AS – Abstract Random – Abstrakt va tasodifiy holda faoliyat ko‘rsatadigan ruhiyat/xarakter turi uchun quyidagilar xosdir:
Ustuvorlik (Prioritet) lar: • emotsional (jo‘shqin);
• shaxsiyatga e’tibor beruvchi;
• tushunuvchan;
• xilma-xil fikrli;
• mavzuga oid (tematik) fikrlovchi;
• kelishuvchan;
• hissiyotga berilgan;
• omma bilan birga bo‘lishni xohlovchi inson;
• ta’sirchan;
• ommaviy axborotga ishonuvchan;
• moslashuvchan.
Tug‘ma xislatlar: • moslashuvchanlik va kelishuvchanlik;
• boshqa kimsalarga bog‘liqlik;
• ta’sirchanlik;
• san’at, tabiat va go‘zallikni sevuvchi;
• hissiyot orqali yaratuvchanlik;
• ijtimoiy guruhlarning bir qismi bo‘la oladi;
• g‘oya va hissiyotlarni o‘zicha tushunadi.
Tashki muhitga nisbatan afzalliklar: • Boshqalar bilan ishlay oladi va fikr almasha oladi.
• Shaxsiga nisbatan e’tiborni va emotsional qo‘llab-quvvatlashni xohlaydi.
• Ish bilan birgalikda ijtimoiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadi.
• Boshqalar tomonidan nazorat qilinishdan xoli.
• O‘ziga shaxsan qoniqarli muhit hosil qila oladi.
• Ko‘pincha shaxsiy, yakka (individual) yoki artistik jumlalarni ishlatadi.
• Boshqalar bilan ochiq muloqotda bo‘ladi.
• Raqobat bo‘lmagan muhitga ega.
Mumkin bo‘lgan to‘siqlar: • Aniq javoblar berishni va mayda-chuydalarni ham bilishni xohlaydi.
• Uzoq muddat davomida yakka ishlaydi.
• Izchil usulda ishlaydi.
• Ko‘pincha ishni tugallashga vaqti yetishmaydi.
• Tuzatilib turishga muhtoj.
• Raqobatni yaxshi ko‘radi.
• Rejali faoliyat yuritadi.
• Berilgan vaqtda biror-bir masalagagina diqqatini qarata oladi.
Ish uslubiyati: • «O‘rmondagi daraxtlarni» ko‘ra oladi.
• Sakrashdan oldin mulohaza qiladi.
• Muhim elementlarga ahamiyat beradi.
• To‘liq tushuntirishni yoqtiradi.
• Qaror qabul qilishdan oldin obyektiv holatlarni hisobga oladi.
• Vaqt tig‘izligida ishlayotganida mas’uliyatni zimmasiga oladi.
• Boshqalardan kamroq hissiyotli javob kutadi.