6. Merfi qonunlari
Taqdir tasodifiy bir hodisa emas, u tanlov natijasidir, taqdirni kutib o‘tirmaydilar, uni yaratadilar.
Vilyam Brayan
Ushbu kimlargadir qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan «qonu-niyat»lar bir qancha taniqli insonlar, ishbilarmon shaxslar va omadli menejerlarning qiziqarli fikrlaridan iborat bo‘lib, ular real hayotda uchrab turadigan ba’zi bir qonuniyatlarning, fikriy umumlashtirish-larning va kuzatuvlarning in’ikosi bo‘lib, ularni yana ham yaxshi va chuqurroq tushunishga olib kelishi mumkin. Talabalar bilan muloqotda ushbu «hayotiy dalil»larni kezi kelganda mohirlik bilan ishlatish dars jarayonini faollashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Agar bular Sizni qiziqtirsa va ishtiyoqingiz xali so‘nmagan bo‘lsa, o‘qib chiqing hamda tegishli xulosani o‘zingiz
chiqaring, biz faqat Sizning sermahsul fikrlashingiz uchun xomashyo berayapmiz, xolos.
1.
Merfi qonuni. Noqulay holat qachonlardir bo‘lishi mumkin bo‘lsa, u albatta ro‘y beradi.
2.
Merfining kengaytirilgan qonuni. Agar bir qancha noqulay holatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lsa, ular eng noqulay ketma-ketlikda yuzaga keladilar.
Bundan xulosa. Bundan ham yomonroq bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan hech qanday yomon holat yo‘q. Shuning uchun ham, bundan ham yomon bo‘lmaganligi uchun shukur qiling.
3.
Xolgren qoidasi. Iqtisodchilar va olimlar uchun ko‘pincha atrof-muhitdagi real dunyo xususiy hol hisoblanadi.
4.
Berke koidasi. O‘zingizga yechimi noma’lum bo‘lgan masalani hech qachon o‘z oldingizga qo‘ymang.
Xulosa. Yechimi faqat o‘zingizdagina bo‘lgan masalalarnigina o‘z oldingizga qo‘ying.
5.
Mayls qonuni. Ko‘rish burchagi tanlangan joyga bog‘liqdir.
6.
Prays qonuni.
A) Hamma ham xohlamaguncha hech kim hech narsa ololmaydi.
B) Ommadan bo‘lgan shaxsga ommaviy ravishda xizmat ko‘rsatmoq lozim.
7.
Uorren qoidasi. Ekspertlikka bu ish juda ko‘p vaqt oladi va juda qimmat turadi degan kimsani jalb qilish kerak.
8.
Glaymning muvaffaqiyatga erishish qoidasi. Muvaffaqiyatning kaliti chin dildan ishonmoqdir.
Agar buni uddasidan chiqsangiz, omadim keldi deyavering.
9.
Xokinsning rivojlanish nazariyasi. Rivojlanish noto‘g‘ri naza-riyaning to‘g‘risi bilan almashtirilishi emas, balki noto‘g‘ri nazariyani aniqlik kiritilgan va biroz hayotga yaqinlashtirilgan noto‘g‘ri nazariya bilan almashtirishdir.
10.
Meyer qonuni. Murakkablashtirish oson, lekin soddalashtirish qiyindir.
11.
Xlayd qonuni. Qiyin masalaning yechilishini dangasa xodimin-gizga topshiring – u masala yechilishining osonroq yo‘lini topadi.
12.
Xant qonuni. Har qanday buyuk g‘oyada ham unga teng yoki undan kattaroq bo‘lgan kamchilik mavjud.
13.
Xenlon koidasi. Yengiltaklik sifatida tushuntirilishi mumkin bo‘lgan munosabatda yoki xatti-harakatda yashirin xavf-xatar ko‘rmang.
14.
Tarixning oltin qoidasi. Tarix
hech qachon qaytarilmaydi, tarixchilargina bir-birlarini qaytaradilar.
15.
Danlep qonuni. Fakt bu qotib qolgan fikrdir. Yuqori haroratda faktlar yumshaydilar, haqiqat esa elastik bo‘lib qoladi.
16.
Halgren yechimi. Noqulay ahvolga tushib qolsangiz, atrof-muhitga tutun (tuman) chiqarishga harakat qiling.
17.
Ifloslikning saqlanish qonuni. Bir narsani tozalamoq uchun albatta boshqa narsa ifloslanishi lozim. Lekin hech nimani tozalamagan holda barcha narsani ifloslantirish ham mumkin.
18.
Bub qonuni. Qidirayotgan narsangizni albatta topishingiz mumkin, lekin buning uchun hamma yoqni tintib chiqishingiz shart.
19.
Axtarish qonuni. Axtarishni eng noqulay joydan boshlamoq lozim.
20.
Marianna qonuni. Har doim izlamagan narsangizni topasiz.
21.
Asosiy paradoks. Optimist biz eng yaxshi dunyoda yasha-yapmiz deb hisoblaydi, pessimist esa xuddi shunaqaligidan qo‘rqadi.
22.
Neyser qonuni. Ahmoq insondan himoyalanish mumkin, lekin topqir ahmoqdan emas.
23.
Ta’mirning ikki qonuni.
A) Buzilmagan narsani tuzatish mumkin emas.
B) Ta’mirlayotganda hech nimani tashlab yuborma.
24.
Noma yozish qonuni. Nomani (xatni) konvertga solib yelimlab bo‘lgandan so‘nggina eng yaxshi fikrlar miyaga keladi.
25.
Kalvardoning mantiqiy qoidasi. Hamma ehtimolliklar 50 foizga teng – yoki bo‘ladi yoki bo‘lmaydi.
26.
Tanishlarni uchratish prinsipi. Siz bilan birga bo‘lgan kimsani birov bilmasin degan taqdiringizda, tanishlar bilan uchrashish ehtimol-ligi ortadi.
27.
Cheyts kuzatuvi. Agar Siz kimgadir qiyin sharoitga tushib qolganida yordam bersangiz, u ham Sizni albatta yana bir marta shu mushkul holatga tushib qolganida eslaydi.
28.
Denniston qonuni. Ezgu ish qilmoq ba’zi hollarda o‘z-o‘zini jazolashdir. Chunki keyinchalik albatta kimlardir Sizdan yana bir mar-ta shunday qilishingizni so‘raydi.
29.
Alinskiy qoidasi. Yechilayotgan muammolardan eng uzoq bo‘lgan kimsalargina yuqori ma’naviyat sohibidirlar.
30.
O‘Brayan qonuni. Hech nima qilmaganlikning har qachon ham sababini topish mumkin.
31.
Lyuis qonuni. Har doimo bir nusxada qolgan narsani sotib olish uchun juda ko‘p xaridor bo‘ladi.
32. E
ttorns kuzatuvi. Biror narsaga navbatda turganingizda qo‘shni navbat har doim tezroq harakat qiladi.
Xulosa: Yoningizdagi qatorga o‘tganingizda, Sizning oldingi turgan qatoringiz tezroq harakatlana boshlaydi.
33.
Navbatda turish prinsipi. Qancha ko‘p vaqt navbatda tursan-giz, Sizning yomon ketma-ketlikda navbatda turganligingiz ehtimolligi ortadi.
34.
Pardoning birinchi posto‘lati. Hayotdagi hamma yaxshi narsalarning ko‘pchiligi yoki noqonuniy, yoki ma’naviyatga zid, yoki semirishga olib keladi.
35. Ya
kob qonuni. Adashish insonga xosdir, lekin o‘z xatolarini boshqalarga ag‘darish undan ham ko‘proq tarqalgan.
36.
Mendelshteyn qonuni. Sizning haqingizda boshqalar nima deb o‘ylashlari haqida ko‘p bezovta bo‘lavermang, chunki ular Sizning ular haqida nima deb o‘ylashingiz bilan juda ham bezovtalar.
37.
Meder qonuni. Sizning hayotingizda qanday noxush hol ro‘y bergan bo‘lsa, ushbu hol tanishlaringizdan birining hayotida ham ro‘y bergan, lekin bundan yomonroq bo‘lgan xolos.
38.
Bekledj qonuni. Oxiri bo‘lib kulgan inson ko‘pincha hazilni tushunmagan bo‘lib chiqadi.
39.
Gurd aksiomasi. Yig‘ilishlarda
daqiqalarni tejab, soatlarni yo‘-qotishadi.
40. E
vans qonuni. Har qanday noqulay holat yuzaga kelsa ham, har doimo xuddi shunday bo‘lishini oldindan bilgan odam topiladi.
41.
Aniqlanish qonuni. Har qanday sirli narsa ham bir kun fosh bo‘ladi.
42.
Laborantlar uchun qoida. Nima qilayotganligingizni bilmasangiz, bu ishni puxta bajaring.
43.
Fineygl qoidasi. Haqiqat fandadir. Ba’zi faktlarning bizlarni noto‘g‘ri xulosaga keltirishidan saqlaning.
44.
Ishxona qonuni. Oxirgi marta ishdan bo‘shagan inson keyingi odam ishdan bo‘shamaguncha ishxonadagi hamma yomon hodisotlarning javobgari deb topiladi.
45.
Parkins postulati. Qancha pastda o‘tirsang, shunchalik og‘ritib urishadi.
46.
Xetch qonuni. Qilgingiz kelmagan ishni keyinga qoldirish uchun hozirgi paytdan ko‘ra qulayroq vaqt bo‘lmaydi.
47.
Dexay aksiomasi. Ko‘pincha har doim ham buni qila olaman deb, oddiy ishlarni keyinga qoldiradilar.
Sh.K SHAYAKUBOV
R.X. AYUPOV
INTERFAOL TA’LIM USULLARI
Muharrir: X.Teshaboev
Sahifalovchi: N.Nizamutdinova
Bosishga ruxsat etildi 20.11.2009
Qog‘oz bichimi 30/42 1/8
Hisob nashr tabog‘i 12,5
Adadi 200 nusxa
Buyurtma 168
Bahosi kelishilgan narxda
Toshkent Moliya Instituti bosmaxonasida chop etildi.
100084,
Toshkent shaxri, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy