http://www.asianphilanthropy.org/
http://www.www.ifc.or.jp
http://www.charitynet.net
http://www.idealist.org/
http://www.developmentgateway.com
http://www.devdir.org/right.html
http://www.fundersonline.org/
http://www.internationaldonors.org
http://www.guidestar.org
http://www.webnexus.com/users/icc/iccnchp.html
http://www.usig.org
http://www.wungsweb/org/
5. Foydali maslaxatlar
Hayotdagi eng foydali narsa -
shaxsiy tajribadir.
Valter Skott
Endi bir qancha insonlarning shaxsiy tajribasidan olingan va o‘quvchi/talabalar bilan munosabatni qiziqarli qilishga hamda ular bilan bevosita muloqotni yo‘lga quyishga yordam beradigan qiziqarli fikrlarni ko‘rib chiqamiz. Qisqacha qilib aytganda, biz bularni juda yaxshi bilamiz, lekin afsuski, ko‘pchilik hollarda ularga amal qilmay-miz ...
1. Ba’zi insonlar aqlsiz, mantiqka to‘g‘ri kelmagan ishlarni qila-dilar va so‘zlaydilar, o‘zlariga-o‘zlari beriluvchan bo‘ladilar. Har qan-day holda ham ularni kechiruvchi bo‘ling.
2. Siz mulozamatli bo‘lsangiz, Sizni o‘ziga bino qo‘yganlikda, nimadandir umidvor bo‘lganlikda ayblaydilar. Lekin shularga qaramas-dan, doimo mulozamatli bo‘ling.
3. Agar Siz juda omadli bo‘lsangiz, Sizning haqiqiy bo‘lmagan do‘stlaringiz va dushmanlaringiz ko‘payadi. Bundan xavotirlanmang va omadli bo‘lavering.
4. Agar Siz rostgo‘y va ko‘ngli ochiq bo‘lsangiz, insonlar Sizni aldashga harakat qilishadi. Lekin bu holda ham Siz rostgo‘y va ochiq ko‘ngil bo‘lavering.
5. Sizni yillab amalga oshirganlaringizni kimdir bir zumda yakson qilishi mumkin. Bunga e’tibor bermang va yaratuvchanlikni davom ettiring.
6. Agar Siz osoyishta va baxtli bo‘lsangiz, boshqalar Sizga hasad qiladilar. Bunga ahamiyat bermang va baxtli hayotingizni davom ettiring.
7. Bugun qilgan yaxshi ishlaringizni insonlar ko‘pincha ertasi kuni unutib yuboradilar. Bunda ham Siz yaxshi amallar qila bering.
8. Imkoningiz bo‘lgan taqdirda o‘zingizdagi eng yaxshi narsalarni o‘zgalarga tortiq qiling, lekin hech kim Sizga buni etarli demaydi. Shunga qaramay, yaxshi narsalarni insonlarga tortiq qilishda davom etavering.
9. Insonlarga ular Sizdan kutganidan ziyodroq narsalar bering va buni dildan hamda xursandchilik bilan qiling.
10. Yaxshi ko‘rgan she’ringizni albatta yodlab oling.
11. Hamma ko‘rgan va eshitganlaringizga ham ishonavermang, bor narsangizni yaxshi narsalarga sarf qilavering hamda qancha xohlasangiz shuncha uxlang.
12. «Men seni sevaman!» – desangiz, buni yurakdan chiqarib, samimiy ayting.
13. «Meni kechirasiz...» – deganingizda insonning ko‘ziga qarab ayting.
14. Uylanishingizdan (yoki turmushga chiqishingizdan) oldin kamida olti oy bo‘lajak umr yo‘ldoshingiz bilan tanishing.
15. Birinchi qarashdagi sevgiga ishoning.
16. Birovlarning orzusi haqida hech qachon kulmang, chunki orzuga ayb yo‘q.
17. Yurakdan va chuqur seving, bu Sizga qiyin bo‘lishi mumkin, lekin to‘laqonli yashash uchun birdan-bir yo‘l shudir.
18. Birov bilan kelisha olmasangiz, undan unchalik xafa bo‘lmang va uning nomini boshqalarga aytib yurmang.
19. Insonlarni ularning qarindoshlari/tanishlariga qiyos qilib muomala qilmang.
20. Sekin so‘zlang, lekin tez o‘ylang.
21. Agarda kimdir Sizdan Siz javob berishni istamagan savolni so‘rasa jilmaying va astagina «Nega Siz buni bilgingiz kelayapti?» – deb so‘rang.
22. Doimo esingizda bo‘lsin – buyuk sevgi va katta muvaffaqiyatlar katta tavakkalchilik evaziga keladi.
23. Tez-tez o‘z ota-onangizni eslab turing.
24. Hamma narsani yo‘qotishingiz mumkin va lekin zinhor o‘rgangan yaxshi bilimlaringizni yo‘qotmang.
25. Ozginagina tushunmovchilikning katta do‘stlikka putur yetkazishiga zinhor yo‘l qo‘ymang.
26. Telefon trubkasini olayotganingizda jilmayib qo‘ying, chunki Siz bilan muloqot qilmoqchi bo‘lgan odam buni darhol Sizning ovo-zingizdan sezadi.
27. Ba’zi vaqtlarda yolgiz bo‘lib, o‘zingiz haqingizda fikrlang.
28. Esda tuting, ba’zi vaqtlarda sukut saqlash eng yaxshi javob bo‘lishi mumkin.
29. Ko‘proq kitob o‘qing va kamroq televizor ko‘ring.
30. Agar sevimli odamingiz bilan kelisha olmasangiz, buni faqat shu holat bilangina bog‘lang, chunki buni umumiylashtirish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
31. Satrlar orasidagini ham o‘qishni o‘rganing.
32. O‘z bilimlaringizni boshqalar bilan o‘rtoqlashing, shundagina bilimingiz hech qachon o‘lmaydi.
33. Sizni maqtashayotganda hech qachon oraga suqilmang.
34. Oldin qonun-qoidalarni o‘rganib chiqib, keyin esa uning ba’zilarini qonuniy ravishda chetlab o‘tish yo‘llarini axtaring.
35. Muvaffaqiyatingizni unga erishish uchun qancha harakat qilganingiz bilan o‘lchang.
36. Esingizda tursin, Sizning fe’l-atvoringiz so‘zsiz Sizning taqdiringizni aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |