Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə49/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Ta’lim psixologiyasi


«Muzyorarlar» dars o‘tilayotgan guruhda o‘quvchilar befarqli-gining oldini olishga va dars jarayonida hosil bo‘lgan charchoqni yoki talabalarga ruhiy bosim (ta’sir) bo‘lishining oldini olishga mo‘ljal-langan ma’lum bir xildagi faol (aktiv) faoliyat turlaridir. Demak, ular sinfda yuzaga kelgan «muzlash» ning oldini olish va agarda bunday muzlash hosil bo‘lgan bo‘lsa, uni «yorib yoki eritib yuborish» uchun ishlatilishi mumkin. Ko‘pgina o‘qituvchilar «muzyorar»larni ta’lim-ning boshlang‘ich bosqichidagina ishlatadilar, lekin uni xuddi shunday muvaffaqiyat bilan dars davomida, o‘quvchilar bilan yoki o‘quvchi-lararo muloqot ma’lum bir sabablarga ko‘ra qiyinlashganida ham ishla-tish mumkin. Masalan, o‘quvchilar o‘z millatlari, ish joylari, jinsiga bog‘liq ravishda doimiy guruhlar tuzib olganlarida, ularni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish uchun ham «muzyorar»lar muvaffa-qiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkin. Ba’zi turlarga oid «muzyorar» lar talabalarning bir-birlari bilan tanishishlariga mo‘ljallangan bo‘lib, guruhlardagi shaxslarning bir-birlariga savol berishlari­ni, ularning o‘qish va ish sharoitlari haqida o‘zaro ma’lumot olishlarini, nimani yoqtirishlari haqida mulohaza qilishlarini va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi. Buning sababi shundaki, o‘quvchi, talaba yoki tinglov-chilar darslarning boshlanishida bir-birlarini unchalik yaxshi bilmay-dilar va ular orasidagi muloqot unchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘ladi. Shu sababli, ular orasidagi «muzdek» aloqani qandaydir usullar bilan eritib, do‘stona va iliq munosabatlar o‘rnatish lozim bo‘-ladi, aks holda, yuqorida zikr qilingan holatlar ta’lim berish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, «muzyorar»lar tashkil qi-lishda guruhni yaxshi bilish va uni guruhdagi talabalar xususiyatlariga imkoniyat darajasida moslashtirish zarur bo‘ladi, aks holda noqulay ahvolga tushib qolish ham ehtimoldan xoli emas.
Masalan, quyidagi turdagi ommaviy tadbirlar «muzyorar» larga misol bo‘la oladi:
1. Guruhdagi o‘quvchilarga doira shaklida turish so‘raladi va ular-ning bir-birlariga kichkina va yumshoq koptokchani (yoki buyumni) ularning nomlarini aytgan holda otilishi tashkil qilinadi. O‘quvchilar bir-birlarining nomlarini yaxshi bilib olganlaridan so‘ng, otish tezligini birmuncha oshirish ham mumkin bo‘ladi.
2. Guruhdagi o‘quvchilarga o‘zlarning familiyalarini yoki ism-larini alifbo bo‘yicha tartiblab chiqishni topshirish va bir joylarda tu-g‘ilganlarni aniqlash ularning o‘zaro tanishishlariga turtki bo‘ladi.
3. Barchaning nomini kichkina karton qismlariga yozgan holda ularni bir savatchaga solish va har bir o‘quvchi uni savatchadan taso-difiy ravishda tanlab olganidan so‘ng, o‘sha nomli o‘quvchini topishi ham tanishish jarayonini ancha tezlashtiradi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin