Erkin ravishda o‘z fikrini ifodalash O‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq biror-bir matn parchasi o‘qilganidan so‘ng yoki biror bir muammoli mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan munozaradan so‘ng, talaba (o‘quvchi)larga ma’lum vaqt berilib, ular-ning o‘z fikrlarini erkin va yozma ravishda ifodalashga imkon berish ham ijobiy natijalarga olib keladi. Bu hol talabalarga muammo (mavzu haqida) hech kimdan tortinmasdan erkin ravishda fikrlash imkonini beradi. Ularning ijodiy imkoniyatlarining ko‘z ilg‘amas qirralarini rivoj-lantirishga olib keladi. Ya’ni «Har bir o‘quvchida ham daholikning bir bo‘lagi mavjud». Shunday qilib, bunda talaba/o‘quvchilar berilgan muddatda matn (mavzu, muammo) haqida o‘z fikrlarini to‘xtamasdan yozadilar. Agar ulardan birortalari men nima yozishni bilmayapman desa, xuddi shu gapni yozib qo‘yishlarini so‘rasangiz, maqsadga muvo-fiq bo‘ladi. Demak, bunda asosiysi to‘xtovsiz va tez yozish, uni qayta o‘qimaslik, tuzatmaslik. Ushbu yozma ish (esseni) bajarib bo‘linganidan so‘ng ko‘rib chiqilishi va tahlil qilinishi mumkin. Bunda asosiy g‘oya-larga, fikrlarga nazar solib, o‘ylagandan so‘ng, yangi yozma ishni baja-rish mumkin. Albatta, bu holda oldingi bosqichdagi hamma chala va chuqur o‘ylanmagan fikrlar olib tashlanadi hamda yozma ish bir qadar tugallangan holatga keladi.
Qisqa muddatli yozma ish Bu turdagi yozma ishning dars oxirida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda o‘quvchi/talabalar o‘rganilayotgan mavzu bo‘yi-cha olgan bilimlarini umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘qi-tuvchi esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanday bo‘layotgan-ligini bilib oladi. Bunda o‘quvchi (talaba) larga ikki yo‘nalishdagi ishni bajarish taklif etiladi:
1. Ushbu mavzu yuzasidan nimalarni bilib oldilar?
2. Qaysi savolga ular qoniqarli javob ololmadilar?
O‘quvchilar tomonidan yozilgan ishlarni o‘qituvchi yig‘ishtirib oladi va ularni keyingi darsni rejalashtirishda yoki o‘quvchi (talaba)lar bilimini tegishli yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirish maqsadida ishla-tishi mumkin.
5. Tanqidiy mushohada usulini dars jarayonida qo‘llash