Uzbek stationery


A. Tanqidiy mushohada uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə26/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Interfaol ta’lim uz

A. Tanqidiy mushohada uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish
(bu o‘qituvchining mas’uliyatidir).
a) Tanqidiy mushohada yuritishni dars jarayonida amalga oshirish uchun vaqt va imkoniyat yaratish.
b) Talabalarga dars davomida mushohada yuritish, o‘ylash, savol-lar berish va tanqidiy fikrlash uchun imkoniyat berish.
v) O‘qituvchining talabalar tomonidan bildirilgan xilma-xil fikrlar, g‘oyalar, ma’lumotlar, qoidalar, faktlar va mulohazalarni qabul qilishga (va tushunishga) tayyor bo‘lishi.
g) Talabalarni tegishli mavzularni o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish jarayoniga faol hamda keng miqyosda jalb qilinishini tashkil qilish.
d) Talabalarning darsda ham, undan tashqarida ham hech narsadan va hech kimsadan cho‘chimasdan, o‘z tanqidiy fikrlari uchun izza bo‘-lishdan yoki jazolanishdan qo‘rqmasdan mulohaza qilishlari uchun te-gishli shart-sharoitlar yaratish.
e) Har bir talabaning ongida tanqidiy fikr bildirishga layoqatli ekanligiga hamda bunga to‘la haq-huquqi borligiga ishonch hosil qildi-rish.
j) Tanqidiy mushohadaning kerakli va foydali ekanligini talaba-larga muntazam tushuntirish hamda uni qadrlash lozimligini o‘quvchi (talaba)lar ongiga turli usullardan foydalanib singdirish.


B. Talabaning tanqidiy mushohadaga jalb qilinishi uchun
lozim bo‘lgan mas’uliyatlari.
a) O‘quvchi o‘z shaxsiy fikrlari va mulohazalarining qadr-qim-matini hamda ahamiyatini har tomonlama tushunib yetishi.
b) O‘quvchining darsda, darsdan tashqarida va boshqalar bilan muloqotda o‘z-o‘ziga ishonchini mumkin bo‘lgan usul va vositalar yor-damida rivojlantirish.
v) Talabalarning mavzuni atroflicha o‘rganish jarayonida faol va bevosita ishtirok etishi.
g) Atrofdagilarning fikrlarini imkoniyat darajasida hurmat qilgan holda, ularning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, eshitish va ular haqida mulohaza qila olish.
d) Mavjud va hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida puxta o‘ylamasdan turib, tegishli xulosalar chiqarishga shoshilmaslik.
e) Har tomonlama o‘ylab, fikrlab, nuqtayi nazarlarni solishtirib va tegishli dalillar bilan tasdiqlagan holda xulosalar chiqarish.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin