Har qanday samarador bo‘lish da’vosini qilishi mumkin bo‘lgan dars rejasi, u ma’ruzami, amaliy darsmi yoki boshqa biror bir xilga man-submi – to‘rt asosiy elementni o‘z ichiga qamrab olishi lozim:
Ushbu to‘rt asosiy element o‘qituvchiga katta imkoniyatlar yaratib, talabalar bilan bevosita muloqot qilishga yordam beradi va ularga bilim berishdagi an’anaviy usullardan farqli o‘laroq, darsda o‘quvchilarning faol ishtirok qilishini ta’minlaydi. Bunda talaba va o‘quvchilar biror-bir mavzuni o‘rganishning to‘rt bosqichdan iborat o‘ziga xos sikl bo‘ylab harakat qiladilar. Uning birinchi bosqichida o‘qituvchilar talabalarning bilim olishlarini qattiq nazorat qiladilar, keyin esa ularga erkin muhitda bemalol harakat qilishga va fikr almashinishga imkon beradilar. Yuqo-rida aytib o‘tilgan to‘rt bosqichning mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Qiziqtiruv – motivatsiya Dars rejangizning ushbu qismida Siz o‘quvchilaringiz bilan dars mavzusiga bog‘liq shunday qisqa bir o‘yin yoki tadbir o‘tkazasizki, bu ularning diqqatini tortsin va mavzuni o‘rganish uchun qandaydir qizi-qish (stimul) yaratsin. Bu bosqichning davomiyligi ko‘pincha 4-5 daqi-qa atrofida bo‘lishi va uning o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzuga mos kelishi katta ahamiyatga ega.
Taqdimot – prezentatsiya Dars rejasining bu qismi yangi mavzu bilan bog‘liq yangi mate-riallar berish yoki mavzuning bir qismi bilan bog‘liq ma’lumotlar, dalil-lar, qoidalar taqdim qilish faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Bunda asosiy maqsad talabalaringizning bilgan narsalarini asos qilib olgan holda bil-maganlari haqidagi bilimlari darajasini oshirishdir. Agar Siz oldingi darsda o‘tilgan materiallarni qaytaradigan bo‘lsangiz, ularni bu safar yangi ijodiy nuqtayi nazardan yoritishingiz lozim bo‘ladi.