Savollarning asosiy turlari Faol va ijodiy ravishda bilim olishning ushbu qo‘llanma boshida berilgan va mohiyati batafsil tushuntirilgan Blum taksonomiyasi asosida tuzilgan bosqichlaridan foydalangan holda savollarni quyidagi asosiy turlarga bo‘lib chiqish mumkin:
Bilim olish – bunda savollar turkumining mazmuni mavzu yoki muammo bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud dalillarni aniqlashga yo‘naltiril-gan bo‘ladi:
• Qaysi ......................?
• Qanday ...................?
• Nima bo‘lgan edi.....?
• Aniqlang..................?
• Qayerda ..................?
• Qachon....................?
• Solishtiring ............?
• Chizib bering..........?
Tushunish – ushbu bosqichda mavzular bo‘yicha tuzilishi mumkin bo‘lgan savollar majmuasi tushunchaning o‘zlashtirilishini tekshirishga (ko‘rishga, aniqlashga) qaratiladi:
• Mavzu bo‘yicha nimalarni bilib oldingiz?
• Mavzu bo‘yicha qanday dalillar yoki qoidalar asosiy ahami-yatga molik?
• Nimalar Sizga tushunarsiz bo‘ldi?
• Nimalarni oydinlashtirish lozim?
• O‘z so‘zlaringiz bilan aytib bering: ..........
• Tushuntiring: ............
• Qaysi bir va qanday .............?
• Ushbu ma’lumotlar nimani tasdiqlaydi?
• Grafikni (chizmani) tushuntirib bering?
• Qachon .........................?
Ishlatish (qo‘llash) – bunda mavzu yoki muammo bilan bog‘liq bo‘lgan va ma’ruzada o‘rganilgan ma’lumot (bilim) larni qanday qilib hayotda ishlatish (qo‘llash) masalalari ko‘rib chiqiladi.
• Mavzu bo‘yicha olgan bilimlaringizni amaliy hayotda qo‘llanilishi bilan bog‘liq qanday misollarni bilasiz?
• Atrof-muhitdagi qaysi dalil, omil, hodisa, qoida yoki ma’lumotni amaliy qo‘llanishga misol qilib ko‘rsata olasiz?
• Bu bilimlarni qanday qilib ishlata olasiz?
• Buni qaysi jabhada ishlatish maqsadga muvofiq?
• Nega bunday bo‘lganini tushuntiring?
• Ushbu hodisani tushuntiring: ............
• Bu voqeani tushuntirish uchun qanday qoidalarni (asosiy dalil, ma’-lumot) larni qo‘llash mumkin?