g) Yakunlash/Xulosa: O‘tilgan darsdan qanday asosiy xulosalar chiqarish mumkin? Bu muammoni qaysi darajagacha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq? O‘qituvchi oldindan har bir darsni (mavzuni) qanday ko‘rinishda muvaffaqiyatli yakunlashi lozimligini aniqlab olishi lozim va bunda u quyidagilarga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiq:
a) Darsda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzu yoki muammoni o‘rganish chegaralari qay darajada bo‘lishi maqsadga muvofiq.
b) Bu muammo yoki mavzuni qaysi darajada (gacha) va qanchalik batafsil o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin?
v) Talabalar bilishi zarur deb topilgan asosiy dalil, qoida, konsep-siya yoki tamoyillar to‘plami mavjudmi? Agar ular haqiqatan ham mav-jud bo‘lsa, bular qanday asosiy dalil, qoidalar, konsepsiya yoki prin-tsiplar?
g) Talabalar mavzuga yoki o‘rganilayotgan muammoga oid qo‘-shimcha material, kitob, davriy nashr yoki ma’ruza matnlarini qayerdan va qanday qilib topa oladilar? (agar bularni Internetdan topish kerak bo‘lsa, saytlar ro‘yxati beriladi). O‘qituvchi bu borada amaliy yordam bera oladimi va qanday qilib?
d) Mavzuga yoki o‘rganilayotgan masalaga oid hozirgacha yechimi-ni topa olmagan muammolar ham mavjudmi? Agar bo‘lsa, bular qanday turdagi va ko‘rinishdagi muammolar? Ularni hal qilishning qanday asosiy usullari (yo‘llari) mavjud?
O‘qituvchining mavzu bilan bog‘liq ma’lum bir turdagi savollarni yoki ularning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan majmuasini yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiq holda bera olishi ham talabalarda tanqidiy musho-hada bilan bog‘liq qobiliyatni rivojlantirish yoki aks natija beruvchi muhim amaliy-uslubiy vositalardan biridir. Agar berilgan savollar o‘quvchi (talaba) larning fikrlash jarayonini bir qadar cheklab qo‘ysa va ular uchun faqat o‘qilgan (tinglangan) materialni oddiygina tarzda qay-tarishni talab qilsa, ushbu hol o‘quvchilarning fikrlash jarayonini ancha sust holatga olib keladi va ularning fikri hech kimga kerak emas, degan ma’noni bildiradi. O‘ylashga, erkin fikrlashga, har tomonlama tahlil qi-lishga va yaratuvchilikka qaratilgan savollar esa fikrlash ko‘lamini, da-rajasini va samarasini oshiradi. Bunday tadbirlar o‘quvchilarni ular bi-lan hisoblashishlari lozimligini va ularning fikri ham qandaydir qim-matga ega ekanligiga ishontiradi. Bu borada «Savollar qanday ko‘ri-nishda bo‘lishi maqsadga muvofiq?» – degan muammo yuzaga keladi. Bunga muayyan darajada qoniqarli javob topishga urinib ko‘ramiz. Talabalarga o‘rganilayotgan mavzu yoki muammo bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan savollar to‘plamini berganda quyidagi mezonlarga alohida ahamiyat berish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin:
• Beriladigan savol o‘tilgan yoki o‘tilayotgan mavzu bilan bog‘liq, aniq, lo‘nda va qisqa bo‘lishi kerak;
• Talabalarga berilgan bitta savol bilan mavzuga bog‘liq bo‘lgan faqat birgina narsani (faktni, qoidani, holatni va hokazolarni) so‘rash zarur;
• Savol o‘rganilayotgan soha, mavzu yoki muammoning biror bir jihati bilan bog‘liq bo‘lishi lozim, chunki talabalardan ular hali yaxshi o‘rganmagan mavzu bo‘yicha nazariy savollarni so‘rash va unga qay-sarlik bilan javob olishga urinish yaxshi natijalarga olib kelmaydi va ularni mavzuni o‘rganishdan cho‘chitadi;
• O‘qituvchi savollar tuzayotganida mavzu bilan bog‘liq har bir savolga bir qancha javoblar berish mumkinligiga e’tibor berishi maq-sadga muvofiq;
• Beriladigan muammoli savolning ma’nosi o‘quvchi (talaba) larga to‘la tushunarli bo‘lishi kerak. Aks holda, savol berish jarayonini bosh-lashdan oldin bu haqda ularga boshlang‘ich tushunchalar berib o‘tish lozim bo‘ladi;
• Mavzuda tahlil qilib o‘tilgan aniq narsa, dalil, voqea-hodisa, qo-ida yoki predmetlardan umumiylariga qarab boring. Faqat shu holda harakat qilingandagina o‘quvchi (talaba)larga fikrlash, tushunish, o‘y-lash va javob berish oson bo‘ladi;
• «Ha» yoki «Yo‘q» shaklidagi va «To‘g‘ri» yoki «Noto‘g‘ri» ko‘-rinishidagi javoblar berilishi mumkin bo‘lgan yopiq turga mansub sa-vollarni iloji boricha kamrok bering;
• O‘quvchi (talaba)lar javob bera olmaydigan va mavzu bilan bog‘-liq bo‘lmagan turdagi savollarni zinhor bermang;
• O‘quvchi/talabalarga o‘zlarining hayotiy tajribalariga, ko‘rgan va o‘rgangan narsalariga hamda kelajakda ular duch kelishi mumkin bo‘lgan hayotiy vaziyatlarga tayangan holda javob qidiriladigan savollar berishga intiling;
• Mavzu bilan uzviy bog‘liq ravishda va undan kelib chiqqan holda o‘z nuqtayi nazarlarini boshqalarga yotig‘i bilan va atroflicha tushun-tirishga undaydigan savollar berishga harakat qiling;
• O‘quvchi (talaba)lar savollarga javob berayotganlarida, iloji bo‘l-sa, ba’zan «Nega bunday deb o‘ylaysiz?» – turkumiga mansub qo‘shim-cha savollar berish ham yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
Savol berish usullari Agar talabalar (o‘quvchilar)ga o‘rganilayotgan mavzu yoki muam-mo bilan bog‘liq bo‘lgan savollar berish jarayonida quyidagilarga alohi-da diqqat-e’tibor qaratilsa, shak-shubhasiz ijobiy natijalarga erishish va talabalarning faolligini sezilarli darajada oshirish mumkin bo‘ladi:
• Tegishli savol yoki savollar majmuasi berilgandan so‘ng (bu ish og‘zaki yoki yozma ravishda tashkil etilishi mumkin) o‘qituvchi tala-balar (o‘quvchilar)ga bu haqda o‘ylash uchun bir necha daqiqa vaqt berilishini tashkil qilsa, ular bu qisqa muddatda berilgan savolning mag‘zini chaqib, chuqur tushunishga hamda asl mohiyatiga etishga harakat qiladilar va javoblari ham to‘liq bo‘lishi tabiiy. Talabalarning to‘g‘ri javoblariga alohida urg‘u berish va rag‘batlantirish ularni bundan keyin ham faol bo‘lishga undaydi.
• O‘quvchi (talaba)larga berilgan savollar bilan bog‘liq va mumkin bo‘lgan muqobil javoblarni yozish topshirig‘i beriladi. Bu esa savolga bir necha ko‘rinishda javob topish, solishtirish, aql tarozusidan o‘tka-zish va fikrlarini jamlash imkoniyatini beradi. Buning pirovard natija-sida berilgan savollarga javoblarning yaxshi o‘ylangan, asosli va man-tiqli bo‘lishiga erishiladi.
• Ba’zi paytlarda o‘rtaga tashlangan savollarga javob berish uchun ko‘ngilli bo‘lib, o‘z ixtiyori bilan otilib chiqqanlarga iloji boricha javob berish taklif etilmasligi maqsadga muvofiq, chunki ular mavzuni, muammoni yoki sohani ko‘proq bilganliklari uchun munozarada yetak-chi o‘rinni egallashga harakat qiladilar. Bu esa ba’zi tortinchoq va uyat-chan talabalar (o‘quvchilar)ga javob berish va munozarada ishtirok etish uchun yetarli darajada imkoniyat qoldirmaydi. Javob bergisi kelayotgan, ammo buning uchun tortinchoqligi va uyatchanligi imkoniyat bermayot-gan talabalarga ko‘pincha javob berish tajribasi yetishmaydi, shuning uchun ham, ularga ko‘proq e’tibor berish lozim bo‘ladi. Chunki «Ular qo‘rqoq emaslar, faqatgina qo‘rqadilar xolos». Ko‘ngilli bo‘lib chiqqan-lardan ular osonlikcha javob berishi mumkin bo‘lgan savollarga javob olishni rejalashtirmang. Boshqa tortinchoqroq talabalardan esa ular ja-vob berishi mumkin bo‘lgan savollargagina javob berishlariga harakat qiling. Talabalarning bilim darajasini hisobga olgan holda savol berish maqsadga muvofiq. Shunday qilish kerakki, tortinchoq, kamtar va uyat-chan talaba (o‘quvchi)lar javob berishga qiynalib, boshqalar oldida esan-kirab va dovdirab qolmasinlar. Shunday hol yuz bersa, bunday talabalar qattiq ruhiy iztirobga tushib, bilganlarini ham tamoman yoddan chiqaradilar.
• Mavzu yoki o‘rganilayotgan muammo bilan bog‘liq bo‘lgan sa-volni bir qadar o‘zgartirib, qaytadan berish usuli munozaraning faol-lashuvi uchun yaxshi yordam beradi va vaqtni tejaydi. Bunda o‘qituvchi savolni shunday qilib tuzishi lozim bo‘ladiki, unga birdan ortiq xildagi javoblar berish mumkin bo‘lsin. Talabalar javoblaridan kelib chiqqan holda, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa savollar ham berilishi, mav-zuni o‘rganish jarayonini yanada chuqurlashtirishga olib keladi. Shun-day qilib, guruhdagi (sinfdagi) hamma talaba (o‘quvchi)lar qiziqarli va faol munozaraga jalb qilinishi mumkin.
• Yuqori (oliy) darajadagi (ya’ni, chuqur, atroflicha, ijodiy va g‘o-yaviy) fikrlash jarayonini boyitadigan savollar berish talabalarning mu-nozaraga ko‘proq va keng ko‘lamda jalb qilinishiga, qiziqishlarining ortishiga olib keladi. Bu sharoitlarda ular munozara jarayoniga berilib va raqobat muhitini yaratgan holda faol qatnashadilar. Bunda aksariyat savollar turkumi talabalarni fikrlashga, o‘ylashga, tahlil qilishga, oddiy-dan murakkabga borishga, baholashga va xulosa chiqarishga majbur qi-lishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi bunday turdagi muammoli savollarni tez-tez berib turishga harakat qilishi kerak, chunki bu ishni amalga oshirish talabalarning tanqidiy mushohada qobiliyatlarini sezilarli darajada oshi-rishga zamin yaratadi.
• Talabalarning turli mavzu va yo‘nalishlarda savollar berish qobi-liyatini va bu boradagi malakasini oshirish maqsadida ularning bu yo‘-nalishda bevosita mashq qilish jarayonini amalga oshirish kelajakda ular bilan ushbu yo‘nalishda ishlashni ancha osonlashtiradi va darsni ham juda qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. O‘qituvchi talabalar (o‘quv-chilar) ga aniq misol va masalalar bilan bog‘liq savollar berib, ularni iloji boricha ko‘proq mashq qildirishi kerak. Bu savollar, misol va ma-salalar atrof-muhitdagi real amaliy hayot bilan va talabalar (o‘quvchilar) ning kundalik faoliyati bilan uzviy bog‘langan holda bo‘lsa, yana ham katta samaraga erishish tabiiy. Bular, masalan, o‘quvchini aniq savolga tegishli javob topish jarayonini tahlil qilishga undaydigan yoki javob-ning mohiyatini har tomonlama o‘ylashga yo‘llaydigan qo‘shimcha savollar tur-kumi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
Agar talaba (o‘quvchi)lar mavzu bilan bog‘liq savollarga noto‘g‘ri javob bergan taqdirlarida ham o‘qituvchi jahl qilmasligi, bayon etayot-gan fikridan adashmasligi, ruhiyati va kayfiyati buzilmasligi kerak. Bunday sharoitlarda u quyidagi ko‘rsatma va maslahatlarni dasturilamal qilib olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:
• Talaba tomonidan berilgan javobning to‘g‘ri tomonini bo‘rttirib ko‘rsatgan holda, o‘quvchi (talaba)da o‘z kuchiga qat’iy ishonch uyg‘o-tish lozim. Keyin esa to‘g‘ri javob topish uchun nimadan foydalanish va yana nimalar qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar berish, shunga mos javobni topa olish uchun yo‘llanma berish zarur. Javobning to‘g‘ri qis-midan amaliy ravishda foydalangan holda uning noto‘g‘ri jihatlarini tu-zatish yo‘llarini ko‘rsatish juda foydalidir.
• Berilgan savolni boshqa so‘zlar bilan tushunarli tarzda ifodalang yoki uni boshqacha usulda bering. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchi (tala-ba) ga to‘g‘ri javob topish uchun yana bir real imkoniyat hosil qiladi va u o‘z faolligini yo‘qotmaydi, o‘z kuchiga, bilimiga va imko-niyatlariga yana ham ko‘proq ishona boshlaydi. Demak, undagi ichki ma’naviy kuchlar rivojlanib, jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun kerakli ma’naviy-ma’rifiy ozuqa oladi.
• O‘quvchi (talaba) ga javob topish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan maslahatlar yoki ko‘rsatmalar berish orqali uni ijodiy fikrlashga, har taraflama o‘ylashga va mulohaza yuritishga undang. Bu usulda o‘ylash jarayonida uning ongi faollashib, bilimlari chuqurlashadi, xilma-xil dalil va qoidalarni o‘zicha o‘ylab topadi.
• O‘quvchi (talaba) ning berilgan savolga javobining mohiyatini tushuntiring va yotig‘i bilan hamda atroflicha javobning qaysi qismi to‘g‘ri hamda qaysi qismi noto‘g‘riligini bildiring. So‘ngra to‘g‘ri javob topishga harakat qilishni yana bir karra taklif qiling.
• Agar o‘quvchi savolni tushunmagan bo‘lsa, mavzu bo‘yicha beril-gan savolni o‘zgartirishga yoki soddalashtirishga erishingki, toki o‘quvchi (talaba) unga iloji boricha osonlik bilan javob bera olsin. Yoki savolni bir qancha mayda savolchalarga bo‘lingki, talabaning to‘g‘ri javoblar berishiga imkoniyat yaratilsin. Bu jarayon albatta o‘qituv-chidan anchagina mahorat, sabr-toqat, bilim va madaniyat talab qilishi tabiiydir.
• Agar talaba savolga noto‘g‘ri javob berayotganligini sezib qol-sangiz, ushbu savolga to‘g‘ri va batafsil javob berish uchun boshqa o‘quvchi (talaba)lardan yordam so‘rang. Lekin bunda javob berayotgan talabaning izzat-nafsiga tegib ketishdan ehtiyot bo‘lish lozim.
• Agar o‘quvchi (talaba) mavzu bo‘yicha savolga noto‘g‘ri javob berayotgan bo‘lsa, undan madaniy muomala qoidalariga rioya qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan «Siz nega bunday deb o‘ylaysiz?» – deb so‘-rash ham mumkin. Bu holda o‘quvchi o‘zining noto‘g‘ri javobidan no-qulay holatga tushib qolmaydi va ko‘pincha fikrlash jarayonida o‘zi-ning javobidagi mantiqiy xatosini topib olishi ham mumkin. Bu esa unga berilgan savolga to‘g‘ri javob topishga amaliy yordam berishi tabiiy.