Uzbek stationery


v) Fikrlash: Talabalar dars (mavzu) ning mohiyatini qanday qilib hayotga tatbiq qila oladilar?



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə30/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Interfaol ta’lim uz

v) Fikrlash:
Talabalar dars (mavzu) ning mohiyatini qanday qilib hayotga tatbiq qila oladilar?
1. O‘quvchining savollarga javoblari – Ma’ruza o‘qib bo‘lingani-dan so‘ng talabalarga faol fikrlashni talab qiladigan va mavzuni yorita-digan umumiy ko‘rinishdagi bir qancha savollar majmuasi beriladi. Ular masalan, quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi ham mumkin:

  • Ushbu mavzu bo‘yicha Siz nimalarni bilib oldingiz?

  • Mavzuning qaysi jihatlari Sizni o‘ylashga va fikrlashga majbur qildi?

  • Mavzu haqida shaxsan Siz qanday fikrdasiz?

  • Shu bugun o‘rganganlaringizni hayotga qanday tarzda tatbiq qi-lish mumkin?

2. Ikki qismga bo‘lingan yozuvlarni ko‘rib chiqish – Talabalardan mavzu bo‘yicha yozgan fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashishlarini so‘rang va bu bo‘yicha bahs-munozara uyushtirishga harakat qiling.
3. Maxsus savollarga javob berish – Talabalarga ma’ruza mavzusi bilan uzviy bog‘liq bir necha xil javoblar berilishi mumkin bo‘lgan sa-vollar tayyorlab kelishni topshiring va bu savollarni hamda ularga beri-lish mumkin bo‘lgan javoblarni guruhda tanqidiy muhokama qilishni uyushtiring.
4. Oxirgi so‘zni menga beringBir talabani doskaga chaqirib, unga mavzu bilan bog‘liq ma’lumotlarning biror qismini doskaga yozishni, ikkinchi tomoniga esa bu matn to‘g‘risida uning shaxsiy fikr-mulohaza-sini yozishni so‘rang. Keyin sinfdagi barcha talabalarni buni faol muhokama qilishga chaqiring. Lekin doskaga chaqirilgan talaba-ning yakunlovchi so‘z aytishi kerakligini yoddan chiqarmang.
5. Munozara – Talabalar juftliklaridan muhokama qilinayotgan mavzuga oid muammoning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritadigan savol-lar tuzishni so‘rang. Ular birgalikda ishlab, tegishli savollarni tuzib bo‘l-gandan so‘ng, keyingi juftliklar bilan birgalikda javob variantlarini mu-hokama qilishlari lozim bo‘ladi. Demak, bu xildagi tadbir o‘tkazishda bir guruhning o‘ylab topgan savollariga boshqa guruhdagi talabalarning javob berishlari lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu tadbir muno-zara deb atalishini anglab olgan bo‘lsangiz kerak.
6. Muhokama/Munozaralar/Debatlar – Talabalarni ikki alohida gu-ruhga bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo bilan bog‘liq masalalarni, savol-larni yoki muammolarni qizg‘in muhokama qilishni uyushtirish. Bunda barcha talabalarning teng huquqlilik asosida munozarada qatnashuvini, barcha ishtirokchilarning faol bo‘lishini ta’minlash o‘qituvchining zim-masida bo‘ladi.
7. O‘n daqiqali bayon – Talabalarga o‘n daqiqa davomida mavzu bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘rganilayotgan muammo haqidagi o‘z fikr-lari bo‘yicha bayon yozish topshirig‘i beriladi. Ba’zi talabalarning hech nima tushunmadim deb, bekor o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaslik o‘qituv-chining mas’uliyatlari doirasiga kiradi. Ularni ham mavzu bo‘yicha ni-malarnidir o‘ylash va yozishga undash yaxshi natijalarga olib keladi.
8. Tugallash kartochkalari – Biror bir mavzuga bag‘ishlangan dars-dan so‘ng, talabalarga quyidagilar haqida ma’lumot yozishni topshiring:
• Bugungi darsda o‘rganilgan eng muhim g‘oya, fikr, ma’lumot yoki o‘zlashtirilgan bilim.
• O‘rganilgan mavzu bilan bog‘liq materiallar haqida juda bo‘lma-ganda bitta savol.
• O‘rganilgan soha haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha umumiy ravish-da ifodalangan mulohaza.
9. Takrorlash – Talabalar darsda bundan oldin o‘rganilgan matnlar (mavzular, muammolar) ga bog‘liq savollarga javob berib, bu javoblarni hayotiy (shaxsiy, jonli) misollar bilan to‘ldiradilar. Bu usulni qo‘lla-ganda «Takrorlash – bilimning onasidir» degan maqolni yana bir marta eslash va hayotga tatbiq qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
10. Bilimlarni boshqa muammolarga qo‘llash – O‘rganilgan bilimlarning qanday qilib va qayerda hamda qay tartibda qo‘llanilishini talabalarga jonli misollarda atroflicha tushuntirib bergandan so‘ng ular-dan bu bilimlarning, ma’lumotlarning yoki usulning yana qayerda va qanday qo‘llanilishi mumkinligini so‘rang. Ularning shaxsiy fikri bo‘li-shiga, ushbu fikrni ularning ishonch bilan himoya qila olishlariga va bu fikrlarning iloji boricha turli-tuman va yangi (original) bo‘lishiga e’tibor bering. Ijodiy fikrlar ko‘lami (generatsiyasi) keng bo‘lgan talabalarni imkoniyat doirasida rag‘batlantirish ham yaxshi natijalarga olib keladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin