tartibga chaqirish usullari
Bilimsiz yoki chalasavod farzand -
yo‘qotilgan farzanddir
Jon Kennedi
Ushbu bo‘limdagi taqdimot deb atalgan «reversiv» (ya’ni, o‘z-o‘ziga ta’lim berish) zamonaviy ta’lim usulining mohiyati shundan ibo-ratki, bunda talaba biror-bir mavzuni mustaqil ravishda o‘rganib chiqib, sinfdoshlariga shaxsan o‘zi dars berishni amalga oshiradi. Bu jarayonni maqsadga muvofiq ravishda nazorat qilishni va boshqarib turishni esa o‘qituvchi shaxsan o‘z zimmasiga oladi. Agar do‘ppini yerga qo‘yib va diqqatni jamlab, atroflicha fikrlasak, shu narsa ayon bo‘ladiki, o‘quv-chi/talabalarga berilgan biror-bir mavzuni, ma’lumotni, yangilikni taq-dimot (chiqish, prezentatsiya, ma’ruza) qilish ham ularning bilim olishi-da juda katta ahamiyatga ega. Chunki bunda talaba guruhdagi boshqa talabalar va ustozlar oldida yakka o‘zi so‘zga chiqishini hisobga olib, mavzuga har tomonlama va chuqur tayyorlanadi, mavzuga bog‘liq xil-ma-xil nozik masalalar haqida mulohaza qiladi va atroflicha fikrlaydi. Taqdimot jarayonida o‘qituvchi ham talabalar bilan bir qatorda o‘tirib, ular singari fikrlashga va munozaralarda faol ishtirok qilishga intilishi lozim bo‘ladi. Lekin u o‘zining obro‘-e’tibori va hurmati hamda tala-balarning unga bog‘liqligidan foydalangan holda taqdimot marosimida etakchi rol o‘ynashga intilsa hamda talabalarga ushbu haqda doimo urg‘u berishga harakat qilsa, taqdimot marosimi sun’iylashib, kutilgan maqsadlarga erishish ancha qiyinlashadi.
Taqdimot jarayoni quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Boshlash – bunda tanlangan mavzu haqida, uning nima uchun ko‘rilayotgani, qanday bo‘limlardan tashkil topgani, uning boshqa mav-zular bilan bog‘liqligi, amaliy va nazariy ahamiyati haqida qisqacha gapirib o‘tiladi.
2. Mavzu rejasi – bunda mavzuni yoritishda qanday savollar usti-da fikr yuritilishi, ularning mazmuni, tartibi va ketma-ketligi ko‘rib chi-qiladi.
3. Ma’ruza (mavzu ma’nosini yoritish) – bunda talaba mavzu rejasi asosida har bir savolni, tushunchani va muammoni atroflicha yoritadi. Talabalarning bu ma’ruza davomida vujudga kelgan savol-lariga javob berish (yoki bunga imkoniyat darajasida harakat qilish), diqqatga sazovor munozarali masalalar bo‘lsa, ularni batafsil ko‘rib chiqish ma’ruzaning qiziqarli, jonli va foydali bo‘lishiga olib keladi.
4. Xulosa – ushbu qismda ma’ruza davomida yoritilgan savollar, muammolar haqida qisqacha ma’lumotnoma beriladi, mavzu yuzasidan vujudga kelgan barcha savollarga imkoniyat darajasida to‘liq javob beriladi va bu bilan uzviy bog‘liq ma’ruzani yakunlaydigan boshqa masalalar ham xulosa sifatida ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |