1. O‘rganish bosqichi Ta’limning ushbu boshlang‘ich bosqichida o‘quvchi (talaba)lar qi-ziq va muammoli hodisa (dalil) bilan tanishadilar va ularga buni bataf-silroq o‘rganish bilan bog‘liq ko‘rsatmalar hamda yo‘l-yo‘riqlar beri-ladi. Bu ko‘rsatma hamda yo‘l-yo‘riqlar hodisa (dalil, qoida, soha, mavzu)ni ko‘proq va har tomonlama bilishga undashi lozim. Ya’ni, ular buni qandaydir yo‘llar bilan tushuntira olsinlar, boshqa voqea, hodisa, misol va dalillar bilan solishtirsinlar, bu haqda o‘z fikrlarini erkin ayta olsinlar. Bu vaqtda o‘qituvchi voqea (hodisa, dalil)ni to‘la tushuntir-masligi lozim, lekin u o‘quvchi (talaba)lardagi loqaydlikni yengib, buni o‘rganishga ularda astoydil qiziqish va haqiqiy intilish uyg‘ota olsin. Bunda o‘qituvchining asosiy maqsadi quyidagi xatti-harakatlar orqali o‘quvchi (talaba)larda to‘laqonli bilim olishga qiziqish uyg‘otishdir:
• talabalarning mavzu yoki hodisa haqidagi barcha savollariga to‘laqonli javob berish;
• o‘quvchilarning mavzu yoki hodisaga nisbatan qiziqishlarini boshqarish va kuchaytirish, ularning fikrlash qobiliyatlarini rivoj-lantirish va ilmiy izlanish jarayoniga jalb qilish uchun ushbu mavzuga tegishli va o‘quvchilar bilim darajasiga mos bo‘lgan muammoli savollar qo‘yish;
• o‘quvchilardagi ijodiy fikrlash, qiziqish, intilish va kerakli yo‘-nalishdagi izlanish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun talabalar bilan faol va topqirlik orqali muloqot qilish.
O‘qituvchi bu bosqichni alohida e’tibor bilan amalga oshirish va uning asosiy tamoyillarini hayotga tatbiq qilish uchun o‘ziga quyidagi savollarni bermogi lozim:
• ushbu darsda o‘quvchi (talaba) lar mavzu bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qanday konsepsiya yoki tamoyilni o‘rganadilar?
• ushbu konsepsiya yoki tamoyil bilan chuqurroq tanishish uchun ular yana nima qilishlari kerak?
• o‘quvchi (talaba)lar mavzu bilan bog‘liq ravishda nimalarni ku-zatishlari lozim va qanday qo‘shimcha yozuvlar qilishlari zarur?
• talabalar uchun mavzuni chuqurroq va amaliy ravishda o‘rga-nish borasida qanday ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi?
• o‘rganilayotgan konsepsiya yoki tamoyillarni o‘quvchilarga bil-dirmasdan turib, ularga bu yo‘nalishda harakat qilish uchun qanday zarur va yetarli ko‘rsatmalar bera olish mumkin?