Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə55/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Guruh kattaligi: Bir guruhda yoki sinfda
Ishlatiladigan materiallar: Ruchka va qog‘oz
Amalga oshirilishi:
Har bir talaba o‘zi haqida biror-bir ma’lumotni yoki ma’lumotlarni qog‘ozga yozadi-da, uni bir idishga soladi (savat, yashik, shlapa va ho-kazolar). Keyin ular yaxshilab aralashtiriladi va talabalarga ulardan bit-tadan olish taklif qilinadi. Ular bu ma’lumotlarni o‘qib, uni kim yozga-nini aytishlari kerak. Bunda ko‘pchilik sinfdoshlar bir-birlari haqida yangi, oldin bilmagan qiziqarli narsalarni bilib olishga muvaffaq bo‘la-dilar.
O‘yinning nomi: «Siz ajoyibsiz»
O‘yinning turi: Mashg‘ulotlar oxirida o‘tkaziladi
Maqsad: Darsni yoki seminarni ijobiy-pozitiv ravishda yakunlash maqsadida ishlatish mumkin.
Vaqti: 15-20 daqiqa
Guruh kattaligi: Xohlagancha
Ishlatiladigan materiallar: Qog‘oz va ruchka


Amalga oshirilishi:
Har bir ishtirokchiga bittadan varaq tarqatilib chiqiladi va uning yuqori qismiga o‘z nomlarini yozishlari so‘raladi. Endi bu varaqlar do-ira shaklida joylashgan guruhga tarqatilib, har bir ishtirokchidan va-raqning yuqori qismida nomi yozilgan shaxs haqida yaxshi va ijobiy fikrlar yozilishi hamda uni keyingi talabaga uzatishi so‘raladi. Barcha o‘z fikrini yozib bo‘lganidan so‘ng, har bir varaq nomi yozilgan inson-ga qaytariladi. U esa o‘zi haqidagi yaxshi ma’lumotlarni o‘qib quvona-di va uni sinfdoshlaridan esdalik sifatida saqlaydi.
Boshqotirmalar
Quyida keltiriladigan o‘zbekona boshqotirmalarni dars jarayonini faollashtirish bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalarning bilim darajasi, madaniyati va ma’naviyatini oshirish uchun ham ishlatish mumkin.

  1. Bir donishmand o‘quvchilariga uch turdagi aynan bir xil qo‘-g‘irchoqni ko‘rsatibdi va ularning qandayligini o‘quvchilarga namo-yish qilibdi: birinchi qo‘g‘irchoqning qulog‘idan cho‘p tiqqan ekan, cho‘p uning ikkinchi qulog‘idan chiqibdi, ikkinchisining qulog‘iga tiqilgan cho‘p esa uning og‘zidan chiqib ketibdi va bu cho‘p uchinchi-sining esa ichiga tiqilib qolibdi.




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin