Uzbek stationery


KIRISH Kim bilimni o‘lchar dunyo, mol bilan, U gavharni teng qilar sopol bilan. Sa’diy Sheroziy



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Interfaol ta’lim uz

KIRISH


Kim bilimni o‘lchar dunyo, mol bilan,
U gavharni teng qilar sopol bilan.
Sa’diy Sheroziy

Jamiyatimizdagi ko‘pchilik insonlar o‘qituvchilarni kunlar, hafta-lar va oylar davomida o‘qitiladigan fan bo‘yicha asta-sekinlik bilan turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar beradigan hamda bir maromda qandaydir bilimlar majmuasini o‘quvchilarga singdiradigan zerikarli mutaxassislar sifatida tushunadilar. Lekin ularning qanday ko‘rsatma va topshiriqlar berishlari hamda bunday usullar qanday samara berishini ko‘pchilik bilmaydi yoki tushunmaydi. Shuning uchun ham, yillar davomida ta’lim berishning bir qancha usullari va uslubiyati vujudga keldiki, ularning jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir ta’lim berish uslublari yosh bolalarning bilim olish jarayonini o‘rganish asosida tashkil etilgan bo‘lsa, boshqalari dars berish jarayonida ro‘y beradigan muammolarni hisobga olgan holda tashkil etilgan. O‘qitish uslubiyatining boshqa tur-lari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki kor-porativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila bosh-landi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqa-larida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ular demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har do-im ham mos kelavermaydi. Masalan, auditoriyadagi talabalarning aksa-riyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bo‘lsa, ammo o‘qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo‘lsa ham qandaydir bi-lim berish talab qilinsa, u holda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o‘z-o‘zidan ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda ta’lim berishning eng yangi modellaridan biri kooperativ ta’lim berish modeli bo‘lib, unda talabalar va ta’lim beruvchi instruktor birga-likda ma’lum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jara-yonida tegishli malakaga yoki bilimga ega bo‘ladilar. Ammo hozirgi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi.


Shunday qilib, hozirgi davr ta’lim berish jarayonini quyidagi aso-siy jihatlar bilan ifodalash mumkin:

  • O‘qituvchining faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy, balki ijodiy-artis-tik asosda ham amalga oshirilishi lozim;

  • O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. Oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va ama-liy bilimlar berish ham talab qilinadi;

  • Hozirgi paytda ko‘pchilik talabalar turli xil viloyatlardan kel-ganliklari va ularning bilim darajasi bir-biridan anchagina farq qilishini hisobga olganda, o‘qituvchilarning ishi yanada murakkablashadi – endi ular avvalgidan farqli o‘laroq, turli xil bilim darajasi va turli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar jamoasida ishlashlariga to‘g‘ri ke-ladi. Bu esa ulardan ta’lim berishda yangi usul va uslubiyatlar qo‘lla-nishini taqozo qiladi;

  • O‘qituvchilarga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada oshdi va endi ular nafaqat ilmiy, balki ma’rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur;

  • Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda;

  • O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan barcha muammolar va salbiy jihatlardan qutulish hamda ta’lim sifatini oshirishning eng asosiy yo‘llaridan biri interfaol ta’lim berish usullari bo‘lib, quyida biz ushbu zamonaviy ta’-lim berish uslubiyatining bir qancha yo‘l-yo‘riqlari va qonun-qoidalari bilan imkoniyat darajasida tanishib chiqamiz.
1. Interfaol ta’limning maqsadi va vazifalari


O‘qish-o‘rganish uchun hech qachon ham
keksayib qolganman dema

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin