V. Tanqidiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan jihatlar a) Ma’lumot to‘plash va uni topa olish qobiliyati – ma’lumot olish uchun mavjud adabiyotlarni (ommaviy yoki elektron nashrlar) yoki atrof-muhitni o‘rganish, tevarak-atrofdagi insonlardan tegishli ma’lu-motlarni yig‘ish.
b) Ma’lumotni saqlash va uni o‘zgalarga bera olish qobiliyati – aniq va tushunarli hisobotlar yozish, muammoni tushuntirish yoki bosh-qa usullardan foydalangan holda jarayon (mavzu, hodisa) haqida ma’lu-motlar berish.
v) Tahlil qila olish qobiliyati – atrof-muhitdagi butun bir hodisa yoki jarayon, mavzu, ma’lumotni ma’lum tartibda qismlarga bo‘lgan holda ularning mohiyatini o‘rganish.
g) Boshqa obyektlar yoki ma’lumotlar majmuasi bilan solishtirish qobiliyati – obyektdagi yoki ma’lumotdagi o‘xshashliklarni hamda farq-larni har tomonlama chuqur tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish.
d) Obyektlarni yoki ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni turkumlarga ajrata olish qobiliyati – obyektlarni yoki ma’lumotlarni ma’lum bir ma’noda hamda maqsadga muvofiq ravishda guruhlarga bo‘lib chiqish va ularning sabab-oqibatlarini mulohaza qilish.
e) Oldindan ko‘ra olish yoki bashorat qilish qobiliyati – o‘rganilayotgan mavzu, voqea, hodisa yoki ma’lumotning kelajakda olib kelishi mumkin bo‘lgan tafsilotlarini o‘rganish hamda ularni sabab-oqibat zanjiriga ulay olish.
j) Faraz qila olish (gipotezalar tuzish) qobiliyati va ularning oqibatlari haqida xulosa chiqarish.
i) Fikrni himoya qila olish qobiliyati – harakatlarga, fikrga, qabul qilingan qarorlarga hamda nuqtayi nazarga doir sabablarni ko‘rsatish va tushuntira olish. Sabab-oqibat zanjirini boshqalarga tushuntira olish va ularni qat’iy himoya qilish, natijalarni oldindan ko‘ra bilish.
y) Boshqalarni o‘z nuqtayi nazariga va fikriga ishontira olish qobi-liyati – boshqa odamlarni yoki insonlar guruhni o‘z qat’iy fikriga aniq dalillar keltirish orqali ishontira olish.
k) Mavjud yoki kutilayotgan muammolarni echa olish qobiliyati – atrof-muhitda ma’lum bir sabablarga binoan hosil bo‘lgan masala va mu-ammolarni atroflicha hamda chuqur o‘rgangan holda tegishli va mos yechimlar taklif qilish.
l) Qismlardan butun bir fikrni yoki g‘oyani sintez qila olish (umumlashtirish) qobiliyati – mavjud bo‘lgan bir qancha xilma-xil g‘o-yalardan, dalillardan, qoidalardan yoki mulohazalardan bir butun mulo-haza, fikr yoki g‘oya yarata olish.
m) Muammoning yoki masalaning ahamiyatini aniqlay olish qobi-liyati – ma’lumot, obyekt, fikrning yoki qabul qilingan qarorning qan-chalik ahamiyatga ega ekanligini to‘g‘ri ma’lumot, asosiy dalil va qoida-larga asoslangan holda aniqlay olish.