v) Fikrlash:
Talabalar dars (mavzu) ning mohiyatini qanday qilib hayotga tatbiq qila oladilar? 1. O‘quvchining savollarga javoblari – Ma’ruza o‘qib bo‘lingani-dan so‘ng talabalarga faol fikrlashni talab qiladigan va mavzuni yorita-digan umumiy ko‘rinishdagi bir qancha savollar majmuasi beriladi. Ular masalan, quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi ham mumkin:
Ushbu mavzu bo‘yicha Siz nimalarni bilib oldingiz?
Mavzuning qaysi jihatlari Sizni o‘ylashga va fikrlashga majbur qildi?
Mavzu haqida shaxsan Siz qanday fikrdasiz?
Shu bugun o‘rganganlaringizni hayotga qanday tarzda tatbiq qi-lish mumkin?
2. Ikki qismga bo‘lingan yozuvlarni ko‘rib chiqish – Talabalardan mavzu bo‘yicha yozgan fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashishlarini so‘rang va bu bo‘yicha bahs-munozara uyushtirishga harakat qiling.
3. Maxsus savollarga javob berish – Talabalarga ma’ruza mavzusi bilan uzviy bog‘liq bir necha xil javoblar berilishi mumkin bo‘lgan sa-vollar tayyorlab kelishni topshiring va bu savollarni hamda ularga beri-lish mumkin bo‘lgan javoblarni guruhda tanqidiy muhokama qilishni uyushtiring.
4. Oxirgi so‘zni menga bering – Bir talabani doskaga chaqirib, unga mavzu bilan bog‘liq ma’lumotlarning biror qismini doskaga yozishni, ikkinchi tomoniga esa bu matn to‘g‘risida uning shaxsiy fikr-mulohaza-sini yozishni so‘rang. Keyin sinfdagi barcha talabalarni buni faol muhokama qilishga chaqiring. Lekin doskaga chaqirilgan talaba-ning yakunlovchi so‘z aytishi kerakligini yoddan chiqarmang.
5. Munozara – Talabalar juftliklaridan muhokama qilinayotgan mavzuga oid muammoning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritadigan savol-lar tuzishni so‘rang. Ular birgalikda ishlab, tegishli savollarni tuzib bo‘l-gandan so‘ng, keyingi juftliklar bilan birgalikda javob variantlarini mu-hokama qilishlari lozim bo‘ladi. Demak, bu xildagi tadbir o‘tkazishda bir guruhning o‘ylab topgan savollariga boshqa guruhdagi talabalarning javob berishlari lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu tadbir muno-zara deb atalishini anglab olgan bo‘lsangiz kerak.
6. Muhokama/Munozaralar/Debatlar – Talabalarni ikki alohida gu-ruhga bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo bilan bog‘liq masalalarni, savol-larni yoki muammolarni qizg‘in muhokama qilishni uyushtirish. Bunda barcha talabalarning teng huquqlilik asosida munozarada qatnashuvini, barcha ishtirokchilarning faol bo‘lishini ta’minlash o‘qituvchining zim-masida bo‘ladi.
7. O‘n daqiqali bayon – Talabalarga o‘n daqiqa davomida mavzu bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘rganilayotgan muammo haqidagi o‘z fikr-lari bo‘yicha bayon yozish topshirig‘i beriladi. Ba’zi talabalarning hech nima tushunmadim deb, bekor o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaslik o‘qituv-chining mas’uliyatlari doirasiga kiradi. Ularni ham mavzu bo‘yicha ni-malarnidir o‘ylash va yozishga undash yaxshi natijalarga olib keladi.
8. Tugallash kartochkalari – Biror bir mavzuga bag‘ishlangan dars-dan so‘ng, talabalarga quyidagilar haqida ma’lumot yozishni topshiring:
• Bugungi darsda o‘rganilgan eng muhim g‘oya, fikr, ma’lumot yoki o‘zlashtirilgan bilim.
• O‘rganilgan mavzu bilan bog‘liq materiallar haqida juda bo‘lma-ganda bitta savol.
• O‘rganilgan soha haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha umumiy ravish-da ifodalangan mulohaza.
9. Takrorlash – Talabalar darsda bundan oldin o‘rganilgan matnlar (mavzular, muammolar) ga bog‘liq savollarga javob berib, bu javoblarni hayotiy (shaxsiy, jonli) misollar bilan to‘ldiradilar. Bu usulni qo‘lla-ganda «Takrorlash – bilimning onasidir» degan maqolni yana bir marta eslash va hayotga tatbiq qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
10. Bilimlarni boshqa muammolarga qo‘llash – O‘rganilgan bilimlarning qanday qilib va qayerda hamda qay tartibda qo‘llanilishini talabalarga jonli misollarda atroflicha tushuntirib bergandan so‘ng ular-dan bu bilimlarning, ma’lumotlarning yoki usulning yana qayerda va qanday qo‘llanilishi mumkinligini so‘rang. Ularning shaxsiy fikri bo‘li-shiga, ushbu fikrni ularning ishonch bilan himoya qila olishlariga va bu fikrlarning iloji boricha turli-tuman va yangi (original) bo‘lishiga e’tibor bering. Ijodiy fikrlar ko‘lami (generatsiyasi) keng bo‘lgan talabalarni imkoniyat doirasida rag‘batlantirish ham yaxshi natijalarga olib keladi.