Kooperativ ta’lim usulini tashkil qilish tartiblari Kooperativ usulda ta’lim olishda o‘quv jarayoni demokratik holda tashkil qilinadi va bunda nimani o‘rganish hamda qanday tartibda o‘r-ganish talabalar tomonidan hal etiladi. O‘qituvchi esa guruhlarni maq-sadga muvofiq tarzda tashkil qilish va ularni boshqarishni ta’minlaydi, ammo talabalar guruhlararo muloqotni muttasil ravishda nazorat qilib turadilar. Kooperativ usulda ta’lim olish sermahsul, foydali va samarali bo‘lishi uchun kerakli manba’lar, kitoblar, qo‘llanmalar va boshqa turdagi o‘quv materiallari sinfda, kutubxonada, o‘qituvchilar xonasida, resurs markazida yoki ta’lim muassasasi media markazida yetarli nusxalarda mavjud bo‘lishi kerak. Talabalarning mavzularni o‘rganish-lari jarayonida Internetdan foydalana olishlariga ham imkon yaratish ushbu yumushlarning ajralmas tarkibi qismi bo‘lishi kerak, albatta. Buning uchun o‘qituvchi resurs markazi mutaxassislari bilan mustah-kam ishchi va do‘stona aloqalar o‘rnatishi zarur bo‘ladi.
Endi kooperativ usulda ta’lim olishda qo‘llanilishi mumkin bo‘l-gan ba’zi bir tartib va qoidalarni ko‘rib chiqamiz
1. Dars mavzusini tanlash. Har qanday darsda bo‘lgani kabi bu usulda ham o‘qituvchi o‘quv-chilar uchun mos bo‘lgan, ular qiziqadigan va tushuna oladigan mav-zuni tanlashi birinchi navbatdagi ishlardan biri hisoblanadi. Chunki ko-operativ model asosida ta’lim berish usuli talabalarning o‘z-o‘zini bosh-qara olishi, mustaqil ishlay olishi va faolligini talab qiladi. Agar o‘qi-tuvchi qiziqarli va o‘quvchilar uchun ayni damda mos bo‘lgan mavzuni topa olmasa, kooperativ ta’lim usuli muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo‘ladi. Ko‘pincha keksa o‘qituvchilar o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda qaysi mavzular va qaysi sinflardagi o‘quvchilar kooperativ usulda ta’lim olish uchun mos yoki mos emasligini ayta oladilar. Bunday tajri-badan yosh o‘qituvchilar dars rejasini tuzishda foydalanishlari kerak, al-batta. Ammo ular mavzularning kooperativ ta’lim berishga mutanosib ekanligini aniqlash uchun quyidagi savollardan foydalanishlari mum-kin:
Talabalar ushbu ta’lim usuli haqida biladilarmi yoki o‘qituvchi buni ularga kengaytirilgan holda tushuntirishi kerakmi?
Rejalashtirilayotgan dars mavzusi guruh talabalarda qiziqish uy-g‘ota oladimi?
Agar o‘qituvchi tayyor matndan foydalansa, bu matn o‘rganila-yotgan mavzu haqida yetarli ma’lumot bera oladimi?
Dars mavzusini bir qancha alohida bo‘lakchalarga bo‘lish mum-kinmi va bu ish qanday amalga oshiriladi?
Guruhiy tadqiqot usulida o‘qituvchi har bir mavzucha bo‘yicha yetarli muammolar va topshiriqlar topib, talabalar ishini boshqarishda ko‘rsatmalar bera oladimi?