Uzbek stationery


Savol: Qaysi qo‘g‘irchoq yaxshi va u nimani eslatadi? – do-nishmandning bu savolini sinfda muhokama qilib, xu-losa chiqarish foydadan xoli bo‘lmaydi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə56/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Savol: Qaysi qo‘g‘irchoq yaxshi va u nimani eslatadi? – do-nishmandning bu savolini sinfda muhokama qilib, xu-losa chiqarish foydadan xoli bo‘lmaydi.

2. Ushbu misralarni yozgan o‘zbek shoiri haqida nimalarni bilasiz:


Jahon bastu qo‘shadi ilm birla,
Nadur dilni murodi ilm birla.
Ko‘ngillarning sururi ilmdandir,
Ko‘rar ko‘zlarni nuri ilmdandir.
Kerak har ilmdan bo‘lmoq xabardor,
Bo‘lur har qaysisi o‘z vaqtida darkor.
Darig‘o, Furqatiy, beilm qoldim,
O‘zimni jahl zindoniga soldim.


Savol: Bu misralarni kim va nima uchun yozgan?
Bu shoir haqida yana nimalarni bilasiz?
Uning yana qanday she’rlarini bilasiz?

3. Siz juda ko‘p martalab eshitgan va tinglagan quyidagi misra-larning davomini bilasizmi:


Yurub so‘rdim tabiblardan: «Bu dardimga davo bormi?»
Tabib ayturki: «Ey nodon, bu dardni bedavo derlar!»

Savol: Bu misralarni kim yozgan?


Uning davomini bilasizmi?
Bu shoir haqida yana nimalarni bilasiz?



  1. Har zamonga ham mos bo‘lgan quyidagi o‘lmas misralarning muallifi kim deb o‘ylaysiz:

Zamona shundaydir, ko‘zga ilmaslar,
Har yigitning qo‘lda bori bo‘lmasa.
Tilladek so‘zing bir pulga olmaslar,
Har kishining e’tibori bo‘lmasa.
Dunyoda onglidan ongsizi kondir,
Bilmaslar balodir, bilganlar xordir.
U insonlar odam tilli hayvondir –
So‘z uqmasa, yana iqror bo‘lmas.


Savol: Bu misralarni kim yozgan?
Bu misralarda shoir nimalar haqida gapiradi?
Uning yana qanday she’rlarini bilasiz?

5. Quyidagi ajoyib misralarning muallifi kim:


Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin gavhari, tilagi ham biz,
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘zi, gavhari ham biz!

Savol: Bu ruboiyni kim yozgan?



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin