1. Xaqiqatan ham, darsda o‘quvchilar tinch o‘tirmayaptilarmi, ya’ni bu muammo mavjudmi yoki o‘qituvchiga uning hayajonlanganligi yoki malakasi yetishmaganligi uchungina shunday tuyulyaptimi. Balki ushbu sinf (guruh)dagi o‘quvchilar oldindan darsni qizg‘in munozara va muxokama vositasida o‘tkazishga o‘rgangandirlar. Balki o‘qituvchi va o‘quvchilarning dunyoqarashi yoki bilim darajasi bir-biriga mos kelma-yotgandir.
2. Agar xaqiqatan ham o‘quvchi (talaba) lar darsda tinch o‘tira olmayotgan va tartibsizliklar qilayotgan bo‘lsalar, u holda buning asosiy sababini topishga harakat qilish. Ya’ni, «Mohiyatga, muammoning ildi-ziga, kelib chiqishiga diqqat-e’tibor qarating». Chunki buning asosiy sa-babini bilsangizgina muammoni to‘g‘ri hal qilishingiz mumkin, albatta. Busiz qorin og‘rig‘iga bosh og‘rig‘i dorisini ichayotgan bemor holiga tushib qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Balki darsning sifati yo‘qligi uchun o‘quvchi (talaba)lar uni yaxshi tinglamayotgandirlar, balki bu o‘tilayotgan mavzuni ular oldindan yaxshi bilib olgandirlar, balki dars o‘tish usuli ularni qiziqtirmayotgandir, balki o‘qituvchining gapirishi, nutq ohangi, o‘zini tutishi, kiyinishi ularga yoqmayotgandir, balki ular darsni u juda ham murakkabligi uchun tushunmayotgandirlar, balki o‘qituvchi biror-bir chalkashlikka yo‘l qo‘ygandir.
3. Muammoni hal qilish uchun harakat qilish.
Agar o‘quvchi (talaba) larning tartibsizligi kimnidir xavf-xatarga olib kelsa va boshqa kimsalarga biror-bir zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, bu tartibsizlikni zudlik bilan to‘xtatish lozim. Talabalarga jamoada o‘zini tutish va muomala qoidalarini hammabop qilib eslatib qo‘yish ham foydali bo‘lishi mumkin. Agar bu ham yordam bermasa, biror-bir yomon xulq-atvorli o‘quvchi (talaba)larga tegishli jazo berish ham mumkin. Jazo berilmasa, o‘quvchi (talaba)lar o‘zlarini juda ham erkin tutib, tartibsizlikni davom ettirishlari aniq bo‘ladi. Talabalar o’zla-rining namunali xatti-harakatlari uchun yaxshi munosabat va tegishli mukofot, hamda yomon xatti-harakatlari uchun munosib jazo muqar-rarligini bilsalar, tartibsizlik qilishdan o‘zlarini tiyadilar va o‘qituvchiga munosabat ham tubdan o‘zgaradi.
4. Muammoning kelajakda qaytarilmasligi va talabalar undan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishlari uchun hamda o‘qituvchi bunga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni keyinchalik bilib-bilmasdan yaratmasligi uchun tadbirlarning maxsus ketma-ketligini ishlab chiqish va ularni hayotga izchil tatbiq qilish tartibsizliklarning oldini olish uchun katta xizmat qiladi. Bu tadbirlar sifatida, masalan, darsning samaradorligini tubdan yaxshilash, ta’limning boshqacha noan’anaviy usullarini qo’l-lash, interfaol pedagogik usullarni, muloqot va dialog usullarini ishla-tish, talabchanlikni oshirish, o‘quvchi (talaba) larning noma’qul chi-qishlari va tartibsizliklarini nazardan qochirmaslik qo‘l kelishi mumkin. Ba’zi paytlarda har bir sinf (guruh, auditoriya) uchun o‘ziga xos ta’lim-tarbiya usullarini ishlatish ham yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
8. Ommaviy chiqishlar va ma’ruzalarni tashkil qilish
Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi, aqlni ishlata bilishdir