Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə53/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
Interfaol ta’lim uz

O‘yinning nomi: «Guruhdagi o‘xshashliklarni aniqlash»
O‘yinning turi: Muzyorar
Maqsad: Kichik guruhlar orasidagi o‘xshashliklarni aniqlash
Vaqti: 20-25 daqiqa
Guruh kattaligi: 20-30 o‘quvchi
Ishlatiladigan materiallar: O‘qituvchining tanlovi va o‘tiladigan dars materiallari bilan bog‘liq ravishda to‘plangan materiallar. Mav-zuning yo‘nalish, kichik mavzu, nishonlari va shunga o‘xshashlar bilan bog‘liq obyektlar. Masalan, agar loyiha tuzish bilan bog‘liq dars o‘ta-yotgan bo‘lsangiz, loyihalarning nomini qog‘ozlarga yozib qo‘yishin-giz mumkin va har bir shaxs o‘zini qiziqtirgan loyiha nomini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Amalga oshirilishi:
1. Obyektlar (masalan, loyihalarning nomlari yozilgan qog‘ozlar) solingan idishni (savatni) o‘quvchilar orasida aylantirib chiqish va har bir talabaga undan o‘zini qiziqtirgan obyektni tanlashni taklif qilish;
2. Bir xil obyektlarni tanlagan o‘quvchilarni bir xil guruhlarga birlashishlarini taklif qilish;
3. Har bir guruhga quyidagilarni muhokama qilishni taklif qilish:
a) Nega Sizning guruhingiz bir xil obyektlarni tanladi;
b) O‘z guruh a’zolaringiz orasida bir-biriga o‘xshash tomonlar borligini muhokama qiling (masalan, qiziqishlar, tug‘ilgan kunlar, inti-lishlar, xobbilar va boshqalar);
v) O‘z guruh a’zolaringiz haqida qiziqarli ravishda boshqa guruh a’zolariga so‘zlab bering.
O‘yinning nomi: «So‘zlar tuzish»
O‘yinning turi: Muzyorar
Maqsad: Yangi guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshilab bilib olishlari uchun
Vaqti: 8-15 daqiqa
Guruh kattaligi: Har qanday kattalikdagi
Ishlatiladigan materiallar: Ruchka yoki qalam, qog‘oz bo‘laklari
Amalga oshirilishi:
Har bir ishtirokchiga bittadan varaq tarqating va unda alifboning biror-bir harfini katta qilib chizishni so‘rang. Keyin barcha qatnashuv-chilar o‘rnilaridan turib, qo‘llaridagi harflardan foydalangan holda boshqalar bilan birgalikda to‘rt harfdan iborat so‘zlar tuzishlari kerak. Bunda quyidagilarga e’tibor berilsa, yaxshi natijalarga erishish mum-kin:
• Tuziladigan so‘zlar dars mavzusi bilan mos qilishi;
• Eng uzun so‘zlar tuzishga ko‘rsatma berib, uzunroq so‘z topgan guruhga mukofot berish;
• O‘rganilayotgan fan bilan bog‘liq so‘zlar tuzish.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin