Biror bir muammoni o‘rganadigan talabalar guruhlarini tashkil qilish – bunda o‘qituvchilar talabalarga har haftada bir marta og‘zaki yoki yozma ko‘rinishda yangi akademik ma’lumotlar berishadi. Talabalar 4-5 o‘quvchidan iborat guruhlarga bo‘linadilar, guruhlarda yuqori, o‘rtacha va past bilimli talabalar ishtirok etishi kerak bo‘ladi. Guruhlarning a’zolari hal qilinishi kerak bo‘lgan masala yoki muam-moni oldin o‘zlaricha, keyin esa guruh bilan birgalikda bir-birlariga yor-dam bergan holda o‘rganadilar. Bunda ular bir-birlariga maslahat be-rishlari, guruh muhokamalarida qatnashishlari, bir-birlariga savollar be-rishlari mumkin. Bundan tashqari, talabalar o‘qituvchidan o‘rgani-layotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan individual maslahatlar, topshi-riqlar, testlar yoki topishmoq (muammoli savol) lar olishlari ham mumkin. Kelishilgan vaqtda barcha guruhlar sinfda yig‘ilib, o‘z natija-larini taqdimot qiladilar va boshqa guruhlar bilan ma’lumot almasha-dilar. Bu ularning kollektiv usulda to‘laqonli bilim olishiga olib keladi.
Bo‘laklab o‘rganish usuli – bunda sinfdagi talabalar 4-5 ta talabadan iborat geterogen guruhlarga bo‘linadi va ularga akademik materiallar matn ko‘rinishida beriladi. Guruhdagi har bir talaba matn-ning bir qisminigina o‘rganib kelish uchun mas’ul bo‘ladi. Keyin har bir talaba o‘zi mas’ul bo‘lgan akademik materialning kerakli qismini guru-higa tushuntirishi kerak bo‘ladi. Guruh a’zolari ushbu material bo‘yicha bir fikrga kelganlaridan so‘ng, ularning bittasi, eng bilimdoni (yoki guruhdan saylab olingani) material mazmunini sinf oldida taqdimot qiladi. Xuddi shu ish boshqa guruhlar tomonidan ham amalga oshiril-ganidan so‘ng, o‘qituvchi o‘rganilayotgan material bo‘yicha o‘z xulosa-sini keltiradi. Bunda u albatta eng yaxshi guruh va eng bilimdon hamda faol talabalarni taqdirlashi kerak bo‘ladi.
Guruhiy tadqiqot usuli – oldingi usullardan farqli ravishda, bunda talabalar kerakli mavzuni tanlashda va muammolarni o‘rganishda faol ishtirok etishadi. Bunda o‘qituvchi emas, balki talabalar mavzuni tanlash va uni o‘rganishda etakchi rolni o‘ynaydilar. Bu usulni qo‘l-laydigan o‘qituvchilar sinfni 5-6 kishilik geterogen guruhlarga bo‘la-dilar. Guruhlar talabalarni juda ham qiziqtirgan alohida mavzular bo‘yi-cha ham tuzilishi mumkin. Talabalar mavzuni tanlab bo‘lganlaridan so‘ng, uni har tomonlama o‘rganadilar, kerakli ma’lumotlarni yig‘adilar va barcha sinf oldida o‘z natijalarini taqdimot qiladilar. Bu usulda ta’-lim olishning quyidagi olti bosqichini ko‘rsatish mumkin:
Mavzuni tanlash – talabalar umumiy mavzudan bir qismini tashkil qilgan mavzuchalarni o‘qituvchi bilan maslaxatlashgan holda tanlab oladilar va bu mavzuchalarni o‘rganish uchun har bir mavzucha uchun aloxida tuzilgan guruhlarga bo‘linadilar.
Kooperativ rejalashtirish – talabalar o‘qituvchi yordamida birin-chi bosqichda tanlab olingan har bir mavzuchani o‘rganish uchun maq-sadlar va masalalar ketma-ketligini tuzadilar.
Mavzuchani o‘rganish jarayonini amalga oshirish – talabalar ikkinchi bosqichda tuzilgan reja asosida ish olib boradilar. Bunda o‘rga-nish jarayoni turli xil xatti-harakatlar va malakani talab qiladi hamda talabalar mavzuni o‘rganish uchun o‘quv muassasasi ichidagi va uning tashqarisidagi turli xil manbalarni o‘rganib chiqishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi esa har bir guruhning nimalar bilan mashg‘ulligini yaqindan tekshirishi va kerak bo‘lganda ularga amaliy yordam berishi kerak bo‘-ladi.
Analiz va sintez – O‘quvchilar uchinchi bosqichda olingan ma’lumotlarni tahlil qiladilar hamda baholaydilar va undan so‘ng ushbu natijalarni sinfdoshlariga qiziqarli va tushunarli tarzda taqdimot qilish (yoki tushuntirish) uchun rejalar tuzadilar.
Muammoning yechimini (yoki natijalarni) taqdimot qilish – barcha (yoki vaqt yetishmasa ba’zi) guruhlar sinfda o‘zlari tanlagan muammoli masalalar (yoki mavzuchalar) bo‘yicha qiziqarli taqdimotlar qiladilar. Bunda taqdimot sinfdoshlar uchun juda qiziq va tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor berish zarur. Ushbu taqdimot jarayoni o‘qi-tuvchi tomonidan boshqarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Natijalarni baholash – Agar guruhlar bir mavzuga bag‘ishlangan bir necha mavzuchalarni taqdimot qilgan bo‘lsalar, o‘qituvchi va talaba-lar har bir guruhning taqdimot jarayonini alohida baholashlari kerak bo‘ladi. Ba’zi xollarda esa individual baholov amalga oshirish ham istisno yetilmaydi, albatta.