Gotxold Lessing
Ushbu tanqidiy mushohada usulining tub ma’nosi va mohiyati tala-balarni nafaqat tinglash hamda fikrlashga undashdan, balki bunga qo‘-shimcha ravishda o‘rganilayotgan mavzuning mohiyati haqida boshqa birovlar bilan aktiv va ijodiy fikr almashinishdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham, darslarni tashkil etish jarayonida shunga katta ahamiyat berish lozimki, o‘quvchi (talaba)larni mashg‘ulotlarning maz-mun-mohiyati bo‘yicha atroflicha hamda chuqur fikrlashga undash, o‘zaro fikr almashinishga chaqirish va qiziqtirish samarali natijalarga olib keladi. Darsni bu yo‘nalishda tashkil etish talabalar o‘zlashtirish darajasining ham keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki dars jarayonining bunday to‘laqonli ravishda tashkil qilinishi darsning zerikarli o‘tilishiga barham berib, o‘qituvchi bilan talabalarning faol fikr almashishiga, munozara qilishiga va bevosita muloqotga olib keladi. Shuni yodda tutish lozimki, biz (ya’ni, barcha o‘qituvchi va hurmatli ustozlar) har doim o‘quvchi va talabalarga u yoki bu yo’na-lishlarda samarali, tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim berishimiz lozim. Buni tanqidiy nuqtayi naza-rdan mushohada qilish deb atasak, uning o‘zi nima ekanligini quyi-dagicha aniqlab olish maqsadga muvofiq:
1. Tanqidiy mushohada yuritish bu qandaydir fikrlar ketma-ketligi va majmuasining pirovard natijadir. Bu biror-bir shaxs biror-bir narsa haqida fikr yuritganda, uning fikrlarini o‘zgalar tomonidan boshqa yo‘nalishlarda, chuqurlashgan holda tanqidiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishdir. Demak, bu yangi hamda boshqacha noan’anaviy fikrlar, ma’lumotlar orqali atroflicha mushohada va munozara qilish usulidir.
2. Tanqidiy mushohada faol jarayonlar turiga mansub bo‘lib, o‘rganuvchining bilim olish jarayonida atayin yoki tasodifiy (spontan) ravishda yuzaga keltiriladi va uning o‘rganayotgan ma’lumotlar to’pla-mini ijobiy ravishda o‘zgartirishga, moslashtirishga, kengaytirishga yoki ma’lum bir keraksiz va muhim bo‘lmagan qismining o‘zgartirilishiga yoki yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
3. Tanqidiy mushohada jarayoni quyidagi mazmundagi savollar berilganda yoki muammolar o‘rtaga tashlanganda yuzaga kelishi mum-kin:
a) Men ushbu bilimlarni qanday qilib amaliyotda ishlata olaman?
b) Ushbu soha bo‘yicha oldindan bilganlarim bilan mazkur bilim-lar orasida qanday munosabat yoki bog‘liqlik bor?
v) Bu ma’lumotlar men uchun kerakmi, foydalimi yoki yo‘qmi?
g) Bu ma’lumotlar yoki mavzu haqida shaxsan men qanday fikrda-man?
d) Bu ma’lumot hamda g‘oyalarni qo‘llash men va o‘zgalar uchun qanday qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi?
Dostları ilə paylaş: |