Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə36/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Umar Xayyom.

Yuqorida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchi-talabalarga bilim berishda keng miqyosda ishlatiladigan ta’limning to‘rtta modeli eslatib o‘tilgan edi – ular ma’ruza usuli, muloqot usuli, tanqidiy mulohaza va savol-javob yoki Suqrot usuli. Bu bo‘limda ham ildizi qadimgi grek-larga borib taqaladigan va keyingi davrlarda rivojlanib borayotgan ko-operativ ta’lim olish usuli ko‘rib chiqiladi. Bu ta’lim konsepsiyasida katta miqyosdagi real hayotni va undagi jarayonlarni o‘rganish uchun sinf miqyosida o‘ziga xos amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bunda talabalar guruhlarga bo‘lingan holda ishlaydilar va bilim oladilar. Kooperativ usulda bilim olish quyidagi pozitiv ko‘rsatkichlarni rivoj-lantirishga olib keladi:



  • Talabalar umumiy masala yoki muammoni hal qilish uchun birga-likda intiladilar va fikr almashadilar, natijada ular faol ravishda bilim oladilar;

  • Guruhlarda ishlash uning a’zolari orasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi va natijada ular bir-birlari bilan inten-siv fikr almashadilar;

  • Guruh a’zolari orasidagi o‘ziga xos kooperatsiya ular orasida juda ham samarali bo‘lgan kommunikatsiyani rivojlantiradi va ular turli xil g‘oyalarni maksimal ravishda generatsiya qila oladilar.

Ushbu guruhlararo raqobatga asoslangan kooperativ usulda har bir shaxs o‘z guruhiy qiziqishlariga mos ravishda yaxshiroq ishlash va ijodiy fikrlashga intiladi. Kooperativ usulda ta’lim berishga bag‘ish-langan juda ko‘p ilmiy izlanishlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy psixo-logiya sohasiga mansub. Kichik guruhlar dinamikasi o‘rganish, uni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish, uni boshqarish, guruhlararo raqobat vaziyatini tashkil qilish o‘qituvchidan o‘ziga xos mahorat va bilimni talab qiladiki, bularsiz kooperativ usulda ta’lim berishni uyush-tirish mumkin bo‘lmaydi.
Yigirma birinchi asr global va bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar, jamoalar hamda korporatsiyalar hosil bo‘lishi va rivoj-lanishi davri bo‘lib, ular bilan bog‘liq ijtimoiy tuzilmalarda ishlash uning a’zolari orasida yuksak darajadagi kooperatsiya mavjudligini talab qiladi. Shuning uchun ham, ko‘pchilik insonlar kooperativ ko‘nik-malarni rivojlantirishni ta’limning juda muhim vazifalaridan biri deb biladilar. Ko‘pgina ta’lim muassasalari kooperativ faoliyat turlariga ega bo‘lib, ular sport, dramatik va musiqa to‘garaklari, yoshlar ijtimoiy-siyosiy jamoalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Kooperativ ta’lim usuli quyida keltirilgan xususiyatlari hamda fao-liyat turlari bilan xarakterlanadi:

  • Talabalar mavzuga oid masala va muammolarni o‘rganish (yoki hal qilish) uchun guruhlarda ishlaydilar;

  • Guruhlar bilimi yuqori darajadagi, o‘rta darajadagi yoki past darajadagi o‘quvchilardan tashkil etilishi mumkin;

  • Guruhlardagi o‘quvchilar irqiy va jinsiy jihatdan aralash bo‘lgani ma’qul;

  • Bilim darajasini baholashda ko‘proq individuumlarga emas, balki guruhlarga baho beriladi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin