Kooperativ (o‘zaro, hamkor) muloqot esa talabalar bilan yaqin bo‘lishni, ularning muammolarni yaxshi tushunishni, munozaralar uyushtirishni va iloji bo‘lsa, ota-onalari yoki yaqin odamlari bilan ham ma’lum turdagi tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy va ijodiy aloqalar o‘rna-tishni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda o‘qituvchining roli faqat ma’lum bir fandan ta’lim beruvchi inson sifatidagina emas, balki tarbiyachi, maslahatchi, mehribon ustoz hamda yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida bo‘lishi lozim.
Ta’lim berishga konstruktiv (amaliy) jihatdan yondashish Muloqot vositasida dars berishning ikkinchi asosiy tarkibiy qismi ta’lim berishga konstruktiv (amaliy) jihatdan yondashishdir. Har bir o‘qituvchi ma’lum bir fanni yoki sohani nazariy va amaliy jihatdan chu-qur bilgani holda, ikki asosiy talabga (savolga) javob berishga tayyor bo‘lishlari zarur:
1. Men dars bermoqchi bo‘lgan fan (soha/predmet) bilan talaba-larning oldingi o‘quv yoki hayot tajribasi orasida qanday bog‘liqlik mavjud?
2. Men dars bermoqchi bo‘lgan fan (soha/predmet) bilan talaba-larning shaxsiy istak va maqsadlari orasida qanday bog‘liqlik bor?
Bu nuqtayi nazar asosida o‘quvchi (talaba)lar o‘qish-o‘rganish jarayonida ma’lumotni sust qabul qiluvchilar emas, balki bilim olish ja-rayonining faol qatnashchilaridir, degan g‘oya yotadi. Ular o‘zlarining o‘quv yoki hayotiy tajribalari hamda shaxsiy istak va maqsadlari aso-sida dars jarayonini tashkil qiladilar va o‘rganadilar. O‘qituvchi esa ularga maslahatchi, yo‘l ko‘rsatuvchi va kerak bo‘lganda, o‘z bilimining asosiy qismlarini etkazuvchi hamda ularni tushuntiruvchidir. O‘quvchi (talaba)lar mushohada va munozara orqali tegishli fanni chuqur egal-lashga erishadilar, bu bilan kelajak hayotga va ilmiy izlanishlar uchun puxtaroq tayyorgarlikdan o‘tadilar. Faol muloqot vositasida dars beruv-chi o‘qituvchi bilim olish jarayonini talabalar va o‘zining faol muloqoti orqali amalga oshiriladi deb tushunadi (va bunga astoydil ishonadi) hamda uni xilma-xil usullar yordamida ro‘yobga chiqaradi.
Muammolarning qiziqarli jihatlarini tushunish va ko‘ra olish ham-da buni ma’lum bir mohirona harakatlar vositasida namoyish etish usulida o‘qituvchilar har bir dars bilan bog‘liq bo‘lgan tadbir va o‘yinlar tashkil qilish orqali, o‘quvchi (talaba)larning hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda qiziqarli holatlarni tahlil qilishga, ularning qiziqishlari va intilishlarini inobatga olishga harakat qiladilar. Dars berish va biror-bir narsani o‘rganishda loqaydlikka (sustlikka) aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir talaba (o‘quvchi) o‘zining qiziqishi, iste’dodi va imkoniyatiga bog‘-liq ravishda nimagadir jalb qilinadi, qiziqtiriladi hamda ular bundan qandaydir ma’naviy qoniqish hosil qiladilar. O‘rganilayotgan soha bilan bog‘liq ishbilarmon o‘yinlar, qiziqarli holatlar, Case Study (ishlab chi-qarish bilan bog‘liq hayotiy misollar), hikoyalar, hodisalar, muam-molarni jonli ravishda ifodalash va bu bilan o‘quvchi (talaba)larda bilim olish uchun intilish uyg‘otish o‘qituvchidan katta mahorat va bilim talab qilishi tabiiy, albatta.