Uzbek stationery


Genri Ford 1. O‘z-o‘zini xolisona baholash usuli



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə65/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Genri Ford


1. O‘z-o‘zini xolisona baholash usuli

Ushbu uslubdan foydalanib, Siz o‘z-o‘zingizni xolisona baho-lashni amalga oshirishingiz mumkin. Bu baholov hayotingizni va ishingizni shunga muvofiqlashtirib faoliyat ko‘rsatishingizga imkon beradi. Agar buni o‘quvchi yoki xodimlaringiz bilan amalga oshirsan-giz, ularning fe’l-atvori, intilishi, nimalarga qodirligini va hayotning u yoki bu sharoitlarida xilma xil insonlardan nimalar kutish mumkin-ligini ko‘z oldingizga keltirish imkoniyatiga erishib, ularni samarali boshqarish haqidagi bilimlaringizni oshirasiz. Ayniqsa, bu baholash usuli o‘zingizni yaxshiroq tushunishingizga yordam berib, qaysi sharo-itlarda qanday qilib faoliyat ko‘rsatishingiz maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon yaratadi. Agar bu ishni diqqat bilan amalga oshirib, chuqur tahlil qilsangiz, olingan natijalar Sizning o‘z xatti-harakat-laringiz va fikr-o‘ylaringizga bo‘lgan mas’uliyatingizni yanada oshirib, boshqalar bilan o‘zaro aloqangizni yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Chunki Siz ushbu psixologik tekshiruv bilan «Ular nima uchun bunday qildilar?» degan savolga javob topish imkoniga ega bo‘lasiz. Ushbu psixologik testni o‘tkazishdan oldin quyidagi yetti qadamning mohiya-tini va ko‘rsatmalarni yaxshilab o‘rganib chiqing:




1. Ko‘rsatmalar

Siz o‘z fikringizdan va dunyoqarashingizdan kelib chiqqan holda har bir guruhdagi jumlalarning Sizni qanday ta’riflashini sonlar bilan ifodalashingiz kerak. Bunda Siz o‘zingizni ichki jihatdan qanday ta’riflashingizni ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, Siz haqingizda boshqalar qanday deb o‘ylaydi, Siz qanday bo‘lishni xohlardingiz yoki boshqalar bilan munosabatda va uyda o‘zingizni qanday tutasiz, bun-dan qat’iy nazar, o‘z ichki hissiyotlaringizdan kelib chiqqan holda har bir so‘z bo‘yicha o‘zingizni-o‘zingiz baholashingiz kerak bo‘ladi. Bunda agar, to‘g‘ri natijalar olishni istasangiz hamda «Men o‘zim kimman va qanday insonman?» degan savolga to‘g‘ri javob olishni istasangiz, barcha so‘zlar bo‘yicha xolisona fikr bildirishingiz maq-sadga muvofiq bo‘ladi.


2. So‘zlar
«O‘z-o‘zini xolisona baholash» usulida berilgan so‘zlar jadvali (matritsasi) tuzilishi bir xil emas, barchasi fe’l ham, sifat ham emas. Ularni Sizning his-tuyg‘ungizni, fe’l-atvoringizni yoki shunga o‘x-shash ma’lum fikrni anglatgan va Sizga tatbiq qilinayotgan so‘zlargina xolos deb tushuning.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin