Uzbek stationery


Natija (o‘zlashtirish darajasini tekshirish)



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə48/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Natija (o‘zlashtirish darajasini tekshirish)

Maqsad

1. O‘quvchilarga iqtisodiyotni erkin muloqot sharoitida yaratuvchanlik bilan o‘rganishlariga sharoit yaratish
2. O‘rganish jarayonini tekshirish
3. Iqtisodiyotdagi tushunchalar va so‘zlarni o‘zaro bog‘lash

Faoliyat turlari

  1. O‘yinlar

  2. Yozma ish

  3. So‘zga chiqishlar

  4. Rol o‘ynash

  5. Guruhli ish bo‘yicha hisobot berish

  6. Intervyular o‘tkazish

  7. Plakatlar chizish

  8. Ko‘rsatma yoki stendlar qilish

O‘qituvchining roli

Maslahatchi, ishga qiziqish uyg‘otadigan

O‘zaro munosabat turi

O‘quvchi-talaba (juftliklar, guruhlar, tasodifiy yoki qiziqishlar bo‘yicha kichik guruhlar)

Nazorat darajasi

Erkin ravishda

Xatolarni to‘g‘rilash

Asosan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi va bunda aralashuv minimal ravishda bo‘lishi lozim

Qancha muddat va darsning qaysi qismida

  1. Qanday ish amalga oshirilayotganiga bog‘-liq

  2. Taqdimotdan so‘ng yoki amaliyot tugaga-nidan keyin

  3. Bir dars yoki bir necha darslar davomida

Endi faraz qilaylik, Sizga kimdir qandaydir iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishdagi dars rejasini tayyorlab olib keldi: Uning samaradorligini va foydalilik darajasini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Bu ishni amalga oshirish uchun quyida keltirilgan tartibda ishla-sak va fikr yuritsak, yaxshi natijalar olishimiz mumkin.
Dars rejasini tekshirish ketma-ketligi:

  • Dars jarayonida ishlatilayotgan material va o‘rganilayotgan mav-zu uning real hayotda qo‘llanilishiga mos keladimi yoki yo‘qmi?

  • Talabalar Sizning darsingizdan qoniqish hosil qildilarmi? Agar bunday bo‘lmasa, ularni qiziqtirish uchun Siz nima qilmoqchisiz?

  • O‘rganish sikli bilan bog‘liq savol: Sizning rejalashtirgan darsin-gizda nazorat qilinishda erkinlikka qarab yo‘nalgan harakat mavjudmi?

  • Sizning darsingizda motivatsiya qilinishga, taqdimotga, amali-yotga va natijaga bag‘ishlangan faoliyat turlari bormi?

  • Darsning natijaviy tashkil etuvchi qismlari talabalarga ular nima deyishlari va qanday qilib gapirishlari haqida ma’lumot bera oladimi?

  • Darsdagi ko‘rsatmalaringiz va vazifalarning bajarilish tartibini ta-labalaringiz aniq tushuna oladilarmi?

  • Dars tadbirlari talabalarning birgalikda ishlashi, fikr almashishi va o‘qituvchi bilan bemalol muloqot qilishiga imkon yaratadimi?

  • Darsda ishlatiladigan iqtisodiy atamalarning aniq ma’nosi Sizda bormi?

  • Siz qaysi iqtisodiy masalalarni ularga o‘rgatmoqchisiz va qanday qilib?

  • Darsda o‘qish, yozish, gapirish va tinglash kabi malakalarni ri-vojlantirishga ham imkon beriladimi?

  • Dars Sizning guruhingiz uchun juda osonmi yoki juda ham mu-rakkabmi?

  • Siz o‘z sinf tadbirlaringizni oddiy sharoitlarda va berilgan vaqt doirasida o‘tkaza olasizmi?

  • Agar vaqtingiz ko‘proq bo‘lsa, yana nimalar qilardingiz?

  • Darsda madaniy-ma’naviy jihatdan mos kelmaydigan material-lar va ma’lumotlar mavjudmi? Agar shunday bo‘lsa, Siz nima qilishni rejalashtiryapsiz?

  • Uy vazifasi berishni rejalashtirganmisiz?

  • Dars vaqtida o‘quvchilarni qiziqtirish uchun yana nimalar qil-moqchisiz?

Ushbu savollar majmuasiga rioya qilinsa, har qanday fanga oid bo‘lgan dars rejasini ham to‘la tekshirib, unga ma’lum bir ma’nodagi qo‘shimcha rivojlantiruvchi elementlar qo‘shish mumkin bo‘ladi.
10. Interfaol dars o‘tkazish jarayonida ishlatiladigan tadbirlar


Dars ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydigan
har qanday salbiy harakat
ta’lim olishni murakkablashtiradi

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin