Uzbek stationery


Savol-javob jarayonini tahlil qilish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə19/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Savol-javob jarayonini tahlil qilish
Savol-javob vositasida ta’lim berish usulining oxirgi fazasi tala-balarga o‘z fikrlash jarayonlarini tahlil qilishga imkon berish va beril-gan savol hamda javoblarni tanqidiy nuqtayi nazardan o‘rganishni qam-rab oladi. O‘qituvchi talabalardan fikran orqaga qaytishni taklif qiladi va ularga darsning har bir fazasida ularga qanday fikrlar kelganini es-lashni va bu fikrlar sonini hisoblashni topshiradi.

  • Qachon ular birinchi marta muammoli holatni tushunishga erish-dilar?

  • Nega ular ba’zi tushuntirishlarni boshqalarga nisbatan tezroq tu-shuna boshladilar?

  • Dars davomida ular muammoli holat haqida o‘z fikrlarini nima uchun o‘zgartirdilar?

  • Bu o‘zgarishga nima sabab bo‘ldi?

Bu usulda ta’lim bergandan so‘ng talabalardan teskari aloqa ko‘ri-nishidagi ma’lumotlar olish va darsning samarasini aniqlash ham mu-him ahamiyat kasb etadi. Bunda deklarativ ta’lim berish usullarini ba-holash uchun o‘tkaziladigan usullar va qoidalardan farqli o‘laroq, baho-lash usullari ham o‘ziga xos bo‘lishi lozim.
4. Muloqot vositasida dars berish usullari


Qiyin fan yo‘q, faqat hazm etilishi
qiyin bo‘lgan izohlargina bor, xolos
Gersen.

Ushbu usulda dars berish talabalarni fikrlashga o‘rgatadi va ularda bu bilan bog‘liq malakalar hosil qiladi. Muloqot vositasida dars bera oladigan o‘qituvchilar ko‘pincha ushbu sohadagi (yo‘nalishdagi, fan-dagi, mavzu bilan bog‘liq) eng malakali, ta’lim va amaliyot sohasida katta tajribaga ega ustozlar bo‘lib, ular ta’lim jarayonida xilma-xil zamonaviy usullarni ongli, ijodiy va jonli ravishda qo‘llay oladilar. Ko‘-pincha, «Dars berishga o‘rganishning eng yaxshi usuli – dars jara-yoniga bevosita kirishishdir», – deb noto‘g‘ri ta’lim beradilar. Chunki sohani to‘liq bilmasdan dars berish suzishni bilmay, suvga tushganday gap. Bundan tashqari, bunday yetarli darajada malakaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘qish uchun bilim dargohiga kelgan o‘quvchilar (tala-balar) ning hafsalasini pir qilib, o‘qishdan sovitadi. Bunday o‘qituv-chidan saboq olganlar esa o‘ziga xos chalasavodlar (yoki «intellektual nogironlar» deyishimiz ham mumkin) safini to‘ldirishi aniq. Bizning-cha, dars samaradorligini oshirishning birdan-bir yo‘li, o‘z sohasini va tanlangan fanni puxta o‘zlashtirishdir. Haqiqatan ham, agar o‘qituvchi o‘zi dars berayotgan sohani chuqur va har taraflama bilmasa, qanday qilib uning nozik tomonlarini tushuntirishi, savollarga to‘liq javob be-rishi va samarali hamda ilg‘or pedagogik usul (texnologiya) larni qo‘llay olishi mumkin. Bunda o‘qituvchining dars samarasi ham pasayib, tala-balarga o‘zi bilmagan, his qilmagan va ko‘rmagan asosiy dalillarni ham-da ta’riflarni kitobiy va sayoz holda tushuntirib beradi xolos. Talabalar bunday o‘qituvchilar haqida ko‘pincha «U nazariy masalalarnigina bi-ladi», – deb o‘zaro fikr yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida darsga qiziq-ishning ancha susayishiga olib kelib, oxir-oqibatda ushbu o‘qituvchi talabalar orasida o‘z obro‘-e’tiborini batamom yo‘qotadi. Muloqot vo-sitasida dars bera oladigan o‘qituvchilar jarayonni boshqarishni, tartibni saqlash usullarini yaxshi bilishlari, psixologiyani, o‘zaro muloqot asos-larini tushunishlari, soha bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolarni puxta o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari lozim. Ular doimiy ravishda 20-30 nafar malakali va qiziquvchan tinglovchilar oldida so‘zlash, fikrini bil-dirish, muloqot qilish va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish qobiliyatini namoyish qilishga qodir va tayyor turishlari kerak. Muloqot vositasida dars berishning uch asosiy va ajralmas tarkibiy qismi mavjud:



  • ta’lim berish etikasi va estetikasi,

  • ta’lim berishga amaliy jihatdan yondashish,

  • muammolarning qiziqarli jihatlarini tushunish va ko‘ra olish hamda buni ma’lum bir artistik (mnemonik), mohirona harakatlar vositasida namoyish etish.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin