O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo‘llanma tayyorlash Bunday turdagi qo‘llanmalar tayyorlash o‘qituvchi bo‘lmagan taq-dirda ham (yoki shunday sharoitni sun’iy ravishda yaratib) talabalar-ning o‘rganishlariga va bilim olishlariga asos yaratib, ularning ilmiy izlanishlar olib borish malakalarini rivojlantiradi. Masalan, ular mus-taqil ravishda biror-bir narsani, hodisa yoki mavzuni o‘rganmoqchi bo‘lganlarida bu juda ham qo‘l keladi. Oldindan aniq berilgan savollar mavjud bo‘lganda talabalarning diqqat-e’tibori matnda u yoki bu yerda tarqoq holda berilgan ma’lumotlarga, dalillarga va qoidalarga yo‘nal-tiriladi hamda bu hol ularning sohani chuqurroq o‘zlashtirishlariga va ijodiy fikrlashlariga yordam beradi. Tegishli matn parchasi o‘qib bo‘-linganidan so‘ng qisqa muddatli munozara uyushtiriladi. Tanqidiy mu-nozara qilish qobiliyatini rivojlantirish va fikrlash jarayonini mu-kammal tashkil qilish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu turdagi qo‘l-lanmalar quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin:
a) Ular talaba (o‘quvchi)larga matndagi muhim, ammo unchalik ko‘zga tashlanmaydigan fikr va g‘oyalarni ilg‘ab olishga imkon beradi. Oddiy holatlarda talabalar bunday fikr va ma’lumotlarni unchalik tu-shunmaydilar yoki tub mohiyatiga yeta olmaydilar;
b) Ushbu turdagi qo‘llanmalar va yozma materiallar ta’lim olishning barcha bosqichlarida yuqori darajadagi va sermahsul o‘ylash jara-yonini rivojlantirishga olib keladi hamda pirovard natijada o‘quv-chilarning ta’lim samaradorligi va saviyasini sezilarli darajada oshiradi;
v) Bunday yozma manbalar va qo‘llanmalar talabalarning bo‘lajak munozara va yozma ishlari uchun o‘ziga xos imkon (vositachi) vazi-fasini bajaradi.
Ikki bo‘limdan iborat kundaliklar Bunday ko‘rinishda tashkil qilingan kundalik turiga mansub yo-zuvlar talabalarga o‘rganilayotgan (o‘qilayotgan) mavzu matni mazmu-nini o‘z shaxsiy tajribalari hamda real hayot bilan solishtirishga, o‘zlari-ning tabiiy ravishdagi qiziqishlarini imkoniyat darajasida qondirishga va fikrlarini bir yo‘nalishda jamlashga yordam beradi. Bunday ikki bo‘-limdan iborat kundaliklar tuzishni talaba (o‘quvchilarga) biror-bir katta hajmli matnni yoki mavzuni mustaqil ravishda o‘zlari o‘rganib kelish-lari haqidagi uy vazifasi yoki mustaqil topshiriq sifatida berilganda juda ham foydalidir. Bunday ko‘rinishdagi kundalikni tuzish uchun daftar-ning har bir varagi o‘rtasidan teng ikkiga bo‘linadi. Daftardagi ushbu chiziqning chap tomonida matnning qaysi qismi ularda katta taassurot qoldirgani haqida yozishadi. Masalan, matnning bu qismi ularga hayot-larida uchragan biror-bir voqea yoki hodisani, tajribani, hikoyani yoki voqeani eslatgandir yoki ular biror-bir narsaga qarshidirlar, ishonmaslar, astoydil qarshilik qilishni xohlarlar. Kundalikning o‘ng tomonida esa ta-labalar chap tomonda o‘zlarining yozganlariga tushuntirish yoki izoh berishlari lozim bo‘ladi. Ya’ni,
Nega bu qism ularda katta taassurot qoldirdi?
Nima sababdan ular shu matn qismini tanlab olib yozdilar?
Bu ma’lumot ularda qanday ijobiy yoki salbiy fikrlarni yuzaga kel-tirdi?
O‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq qanday savollar yoki muam-molar tug‘ildi?
Demak, talabalar matnni mustaqil o‘qish va o‘zlashtirish jarayonida vaqti-vaqti bilan to‘xtab, fikrlab, o‘zlarining ikki bo‘limdan iborat kundaliklarida tegishli xulosalar qilishlari lozim bo‘ladi. Bu esa ularni o‘ylashga, fikrlashga va mushohada yuritishga majbur qiladi. Ushbu yo-zuvlar hajmi o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilingan bo‘lishi ham mum-kin, masalan, har besh betli matnni yoki mavzuni o‘qiganda talaba (o‘quvchi) o‘z kundaligida o‘nta yozuv qilishi shart deyilsa, ularning ishini yanada samaraliroq qilish mumkin bo‘ladi. Yozuvlar hajmi albat-ta matnning yo‘nalishi, ma’nosi va ahamiyatiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Navbatdagi (Fikrlov) bosqichida oldingi bosqichlarda qo‘llanilgan ko‘pgina usullarni qaytadan ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu aqliy (mental) ko‘rinishga ega bo‘lgan bosqichda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir usul va uslubiyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: