O‘ylang/Birgalikda ishlang/Fikr almashing
Bu faoliyat turi o‘quvchi (talabalar)ni matn mazmuni hamda mo-hiyati haqida atroflicha fikr yuritishga va unga oid ma’lum bir xulosa chiqarishga undaydi. Buni tashkil etish uchun o‘qituvchi talabalarni chuqur o‘ylashga va mushohada yuritishga undaydigan savollar tayyor-laydi. Keyin har bir talabaga ushbu savollarga qisqa va lo‘nda javob yo-zishni so‘raydi. Shundan so‘ng talabalar juftliklarga bo‘linib, mavzu ha-qida o‘zaro fikr almashadilar hamda javoblarini umumlashtirgan holda yaxlit javob tayyorlashga harakat qiladilar. Mashg‘ulotning oxirida o‘qi-tuvchi talabalar juftliklariga qisqa muddatda o‘z ishlarining yakunini (muhokama natijasini) guruhga so‘zlab berishni so‘raydi. Bu mashg‘u-lot ularni faollikka, o‘zaro fikr almashishga, tanqidiy mulohazaga va ijodiy fikrlashga undaydi.
3. Suqrot usuli yoki savol-javoblar vositasida
ta’lim berish
O‘zingga ma’lumdir, ey dahr sitaming,
Sitam chodirida o‘tar har daming.
Yomonga ne’mat-u, yaxshiga kulfat,
Yovmisan yo eshak? Bu ne alaming?
Umar Xayyom
Ushbu usul qadimgi yunonlar tomonidan keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning asoschisi yunon olimi Suqrot hisoblanadi. Bu usulning mohiyati ta’lim jarayonida induktiv sabab-oqibat zanjiridan foydalanishga va bu-ning vositasida talabalar bilan faol muloqotga amalga oshirishga asoslangan. Ko‘pincha bu usulni «reflektiv faol fikrlash usuli» deb ham atashadi va bunda o‘qituvchilar talabalarga sermahsul fikrlash ko‘nik-malarini orttirishga hamda bu bilan bog‘liq ruhiy pozitiv jarayonlarini rivojlantirishga ko‘mak berishlari kerakligi uqtiriladi. Bunda o‘qituv-chilar bilim toliblarga «faol konstruksionist» bo‘lish ko‘nikmalarini sing-diradilar va ular o‘z bilimlarini o‘z kuchlari bilan barpo qiladilar. Suqrot usulining asosiy maqsadi va mag‘zi talabalarga qanday qilib savollar berishni o‘rgatish, ushbu savollarga tegishli javoblar topish, bu savollar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni xal qilish va bularning asosida tevarak-atrofdagi dunyo va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘z g‘oyalari, gipotezalari, nazariyalari va qarashlarini shakllantirishdir. Bunda o‘qituvchilar talabalarga muammoli hayotiy masalalarni va hodi-sotlarni bayon qiladilar hamda ularning mos yechimlarini savol-javob vositasida topishga harakat qiladilar. Masalan, o‘qituvchi qo‘lida in-gichka trubkacha bilan bir-biriga ulangan ikkita dumaloq shisha idishni o‘quvchilariga namoyish qiladi. Shisha idishlarning biri qizil rangli suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lsin. Agar o‘qituvchi bir qo‘li bilan qizil suyuqlik to‘ldirilgan shisha idishni ushlab tursa, qizil suyuqlik ikkinchi shisha idishga oqib o‘ta boshlaydi. Namoyishdan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilariga savol beradi:
Nima sababdan qizil suyuqlik ikkinchi shisha idishga oqib o‘ta
boshladi?
O‘quvchilar bu savolga javob topish uchun bir-birlariga savol be-rib, mantiqan mulohaza qilib, kerakli bo‘lgan to‘g‘ri javobni axtara boshlaydilar. O‘qituvchi esa bu jarayonni boshqaradi va o‘quvchilarga nima uchun qizil suyuqlik harakatlanayotganligi haqida ularning o‘zlari yechim topishlariga va o‘z shaxsiy nazariyalarini yaratishga hamda uni tekshirishlariga ko‘mak beradi. Xuddi shunday tajribalarni ijtimoiy fan-larda ham, iqtisodiyotda ham ishlatish mumkin. Bu usulda ta’lim be-rishda o‘qituvchilar «Fikrlash o‘zi nima?», «Fikrlash malakalari nima-lardan iborat?», «Yuqori darajada fikrlash ko‘nikmalari qanday tashkil etuvchilardan iborat?» – degan savollarga mos bo‘lgan javoblar topishlari kerak bo‘ladi, chunki faqat shundagina bu usul vositasida ta’lim berish jarayonini to‘g‘ri va samarali uyushtirish mumkin. Quyida-gilarni fikrlashning abstrakt intellektual jarayonlari va bu bilan bog‘liq operatsiyalarning asosi deyishimiz mumkin:
Fikrlash induksiya, deduksiya, tasniflash va sabab-oqibat zanjirini topish bilan bog‘liq jarayondir;
Fikrlash abstraksiyalar va maxsus tamoyillar asosida hamda dalil-lar va alohida hodisalar tahlili vositasida voqea-hodisotlarning asosiy prinsiplarini topish bilan bog‘liq;
Fikrlash tahlil qilish va kritik mulohaza yuritgan holda kerakli natijalarga erishmoqdir;
Fikrlash algoritmik bo‘lmagan jarayon bo‘lib, uning biror bir qis-mi oldindan aniqlanib qo‘yilmagan;
Fikrlash juda murakkab jarayon bo‘lib, uni oldindan bashorat qi-lish mumkin emas. Bunda fikrlayotgan individuum o‘z bilimlar majmu-asi va tajribasidan kelib chiqqan holda biror bir konkret natijaga keladi;
Fikrlash ko‘pincha bir qancha turli xil yechimlarga olib keladi va ularning har biri o‘z kamchilik va afzalliklariga ega bo‘ladi. Ular-ning orasidan eng muhimini tanlab olish ko‘pincha bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi (tanlash muammosi);
Fikrlash ko‘pincha noaniq natijalarga olib keladi, bu noaniqlikni hal qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar yoki tajribalar talab qilinadi;
Fikrlash jarayonining bunday murakkabligi konkret fan, g‘oya yoki ko‘nikmalarni tushuntirishda bir xil qoidalarni ishlatishga mone’lik qiladi. Suqrot usulida ta’lim berishning besh asosiy bosqichi (fazasi) bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Fazalar nomi
|
Nimalar bajariladi
|
O‘qituvchi nimalar qiladi
|
1-Faza
|
Maqsadlarni aniqlash va o‘quvchilarga darsda nimalar amalga oshirilishini tushuntirish
|
O‘qituvchi darsning har bir maqsadi ustida alohida to‘xtaladi va o‘quvchilarni savol-javob tariqasida o‘tiladigan darsga tayyorlaydi. Darsning asosiy qoidalari tushuntiriladi.
|
2-Faza
|
O‘quvchilarga topshiriq berish va muammoni yotig‘i bilan tushuntirish
|
O‘qituvchi muammoli holat yoki situatsiyani imkon boricha ko‘proq ko‘rgazmali qurollarni ishlatgan holda tushuntiradi
|
3-Faza
|
Ma’lumot yig‘ish va talabalar bilan birgalikda tajriba o‘tkazish
|
O‘qituvchi masalani hal qilish uchun yo‘naltirilgan ma’lumotlar yig‘ish uchun o‘quvchilarni muammoli holat bo‘yicha iloji boricha ko‘proq savollar berishga rag‘batlantiradi
|
4-Faza
|
Muammoni tushuntirish va turli gipotezalarni muhokama qilish
|
O‘qituvchi o‘quvchilarni muammoning yechimini topish maqsadida ilmiy bashorat qilishga undaydi va muammoli holat bo‘yicha kerakli bo‘lgan hamda relevant tushuntirishlar beradi.
|
5-Faza
|
Savol-javob jarayonini tahlil qilish
|
O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘z intellektual jarayonlari haqida fikrlashga imkon beradi va dars bilan bog‘liq savol-javoblarni tahlil qiladi hamda bu bilan bog‘liq kerakli jihatlarini tushuntiradi
|
Bu usulda ta’lim berganda boshqa usullardan, masalan, muloqot usulidan, tanqidiy mushohada usulidan, taqdimot yoki kooperativ usul-da dars berishdan farqli o‘laroq, dars butun guruhga o‘tiladi, dars jara-yoni esa ochiq bo‘lib, talabalar unla faol ishtirok etadilar. Konseptual jihatdan qaraganda, Suqrot usulida dars berish juda qiziqarli ravishda amalga oshiriladi va u pedagogik tajribasi kam bo‘lgan o‘qituvchilar uchun tajribalarini anchagina oshirishga xizmat qilishi mumkin. Oldin-dan ko‘rsatib o‘tilganidek, savol-javob vositasida dars berish mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan va muammoli yoki tushunarsiz bo‘lgan holatlarni topish hamda ularni tahlil qilishdan iborat. Muammoli vaziyat yoki ho-lat o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq biror bir masalaning ko‘rinishi bo‘lib, u «Nimaga?» yoki «Nima bo‘lardi, agar …?» degan savollarga javob topish tariqasida qo‘yiladi. Har qanday soha yoki fanda bunday muammoli vaziyatlar soni juda ko‘p miqdorda topilishi mumkin. Agar Siz dars uchun qandaydir bir muammoli holat (situatsiya) topmoqchi bo‘lsangiz, u holda quyidagilarni bajarishingiz maqsadga muvofiq:
Siz tahsil berayotgan soha yoki fanga uzviy bog‘liq bo‘lgan hamda o‘zingiz uchun muammoli bo‘lgan biror bir holat haqida fikrlab ko‘ring. Bu holat biror bir savol yoki muammo vositasida ifodalanib, darsda o‘quvchilar orasida tahlil qilinishga munosib bo‘lishi mumkin;
Agarda biror bir masala, holat yoki muammo Siz ishlayotgan o‘quvchilar orasida tabiiy qiziqish tug‘dirgan bo‘lsa, bu ham muammoli holatga (situatsiyaga) asos bo‘lishi mumkin;
Ta’lim berayotgan sohangizdagi biror bir masala, muammo yoki fakt talabalar tushunishi uchun juda qiyin bo‘lmoqda. Siz buni boshqa-cha usullar bilan tushuntirish uchun tegishli muammoli holat o‘ylab topi-shingiz kerak bo‘ladi.
Yuqorida Suqrot usulida ta’lim berishning besh asosiy fazasi ko‘r-satib o‘tilgan edi. Endi ularning har birini batafsilroq ko‘rsatib va tu-shuntirib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |