Savol: Bu yerda kimning asaridan parcha keltirilgan va bu asarning nomi nima? Bu yerda yozuvchi nimalarga ishora qilayapti? Bu muallifning yana qanday asarlarini bilasiz?
Muammoli holatlarni o‘rganish (Case Study) Har qanday katta muvaffaqiyatga juda uzoq muddat davomidagi intensiv mehnat sabab bo‘ladi.
Quyida iqtisodiy va boshqa fanlarga oid bo‘lgan bir qancha muammoli holatlar keltiriladi va Siz ularni kooperativ, savol-javob yoki muloqot vositasida dars berishni tashkil qilganingizda ishlatishin-giz mumkin. Ular Case Studylarga misollar sifatida keltirilgan bo‘lib, Siz boshqa fanlardan ta’lim bersangiz, shunga o‘xshash misol va masalalarni topshiriq sifatida talabalarga berishingiz mumkin:
1. “Abbos” nomli parom xizmati ko‘rsatish firmasi Amudar-yodan o‘tish xizmatini ko‘rsatadi. Uning bitta paromi juda ham eskirib qolgan. Ushbu paromni ta’mir qilish uchun hozir 20 mln. so‘m kerak. Keyingi ta’mir va motor ta’miri 5 yildan so‘ng qilinishi lozim hamda bunga yana 8 mln. so‘m kerak bo‘ladi. Agar ushbu ishlar amalga oshi-rilsa, paromni yana 10 yil ishlatish mumkin. 10 yildan so‘ng esa pa-romni 5 mln. so‘mga sotib yuborish mumkin. Paromning hozirgi kun-dagi narxi taxminan 7 mln. so‘m. Bu eski paromni ishlatib turish uchun yiliga 16 mln so‘m kerak va olingan daromad yiliga 25 mln. so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Alternativ holda “Abbos” firmasi 36 mln. so‘mga yangi parom sotib olishi mumkin. Ushbu yangi parom 10 yil yaxshi xizmat ko‘rsata oladi, lekin u 5 yildan so‘ng 2,5 mln. so‘mli ta’mir talab qiladi. O‘n yil o‘tga-nidan so‘ng, ushbu paromni 5 mln. so‘mga sotib yuborish mumkin. Uni ishlatib turish uchun yiliga 12 mln. so‘m kerak va olingan daro-mad yiliga 25 mln so‘m bo‘lishi kutiladi.
“Abbos” firmasi barcha investitsion loyihalardan kamida 18% qay-taruv normasi bo‘lishini talab qiladi (soliqlarni hisobga olmaganda).
Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ikkala investitsion loyihalarni tahlil qilish so‘raladi. Ulardan qaysi birini qabul qilish “Abbos” firmasi uchun foydaliroq bo‘ladi va nima uchun?
Olingan natijalarni guruhda muhokama qiling.