1. O‘quvchilarga iqtisodiyotni erkin muloqot sharoitida yaratuvchanlik bilan o‘rganishlariga sharoit yaratish
2. O‘rganish jarayonini tekshirish
3. Iqtisodiyotdagi tushunchalar va so‘zlarni o‘zaro bog‘lash
Endi faraz qilaylik, Sizga kimdir qandaydir iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishdagi dars rejasini tayyorlab olib keldi: Uning samaradorligini va foydalilik darajasini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Bu ishni amalga oshirish uchun quyida keltirilgan tartibda ishla-sak va fikr yuritsak, yaxshi natijalar olishimiz mumkin.
Dars rejasini tekshirish ketma-ketligi:
Dars jarayonida ishlatilayotgan material va o‘rganilayotgan mav-zu uning real hayotda qo‘llanilishiga mos keladimi yoki yo‘qmi?
Talabalar Sizning darsingizdan qoniqish hosil qildilarmi? Agar bunday bo‘lmasa, ularni qiziqtirish uchun Siz nima qilmoqchisiz?
O‘rganish sikli bilan bog‘liq savol: Sizning rejalashtirgan darsin-gizda nazorat qilinishda erkinlikka qarab yo‘nalgan harakat mavjudmi?
Sizning darsingizda motivatsiya qilinishga, taqdimotga, amali-yotga va natijaga bag‘ishlangan faoliyat turlari bormi?
Darsning natijaviy tashkil etuvchi qismlari talabalarga ular nima deyishlari va qanday qilib gapirishlari haqida ma’lumot bera oladimi?
Darsdagi ko‘rsatmalaringiz va vazifalarning bajarilish tartibini ta-labalaringiz aniq tushuna oladilarmi?
Dars tadbirlari talabalarning birgalikda ishlashi, fikr almashishi va o‘qituvchi bilan bemalol muloqot qilishiga imkon yaratadimi?
Darsda ishlatiladigan iqtisodiy atamalarning aniq ma’nosi Sizda bormi?
Siz qaysi iqtisodiy masalalarni ularga o‘rgatmoqchisiz va qanday qilib?
Darsda o‘qish, yozish, gapirish va tinglash kabi malakalarni ri-vojlantirishga ham imkon beriladimi?
Dars Sizning guruhingiz uchun juda osonmi yoki juda ham mu-rakkabmi?
Siz o‘z sinf tadbirlaringizni oddiy sharoitlarda va berilgan vaqt doirasida o‘tkaza olasizmi?
Agar vaqtingiz ko‘proq bo‘lsa, yana nimalar qilardingiz?
Darsda madaniy-ma’naviy jihatdan mos kelmaydigan material-lar va ma’lumotlar mavjudmi? Agar shunday bo‘lsa, Siz nima qilishni rejalashtiryapsiz?
Uy vazifasi berishni rejalashtirganmisiz?
Dars vaqtida o‘quvchilarni qiziqtirish uchun yana nimalar qil-moqchisiz?
Ushbu savollar majmuasiga rioya qilinsa, har qanday fanga oid bo‘lgan dars rejasini ham to‘la tekshirib, unga ma’lum bir ma’nodagi qo‘shimcha rivojlantiruvchi elementlar qo‘shish mumkin bo‘ladi.
10. Interfaol dars o‘tkazish jarayonida ishlatiladigan tadbirlar