Uzbek stationery


b) Mohiyatni bilishga intilish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə29/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Interfaol ta’lim uz

b) Mohiyatni bilishga intilish:
Talabalar mavzuning tub ma’nosini va mohiyatini bilishga qanday qilib erishadilar?
1. Muammolar tahlili usuli – Talabalar orasida biror-bir oldindan berilgan matn yoki mavzu haqidagi bilimlar to‘g‘risida «aqliy hujum» usuli qo‘llanilganidan so‘ng, mavzu bo‘yicha bilganlariga aloqasi yo‘q qismlarni, ularning bilimlariga qarama-qarshi kelayotgan qismlarni, ku-tilmagan ma’lumotlar bor bo‘lgan qismlarni va muammoli savol berish-lari mumkin bo‘lgan jumboqli qismlarni belgilash so‘raladi.
2. Yo‘naltirilgan mutolaa – fikrlash va bashorat qilish holatlari – Matnni yoki mavzuni bir necha alohida qismchalarga bo‘ling va har bir matn qismi bilan tanishib bo‘lganlaridan so‘ng nima bo‘lishi yoki kuti-lishini talabalardan aniqlang, agar bu biror-bir ma’lumot berilgan matn yoki mavzu bo‘lsa, keyingi bosqichda nimalarni o‘rganishlari mumkin-ligini oldindan aytib berishlarini (bashorat qilishlarini) so‘rang.
3. Ikki qismga bo‘lingan yozuvlar usuli – Daftar varaqlarining o‘rtasiga chiziq tortib, ikkiga bo‘ling. Chap tomonga o‘rganilayotgan matndagi ular uchun juda muhim ko‘ringan qismlarini yozishni so‘rang, o‘ng qismiga esa o‘sha qism haqida talabaning shaxsiy fikrini, u qanday bo‘li-shidan qat’iy nazar, yozishni so‘rang. Ba’zilar buni yozishga tortinishlari ham mumkin, shuning uchun ham bunday o‘quvchilarni nazardan qochirmaslik lozim.
4. Talabalar orasidagi o‘zaro dars berish usuli – Biror-bir matn yoki mavzu kichik talabalar guruhi tomonidan mutolaa qilib bo‘linga-nidan so‘ng, biror-bir talabadan uning vaqtincha o‘qituvchi rolini o‘y-nagan holda o‘qib bo‘lingan matn mohiyati haqida sinfdoshlariga bir qancha savollar berishini so‘rang, tushunilmagan o‘rinlarini tushuntirish va matnning keyingi qismida nimalar bo‘lishini oldindan aytib berish ham bu mashg‘ulotning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lishi lozim.
5. Birgalikda o‘rganuvchi guruhlar – Ushbu guruhlar boshqa guruhlarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha turli savollar berib, unga javob olishga intilishlari yoki mavzuga oid dolzarb muammolar topib, uni hal qilish vazifasini boshqa guruhlarga yuklashlari mumkin. Masa-lan, bunda talabalar uchun ma’lum bir rollar berish yoki «muammoli dars» o‘tish taklif qilinishi mumkin. Bunda talabalarni rag‘batlantirish yoki ularga ma’lum darajada baho yoki reyting ballari qo‘yishni tashkil qilish ham ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi.
6. O‘ylash/fikr almashish/juftliklarda ishlash – Talabalarga o‘tilgan mavzu yoki dars haqida bir qancha muammoli savollar bering va ulardan bu savollarga beriladigan javoblar haqida yakka tarzda o‘ylab ko‘rish-larini yoki bu savollar yuzasidan ma’lumot tayyorlab, yozib kelishlarini so‘rang. Keyinchalik ular juftliklarga bo‘lingan holda bir-birlarining ja-voblarini eshitadilar, solishtiradilar va tanqidiy muhokama qiladilar. Ke-yin esa ba’zi juftliklar sinfdoshlari oldida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashib, ijo-diy ravishda fikr almashadilar.
7. Yo‘naltiruvchi savollar – Talabalarga fikrlarini mavzu yoki ma-tnning ba’zi asosiy qismlariga qaratadigan yo‘llanma bering va mav-zuni o‘rganayotgan davrlarida yo‘naltiruvchi savol yoki ko‘rsatmalar asosida ijodiy ravishda fikrlashlariga erishing (intiling).

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin