Munozara o‘tkazish usullari Muloqot vositasida dars berishning eng yaxshi usullaridan biri munozaradir, desak yanglishmaymiz. Munozarada o‘qituvchining mo-nopol (yakkahokim) ravishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, birgina uning o‘zi «monolog» (yakkaxon) sifatida gapirishi va fikrlar almashinishi faqat uning ko‘rsatmasi asosidagina amalga oshmasligiga diqqat-e’tiborni qaratish lozim. Bunday holda o‘quvchilar juda ham zerikib va ba’zi holatlarda esankirab qoladilar. Munozara talabalar tomonidan mavzu tanlanganda, ular erkin fikr almashinish yo‘nalishini aniqlash imkoni-yatiga ega bo‘l-ganlarida va bu ularning tabiiy qiziquvchanligini qon-dirgandagina qizi-qarli va jonli o‘tadi. Bunda o‘qituvchining asosiy o‘rni «tanqidiy – yo‘naltiruvchi – jonlantiruvchi» shaklda bo‘lishi lo-zim. Jarayonni amalga oshirish va munozarani bo‘shashtirmay, tashab-bus shak-shubxasiz talabalar qo‘lida qolishi uchun o‘qituvchi to‘rt bos-qichdan iborat bo‘lgan vazifalar (ishlar) ketma-ketligini amalga oshi-rishi zarur bo‘ladi:
1. Tasdiqlash Bu usul aytilgan fikrning tushunilganini bildirish, uni o‘zlashti-rilganlik (tasdiqlash) belgisini berish yoki bu fikr haqida biror-bir tanqidiy mulohaza bildirishdir. Tasdiqlash bilan bog‘liq gaplar o‘quvchi (talaba)larga unchalik qattiq botmaydi, shuning uchun ham, ularni javob berishga undaydi. Masalan, Siz bunday deyishingiz mumkin:
«Mening tushunishimcha, Siz bunday deyapsiz: ...................................»
«Bu menga oldin aytib o‘tilgan .........................................................larni eslatdi»
«Menimcha Siz bunday demoqchimisiz: ........................., lekin Nosir Sizdan oldinroq bunday degan edi: ........................................................»
«Menga ................................................................tushunarsiz bo‘lyapti»
2. Savollar O‘quvchi (talaba) lar o‘qituvchining savollaridan ko‘ra, o‘z sa-vollarini katta qiziqish bilan muhokama qiladilar («Sizning barmog‘ingiz kesilganidan ko‘ra, boshqa bir inson uchun uning o‘zini chivin chaqib olgani muhimroqdir» – Deyl Karnegi). Shuning uchun ham ularni mu-nozarali savollar berishga jalb qilishga intiling. Buni amalga oshirish uchun, masalan, quyidagi mazmunda savollar berishingiz mumkin:
«Ushbu matnning mazmuni bo‘yicha nimalarni oydinlashtirish va tegishli savollar berish mumkin?»
«Biz o‘z munozaramizda hozircha nimalar xususida to‘xtalmadik?»
«Ushbu matnda yana qanday tushunarsiz so‘zlar va holatlar qoldi?»
«Siz ushbu muammo bo‘yicha nimalarni to‘g‘ri deb hisoblaysiz va bunga ishonch hosil qilgansiz?»
«Ushbu muammo bo‘yicha nimalarni noto‘g‘ri deb hisoblaysiz, bunga qat’iy ishonch hosil qilgansiz?»