Topshiriq: Guruhlarga bo‘lingan holda Lochin ko‘z qanday islohot-lar o‘tkazganligini aniqlashga harakat qiling. Har bir guruh masalani qanday tarzda hal qilganligini sinf oldida tushuntirib berishi kerak bo‘ladi. Olingan barcha natijalar va xulosalar esa albatta sinfda keng muhokama qilinishi shart. Guruhlar quyidagi savollarga javob berish-lari zarur:
Agar Siz Siu qabilasi sardori o‘rnida bo‘lsangiz, nimalar qil-gan va nimalarga alohida e’tibor bergan bo‘lar edingiz?
Nima sababdan qabiladoshlarning noroziligi vujudga kelgan?
Nega boshqalarga yordam berish kabi ezgu ishni qilish qabila-da salbiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelgan?
Qabilaning asosiy qonuni qanday bo‘lgani ma’qul deb hisob-laysiz?
Tekshiruv hay’ati ishini qanday tashkil qilish maqsadga muvo-fiq bo‘lar edi?
Ushbu risolaga oxirgi so‘z o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, biz-ning respublikamizdagi o‘quv yurtlarida, ayniqsa, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan interfaol usullardan foydalanish bir qancha o‘ziga xos qiyinchiliklar va murakkabliklar tug‘diradi. Chunki deyarli har bir guruhda bilim darajasi anchagina past talabalar soni qandaydir miqdorni tashkil qiladi. Bunday talabalar sistematik ra-vishda o‘qituvchiga xalaqit berib, har qanday yangi ta’lim usulini qo‘llash samarasini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham, interfaol usullarni qo‘llashni niyat qilgan professor-o‘qituvchilar uning uchun darslar rejalashtirilayotganida bu holatni hisobga olishlari lozim. Aks holda yaxshi niyat bilan zamonaviy interfaol usullar vositasida ta’lim berishga ahd qilgan o‘qituvchilar shamol tegirmoniga qarshi kurashgan Don-Kixot kabi bu ishni uddalay olmay, o‘quv yurtining an’anaviy va yetakchi professor-o‘qituvchilari oldida sharmanda bo‘lishlari ham mumkin. Bu holat yuzaga kelishining ehtimoli ko‘pin-cha yakuniy nazorat paytida, ya’ni tig‘iz sharoitlarda maksimal darajaga yetadi. Chunki bunda agar sizning real voqelikni hisobga olib qo‘ygan yakuniy nazorat ko‘rsatkichlaringiz boshqalarnikidan pastroq bo‘lsa, ayb talabalarga emas (chunki mijoz, ya’ni talabalar doimo haq!), o‘qituvchiga yuklanadi. Ya’ni Sizning dars o‘tish sifatingiz past bo‘lgani uchun talabalar yaxshi bilim ololmaganlar!? Lekin shularga ham e’tibor bermay, o‘z vatanparvarlik burchini sobitqadamlik bilan amalga oshirishga ahd qilgan o‘qituvchilarni talabalar ham, hamkasb-lar ham keyinchalik (yaqin yoki uzoq kelajakda) pozitiv shaxs sifatida esga oladilar. Shu sababli, konkret o‘quv yurtida qanday holat yuzaga kelganligidan qat’i nazar, interfaol usullardan keng miqyosda foyda-lanish ta’lim sifatini keskin oshiradi va ko‘pchilik undan bahramand bo‘lib, ertami-kechmi bu usullarni qo‘llagan novatorlar munosib yodga olinadi. Shuning uchun ham, Sizga bu zamonaviy ta’lim usullarini o‘quv jarayonida keng miqyosda qo‘llashni, ularni ijodiy ravishda rivojlantirishni hamda yangilarini o‘ylab topib, amaliyotga tatbiq etishingizni va bu ezgu amal orqali kattadan-katta muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilab qolamiz. Buning uchun esa har qanday usulda va har qanday auditoriyaga nimadandir ta’lim berayotganingizda uchta «O‘» harfidan boshlanadigan quyidagi xislatlarni yaxshilab esda saqlab qoling:
• O‘zingizni-o‘zingizni hurmat qilishni.
• O‘zgalarni hurmat qilishni.
• O‘z harakatlaringizga faqat o‘zingiz javob berishingizni.
Qo‘llanmaga o‘ziga xos yakunlov sifatida quyidagi misralarni kelti-rishni lozim topdik:
Ustoz borki, ustozlardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keladi.
Bilimli, xushxulq xamda kamtarin,
Uni dildan ustoz deging keladi.
Ustoz borki, ustozlikdan yiroqda,
O‘qimaydi, izlanmaydi, yonmaydi.
Ilm nima, ma’no nima, bilmaydi,
Uning xizmatidan qochging keladi.
Ustoz borki, kunda ko‘rsang arziydi,
Undan har kun o‘git olsang arziydi,
Bor-budingni unga bersang arziydi,
Uning xizmatida bo‘lging keladi.
Ustoz borki, olmoq uning istagi,
Ilm sotib, boy bo‘lishlik niyati,
Amaldorga yaqin bo‘lar kun bo‘yi,
Uning nazaridan qochging keladi.
Ustoz borki, ko‘ngli pokdir azali,
Shogirdlarga tushgan uning nazari,
Shunday ustoz asl shogirdning keragi,
Ne yumush topshirsa, qilging keladi.
Azizlarim, sinov kerakdir ustozga,
Nazar soling ilm-xunaru, do‘stu-yoriga,
Bor mehringiz bering yaxshi ustozga,
Yomonning yonidan qochging keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlar
Yaxshi kitoblarni o‘qish – o‘tmish zamonlarning
eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lish demakdir.
Yana shunisi ham borki, bu suhbatda ular bizga
o‘zlarining eng yaxshi fikrlarini bayon etadilar
Dostları ilə paylaş: |