G. Tanqidiy mushohada qilishni tashkil etish uchun qo‘llaniladigan usullar a) Yo‘naltirish: Talabalar o‘rganilayotgan soha yoki muammo bilan bog‘liq maqsadlarni aniqlashga va savollarni tuzishga qanday qilib o‘rga-tiladi? 1. Malakali tashkilotchilik – Ushbu yo‘nalish, mavzu yoki soha bo‘-yicha chuqur hamda har tomonlama bilimga ega bo‘lish, insonlarni ishontira olish va ularga yo‘lboshchilik qila olish hamda o‘rgani-layotgan muammoga, mavzuga yoki savolga qiziqish bilan yondashish.
2. Yo‘naltirilgan savollar – Taqdimot paytida, mavzuni tushunti-rishda, uni himoya qilishda, boshqalar bilan muloqot davomida yoki ma-tnni o‘qish davomida vujudga kelgan xilma-xil savollarga javob bera olish.
3. Aqliy hujum yoki juft aqliy hujum – talabalarning ushbu soha haqida tegishli bilimi yoki amaliy tajribasi mavjudligini aniqlash maq-sadida yakka tartibda yoki guruhlarda ishlash jarayoni.
4. Guruhlashtirish – Soha haqidagi bilimga ega talabalar orasida aqliy hujum usulini qo‘llab, buning natijalariga monand ravishda tegishli xulosalar chiqarish va shunga mos bo‘lgan guruhlar tuzish.
5. Yo‘naltirilgan mutolaa – fikrlash faoliyati – Mavzuga oid matnni bir necha qismlarga bo‘lish, uni o‘qib chiqish va talabalardan matnning keyingi qismida nima bo‘lishi mumkinligini oldindan aytib berishni yoki keyin nimani o‘rganishlari kutilishini so‘rash.
6. Oldindan berilgan so‘zlar – Talabalarga matndan olingan bir qancha asosiy so‘zlar, jumlalar, fikrlar yoki ma’lumotlar ro‘yxati be-riladi. Keyin esa talabalar juftliklaridan bu so‘zlarning ma’nosini va ularning matnda qanday ahamiyatga ega bo‘lishini aniqlash va nati-jalarni guruhda aytish so‘raladi.
7. Bilmoq/Bilishni xohlash/o‘rganmoq – Sinfni mavzu bo‘yicha nimalarni oldindan bilishlariga qarab, alohida guruhchalarga ajratish va ularga mavjud bilimlarga tegishli savollar tuzish haqida topshiriq be-rish.
8. Erkin insho (Bayon) – Biror-bir mavzu yoki sohaga oid dars boshlashdan avval talabalarga bu haqdagi o‘z shaxsiy fikrlarini qisqa-cha bayon shaklida yozish topshirig‘i beriladi. Bu jarayonda ushbu mavzuga, undagi asosiy dalillarga va uning berilishiga qiziqish uyg‘o-tiladi.