy va boy tarixiga egadir. U bir qapcha asrlar mobaynida rivojlanib kelgan. Tilimizdagi so’zlarning ayrimlari eng qadimgi davrlardan beri turmush talablarini qondirib kelgan bo’lsa, boshqa xillari nisbatan keyin paydo bo’lgani davr o’tishi bilan mavjud so’zlardagi ma`no va ma`no noziklarida o’zgarishlar ham yuz berib turgan.


Ma`lumki, so’zlar bir qapcha ma`nolarni anglatadi. Ularning qaysi ma`nosi qachon yuzaga kelganligini o’rganish tilshunoslar uchun zarur bo’lsa, bu so’zlarning necha xil ma`noda qo’llanilishini o’rganish ushbu tilda so’zlashuvchilarning hammasi uchun zarurdir. Bu, ayniqsa, yozuvchilar va shoirlar, san`at va madaniyat xodimlari, olimlar uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. So’zlarning biror ma`nosidan xabarsizlik ayrim ilmiy asarlar, maqolalar va nutqlardagi so’zlarni to’la va to’g’ri tushunishga halaqit beradi.
So’zlarnng qo’llash va ularning ma`nolaridan foydalanishda shoir – yozuvchilarning imkoniyatlari g’oyat kattadir. Chunki ular adabiy tilimiz leksikasidan tashqari,sheva imoniyatlaridan ham keng foydalanadilar. Natijada shevalardagi ayrim so’zlar ommalashib, adabiy normalarga aylanib boradi. Lekin ularning asosiy qismi lahjalar va shevalarga xos bo’lib, adabiy til doirasiga kirmaydi hamda shevalardagi shakl, ulardagi o’ziga xos xususiyat bo’lib qolaveradi. Adabiy til nuqtayi nazaridan kam qo’llaniladigan so’zlar ayrim hollarda faollashib ham qoladi. Bu hol shevalar chegarasi bilan bog’lanadi. U so’zlar shevada gapiruvchilar nutqida faol hisoblanib, adabiy tildagi so’zlar bilan birgalikda bir shakldoshlik qatorini tashkil etadi.
Shevalar eng qadimiy bo’lib, odamzod tilga kirgandan boshlab, iste`molda bo’lib kelmoqda. Bunday o’zigi xoslikni hozirgi vaqtda osonlik bilan farqlash mumkin: bineyi (tuzuk), pisip (yashirib), talli(tez), heyde(yur), bavir (jigar) singarilar qipchoq lahjasi shevasida: zep (juda vaqtida), peqqos ( butunlay), pochche (aka amaki), unemog (kunmoq) moxovat//vey`me (mubolaga), diltan bolmoq (xafa bo’lmoq) singarilar qarluq – chigil – uyg’ur lahjasidagi shevalarda; atiz (paykal), morche (chumoli), dovdi (beparvo), pelpis (iflos), arna (anxor), yap (katta ariq) petik (ship), teykek (bolaxona),meyin (miya), kort (bura) va boshqalar o’g’uz guruhi shevalarida uchraydi.
Yuqoridagi shevalargi xos turli – tumanlik badiiy va ilmiy asarlarda o’z aksini topib kelishi qonuniy bir holdir. Jumladan, «Qutadg’u bilig» , «Devoni lug’otit turk», « Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Muhokamatul lug’otayn», «O’tgan kunlar», «Mehrobdan Chayon», «Qullar», «Navoiy», «Qutlug qon», «Qo’shchinor chiroqlari», « Farg’ona tong otguncha», «Xorazm», « O’qituvchi», «Opa – singillar», kabi ko’plab asarlar fikrimizga dalil bo’la oladi.
Shoir – yozuvchilar asarlaridagi ayrim so’zlar hozirgi vaqtda ham shevalarda turli ko’rinish va shakllarda ishlatiladi. Masalan, qipchoq shevasiga xos bo’lgan kevenek // kebenek// kepenek (chakmon), eturik// (yolg’on), qalpaq// qalpoq (do’ppi), urt// uvuro’t// ovuro’t (lunj), manlay (peshona), xoqon - qoon// qan (xon), ne // ne// ni (nima), vusma – osma (usma) singari so’zlardan Navoiy asarlarida ham keng foydalanilgan.
Yuqoridagi singari hollar, ulardagi ma`nolar hozirgi paytda adabiy til birga,shevalarda ham mavjuddir. Adabiy tildagi ona so’zi Toshkent shevasida oyi, Farg’ona shevasida aya, buvi, o’g’uz shevalarida ene kabi shaklda faol ishlatiladi. Ular adabiy tilidagi ona so’zi bilan birgalikda bir uslubiy shakldoshlikni tashkil etadi.
Yoki boshqa misollarni ham keltirish mumkin:
Qalampir (adabiy tilda), germdor` (Toshkent shevasida), qalamfur (Samarqand , Buxoro shevalarida); xomak (adabiy tilda), sapcha (Toshkent shevasida); izlamak, istamok, qidirmoq ma`nodosh so’zlari shevalar nuqtayi nazaridan quyidagicha; `stemok ( Farg’ona va Ush shevalarida), q`d`rmoq (Toshkent shevasida), izlamak, qidirmoq, istemak (Qipchoq va o’g’uz shevalarida)
O’zbek shevalarining leksikasini o’rganish masalasi bir muncha kengroq miqyosga ega bo’lib bormoqda. Ayniqsa ushbu sohaga bagishlangan «O’zbek shevalari leksikasi»(1966) ilmiy to’plami va «O’zbek xalq shevalari lug’ati»(1971) ning nashr etilishi o’zbek shevalarining leksikasini o’rganishda qimmatli materiallar bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shu tarzdagi qimmatli shevashunoslik materiallari «O’zbek shevalar leksikasi» nomi bilan 1991-yilda ham nashr etildi.
O’zbek xalq shevalari leksikasini, jumladan,shakldosh, ma`nodosh, ko’p ma`noli, yangi so’zlar xususiyatlarini o’rganish shevashunoslar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.Chunki ma`lum bir sheva yoki bir qancha shevalar leksikasini o’rganish, bir tomondan, til tarixi, etnografiya, tarix singari fanlar uchun qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, adabiy tilni rivojlantirish uchun ham ahamiyatlidir. O’zbek xalq shevalari fonetik va morforlogik jihatdan ma`lum darajada o’rganilmagan. O’zbek lahjalarining leksik qatlamlarini o’rganish uchun tahlil etish o’zbek adabiy tili leksikasi uchun ham g’oyat foydalidir.
O’zbek lahjalarini leksikasini ko’zdan kechirar ekanmiz, har uchala lahjaning o’ziga xos leksik qatlamlarini ko’ramiz.Shu umumiy tomonlardan tashqari, ularning har birida o’ziga xos leksik qatlamlar ham mavjud. Jumladan, qipchoq shevalarida ham bunday xususiyatlar uchraydi. Bu, hatto, Samarqand viloyati zamirida mavjud bo’lgan shevalar materiallarida ham ko’rish mumkin. Samarqand viloyatidagi shevalarni shartli ravishda sharqiy va g’arbiy guruhlarga bo’lib o’rganish an`ana tusiga kirib qolgan:

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin