Uzbek stationery


Savol: Bu misralardagi muammoli savollarga qanday javob bera olasiz?



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə58/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Savol: Bu misralardagi muammoli savollarga qanday javob bera olasiz?
Sinf har biri 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linib, mum-kin bo‘lgan javoblarni muhokama qiladi va undan so‘ng guruh faollari o‘z fikrlarini ko‘pchilik oldida bildiradilar.
8. Quyidagi misralarda nimalarga ishora qilingan va bunga sizning munosabatingiz qanday:


Otang obro‘siga qaddingni kerib,
Yursang, har yulduzni benarvon urib,

Nogoh qoqilsan-gu ketmasang turib,
Mardning bolasiman deganing bekor.


Topshiriq: Bu misralardagi fikrlarni sinfda guruhlarga bo‘-lingan holda muhokama qiling va fikringizni bildiring. Bunda har bir guruhdan bir kishi ko‘pchilik oldida o‘z fikrini bildiradi.

9. Sinfdagi talabalar guruhlarga bo‘lingan holda quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladilar va o‘z fikrlarini bildiradilar:



  • O‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rni va obro‘-e’tibori haqida fikringiz qanday?

  • Bir qator san’atkor va olim-u fuzalolar tomonidan ular haqida aytilgan ijobiy va salbiy fikrlarga qanday munosabat bildirasiz?

  • O‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini ko‘tarish uchun nimalar qilish darkor deb o‘ylaysiz?

10. Ushbu o‘lmas misralarning muallifi kim va u bu bilan nimalar demoqchi:
Achchiq mevali bir daraxtni agar,
Jannatning bog‘iga ko‘chat qilsalar,
Kavsardan suv ichsa, chanqagan mahal,
Suv emas, bersalar sharbat-u asal,
Yetilgach, hosil ham bo‘ladi axir,
Va lekin mevasi bo‘ladi taxir . . .


Savol: Bu misralarni kim va nima uchun yozgan?
Bu shoirning yana qanday asarlarini bilasiz?

11.Quyida mashhur bir asardan parcha keltiriladi:


Ta’magir: Yo‘q, biz odammiz.
Qahramon (ta’magirlarga qarata aytadi):
O, albatta, odamdirsiz umum ro‘yxatda,
Tozi, laycha, xaybar, yana bo‘ribosarni
Bir nom bilan xuddi it, deb atashganidek.
Baholari bir xil emas axir ularning,
Yalqovi bor, axir, epchil-qopog‘oni bor,
Axir, biri ovchi bo‘lsa, biri poyloqchi,
Har biriga tabiatdan o‘zga bir nisor.
Shu sababdan ham biz odatda itning nomini
Aytarkanmiz, qayd etamiz nasabini ham.
Xuddi shunday, bir-biridan ayrilur odam.
Baski, siz ham inson degan umum ro‘yxatda
Eng oxirgi o‘rinda turmas ekansiz!



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin