Uzbek stationery


Muammoli holatni taqdimot qilish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə18/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Muammoli holatni taqdimot qilish
O‘qituvchi muammoli holatni o‘quvchilarga ehtiyotkorlik bilan qiziqarli holda va aniq-ravshan tarzda taqdimot qilishi kerak. Agar qisqa tasvirlar yoki hodisalar multimedia vositalar asosida ko‘rsatilsa, bu ish talabalar orasida darsga qiziqishni kuchaytirib, yuksak moti-vatsiya darajasiga sabab bo‘ladi. Buning eng muhim tomoni shundaki, muammoli holatni qiziqarli va hammabop tarzda bayon qilish darsning jonli o‘tishiga va savollarning turli xil hamda serma’no bo‘lishiga olib keladi. Bu chora-tadbirlar asosida dars esa yanada muvaffaqiyatli, qizi-qarli va foydali o‘tishiga zamin yaratiladi.
Ma’lumot yig‘ish va tajribalar o‘tkazish
Darsning bu fazasi juda ham muhim bo‘lib, unda o‘qituvchi tala-balarni ma’lumot yig‘ishga undaydi va muammoli vaziyat haqida fikriy (yoki amaliy) tajribalar o‘tkazishga chorlaydi. Bunda asosiy maqsad – talabalarga yetarli ma’lumotlar yig‘ish va buning asosida o‘z shaxsiy g‘oyalarini yaratishga imkon berishdir. Ammo bu faza o‘quvchilar va o‘qituvchi orasidagi oddiy savol-javob o‘yiniga aylanib ketmasligi kerak. Barcha savob va javoblar muammoli vaziyatni tushunishga, fakt-larni o‘rganishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilishi zarur.
Gipotezalar tuzish va tushuntirish
Talabalar muammoli vaziyat haqida etarli bo‘lgan miqdorda ma’lu-motlar yigib, kerakli tajribalarni o‘tkazganlaridan so‘ng, ular o‘z tushun-tirishlarini gipotezalar yoki nazariyalar ko‘rinishida ifodalashlari kerak bo‘ladi. Ushbu faza davomida o‘qituvchi barcha g‘oya va gipo-tezalarni ko‘rib chiqib, ularni to‘laligicha qabul qiladi. Bularni barcha ko‘rina-digan holatda doskaga yozib chiqish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Bu fazada o‘qituvchining roli talabalarning barcha g‘oyalarini qabul qilish va ularni ochiq fikr almashinishga rag‘batlantirishdan ibo-rat. Bundan tashqari, o‘qituvchi talabalarga o‘z gipotezalarini qo‘llab-quvvatlashlari maqsadida «Qanday ma’lumot yoki holat sizga bu gipotezani ilgari surishga undadi?» yoki talabalarni aniqroq fikrlashga undash uchun «. . . . . . . . . . . . . . . . . . . deganda Siz nimani ko‘zda tutasiz?» degan savollar berishi ham mumkin. Bu faza davomida talabalarni muammo haqida yanada chuqurroq fikrlashga yoki ko‘proq ma’lumot yig‘ishga undash uchun «Siz o‘z g‘oyangiz yoki gipote-zangizning to‘g‘riligini isbotlash uchun yana nimalarni bilishni istar-dingiz?» yoki «Siz o‘z g‘oyangizni tekshirib ko‘rish uchun yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar keltira olasiz?» kabi savollarni ham berishi mumkin.



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin