10. Orzu qilgan safaringizga borish uchun pulingiz juda ham kam. Siz quyidagicha harakat qilasiz:
a) Safarga ketaverasiz
b) Pul qarz olasiz
v) Pulingiz ko‘payguncha sabr qilasiz.
Endi javoblaringizni yig‘ib chiqing va quyidagi fikrlarga asoslanib, o‘zingizni baholang:
A. Javoblarda a) bandiga oid bo‘limlar ko‘proq.
Demak, Siz qat’iy va mustaqilsiz, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsad-laringizga har doim erisha olasiz.
B. Javoblarda b) bandiga oid bo‘limlar ko‘proq.
Siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erisha olasiz, lekin maqsadlaringiz vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Siz bu maqsadlardan boshqa oliy maqsadlar yo‘lida yoki Siz sevgan insonlar tufayli voz kechishingiz mumkin.
V. Javoblarda v) bandiga oid bo‘limlar ko‘proq.
Sizda hech qanday maqsad yo‘q va shuning uchun ham nimaga erishish lozimligi noaniq. Siz hayot qayerga yetaklasa, men ham barcha singari shu yerga boraman degan fikr qabilida ishlaysiz.
4.Ta’lim sohasidagi foydali internet sahifalari
Internet serfingi inson miyasini
faollashtirishning eng yaxshi vositasidir.
Olimlar xulosasi
Quyida bir qancha donor tashkilotlarning internetdagi veb-sahifalari (elektron ma’lumotlar sahifalari) ro‘yxatlari keltiriladiki, Siz ulardan o‘z ishingizni yanada rivojlantirish uchun foydalanishingiz mumkin (kerakli ma’lumotlar olishda, yordam olishda va juda bo‘lmaganda bu sohalardagi o‘z fikr ko‘lamingizni kengaytirishda):
Masalan, http://www.fdncenter.org Fond Markazining ushbu sahifasi juda keng miqyosdagi ma’lumotlarni o‘ziga qamrab oladi va agar LISTSERV@LISTS.FDNCENTER.ORG e-mail adresi orqali SUB-SCRIBE PND-L degan so‘zlarni o‘z nomingiz bilan birgalikda jo‘natsangiz «Philanthropy News Digest» deb nomlangan haftalik yangiliklarni kompyuter orqali olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Agar http://philanthropy.com degan sahifadan foydalansangiz «The Chronicle of Philanthropy» deb nomlangan bir oyda ikki marta nashr qilinuvchi jurnalni olishingiz mumkin.
Mabodo http://nonprofit.about.com sahifasini ochsangiz, no-davlat tashkilotlari bilan bog‘liq keng miqyosdagi ma’lumotlar bilan bemalol tanishishingiz mumkin.
Fuqarolikni mustahkamlash muammolari bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi internet sahifasini ko‘rishingiz kerak bo‘ladi: http://www.civicus.org
Internetda qanday qilib Sizga kerakli donorlarni qidirish muam-mosini quyidagi internet sahifasi orqali hal qilishingiz mumkin: http:-//w3.uwyo.edu/~prospect/inter.html
Bu yo‘nalishlardagi qolgan turfa tashkilotlar bilan tanishishni niyat qilgan bo‘lsangiz, quyidagi internet sahifalariga sayohat qilishin-giz lozim bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |