Uzbek stationery


Asosiy atamalar, qaytaruv



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə15/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Interfaol ta’lim uz

Asosiy atamalar, qaytaruv
Agarda matnni yoki mavzuni mutolaa qilishdan oldin talaba (o‘quvchi) larga unda uchraydigan asosiy atamalarni va so‘zlarni umu­miy ravishda izohlash talab qilinsa hamda ular konkret matnda qanday ma’noda ishlatilganligi so‘ralsa, matnni o‘qib bo‘lgandan so‘ng ulardan «Bu so‘z, atama, so‘z qismlarini yana qayerlarda va qanday ma’nolarda ishlatsa bo‘ladi?» – degan savol bilan murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalar va ustoz orasidagi qizg‘in munozara hamda fikr almashinuv uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bir-biriga boglanmagan mantiqiy zanjirlar, qaytaruv
Matnda uchraydigan voqea-hodisalar aks ettirilgan gap (gap qism-lari, bo‘laklari)larni alohida so‘zlarga ajratgan holda talabalarga tavsiya etiladi va matnni o‘qib chiqish jarayonida (yoki undan keyin) so‘zlar-ning matn bilan uzviy bog‘liq ravishda joylashuvi, ketma-ketligini to-pib, so‘zning boshlang‘ich ko‘rinishini tiklash topshirig‘i beriladi. Ush-bu vazifa talab darajasida bajarilganidan so‘ng, o‘quvchilar (talabalar) sinfdoshlari oldida bajargan ishlarini tushuntirishi va izohlab berishlari lozim.
O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo‘llanma
tayyorlash, qaytaruv
Agarda o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma yaxshi o‘ylab tuzilgan bo‘lsa, undagi topshiriqlar o‘quvchi (talaba) larga matn maz-munidagi mavjud ma’lumotlarni chuqur fikrlagan va topshiriqqa ijodiy yondashgan holda to‘plashga va umumlashuv hosil qilishga yordam be-radi. Albatta, bunda bajarilgan ishlardan xulosa chiqarish deb ataladi-gan va alohida ahamiyatga molik bo‘lgan bosqichni ham aslo yoddan chiqarmaslik zarur, chunki har bir talaba o‘z tajribasi va bilimidan kelib chiqqan holda muqobil va o‘ziga xos ko‘rinishdagi yechimlarga kelishi tabiiy. Bu esa talabalar orasida jonli muloqot hamda qizg‘in munozarani amalga oshiradi va ushbu munozara haqiqatning mezoni sifatida xizmat qiladi.
Ikki bo‘limdan iborat kundaliklar, qaytaruv
Matn o‘qib bo‘lingandan so‘ng, (Fikrlash) bosqichida talabalar yana ikki bo‘limdan iborat kundaliklar bilan ishlash jarayoniga qaytadi­lar. O‘qituvchi matnni yoki tegishli mavzuni qismlarga bo‘lgan holda kundaliklaridagi yozuvlardan foydalanib, bir-birlari bilan mavzu doira-sida o‘zaro fikr almashishlarini so‘raydi. O‘qituvchining o‘zi ham matnga, mavzuga va uning tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan izohlarni tayyorlab kelishi maqsadga muvofiq. Bu ishga iloji boricha ijodiy yondashish lozim. Chunki o‘qituvchi muloqot chog‘ida o‘quvchilarga o‘zining shaxsiy fikrlarini ham bayon etishi va ularni har taraflama izohlashi lozim bo‘ladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin