Uzbek stationery


Maqsadlarni aniqlash va o‘quvchilarga darsda nimalar



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə17/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Maqsadlarni aniqlash va o‘quvchilarga darsda nimalar
amalga oshirilishini tushuntirish
Savol-javob vositasida dars berishning eng avvalida barcha turdagi darslar singari, o‘qituvchi talabalarga darsning maqsadini aniq va rav-shan tushuntiradi, ularni motivatsiya asosida bilim olishga tayyorlaydi va so‘ngra o‘quvchilarning dars davomida nimalarni kutishlari mumkin-ligini tushuntiradi. Bunday turdagi darslarga hech qachon qatnashma-gan talabalarga, ularning yoshidan qat’iy nazar, bunday usulning mohi-yatini va qonun-qoidalarini iloji boricha batafsil va aniq tushuntirish kerak bo‘ladi. Aks holda «Bilmayin bosdim tikanni, tortadurman jab-rini» deb, afsus va nadomatlar qilishingiz mumkin bo‘ladi. Suqrot usulida tashkil qilinadigan darslarning asosiy bosqichlari talabalarga quyida bayon qilinganiday tashkillashtirilishi yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin:

  • Talabalarga darsning maqsadi faqatgina yangi ma’lumotlar olish emas, balki mantiqiy fikrlab, munozara asosida va savol-javoblar vosita-sida yangi bilimlarga ega bo‘lish ekanligini yotig‘i bilan tushuntirish kerak bo‘ladi;

  • Savollar berishni boshlashdan avval o‘qituvchi muammoli holat haqida biror bir savolni o‘rtaga tashlashi kerak. Ushbu savolga aniq bir mantiqiy javob yo‘q bo‘lib, o‘qituvchi unga javob qanday bo‘lishi ke-rakligini boshidan aytib qo‘ymasligi kerak;

  • Darsning ma’lumot to‘plash fazasi davomida talabalar qo‘yilgan savolga javob topish uchun ma’lumot to‘plash maqsadida savollar be-rishga undaladilar. O‘qituvchi ushbu savollarga o‘z bor bilimlaridan foy-dalangan holda batafsil javoblar berishi kerak va agar u o‘quvchilar so‘-ragan ma’lumotlarni bilmasa, bu haqda ularga ochiq aytishi kerak;

  • Darsning gipotezalar topish hamda tushuntirish fazasida talaba-larning o‘z g‘oyalarini ochiq va bemalol aytishlariga imkon yaratish zarur. Hech qaysi bir g‘oya yoki fikr, u qandayligidan qat’iy nazar, o‘qi-tuvchi yoki sinfdoshlar tomonidan kamsitilmasligi kerak. Har bir ilm to-libiga o‘z g‘oyasini aytishga, uni himoya qilishga va savol-javob jarayo-nida ishtirok qilishiga imkon yaratish kerak.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin