Uzbek stationery


O‘zaro bir-birini o‘qitish usuli



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə13/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Interfaol ta’lim uz

O‘zaro bir-birini o‘qitish usuli
Ko‘pchilikka ma’lumki, o‘rganishning eng yaxshi usuli o‘zgalarni biror-bir narsa o‘rgatishga harakat qilishdir. Bunda inson o‘zining bar-cha bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, bu vazifaga ijodiy ravishda yondashadi. O‘zaro bir-birini o‘qitish usuli ham xuddi shu tamoyilga asoslangan bo‘lib, bunda o‘quvchilarga vaqtinchalik o‘qituvchilik rolini bajarish taklif etiladi va ular guruhdagi boshqa talabalarni o‘rganilayot­gan mavzu bilan bog‘liq matnlar, qoidalar, dalillar yoki ma’lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Guruhdagi har bir talabaga biror-bir matnning bir xil nusxasi tarqatiladi. O‘quvchilar gal-ma-galdan o‘qituvchilik rolini o‘ynaydilar. Bunda «o‘qituvchi» rolini o‘ynaydigan talabadan quyidagilarni bajarish so‘raladi. Ya’ni guruhdagi hamma talabalar matnning biror-bir bo‘lagini o‘qib bo‘lishganidan so‘ng «o‘qituvchi»:

  • Matn bo‘lagidagi ma’lumotlarning mohiyatini qisqacha aytib va tushuntirib beradi;

  • Matn bo‘yicha savollar o‘ylab topib, ularga boshqa talabalarning javob berishini so‘raydi;

  • Boshqalar uchun tushunarsiz bo‘lgan joylarini qayta tushun-tirishga va ularning ma’nosini chaqishga harakat qiladi;

  • Matnning keyingi bo‘lagida nimalar kelishi mumkinligi haqi-dagi o‘z taxminiy fikrlarini aytib va tushuntirib o‘tadi;

  • Matnning keyingi bo‘lagini o‘qish va uni atroflicha tahlil qilish uchun topshiriq beradi.

Bunday turdagi darsning boshlanishida avvalo o‘qituvchining o‘zi talaba/o‘quvchiga bu usulni aniq va ravshan namoyish qilib berishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham, u talabalarga o‘zining matn birinchi qismi bo‘yicha munozara boshlovchi bo‘lishini bildiradi va ulardan bu jarayonni diqqat bilan kuzatish kerakligini so‘raydi. Talabalarning o‘z-lari ham bu usulda dars olib borishlari zarurligini bilganlaridan so‘ng o‘qituvchi darsini diqqat bilan kuzatadilar va kerakli xulosalarni chiqa-radilar. O‘qituvchi yuqorida keltirilgan besh bosqichdan iborat hara-katlar ketma-ketligini tinglovchilarga batafsil tushuntirib bo‘lganidan so‘ng har bir bosqichda nima qilish lozimligini aniq va ravshan shaxsan o‘zi namoyish qilib berishi juda muhimdir. Bundan tashqari, o‘qituvchi matnni qanday usulda maqsadga muvofiq bo‘lgan qismlarga bo‘lish muammosini ham oldindan hal qilib olishi lozim. Bunda asosiy ko‘r-satkich sifatida tanlangan matn qismini 8-10 daqiqa davomida muho-kama qila olinishi ish muvaffaqiyatining garovidir. Demak, matnni qi-smlarga bo‘lganda, uning har bir alohida bo‘lagida qanday turdagi va hajmdagi ma’lumotlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Savollarni ham mantiqiy, ma’lum me’yorlarga rioya qilgan holda berish maqsadga muvofiq. Bunda ham talabalarga savol berish malaka-sini namoyish qilish lozim bo‘ladi (bu boradagi qo‘shimcha foydali maslahat va ma’lumotlarni qo‘llanmaning tegishli bo‘limidan olishingiz mumkin). Savollar matn parchasida mavjud bo‘lgan fikrlarni oydin-lashtirish va yanada chuqurroq tushuntirish, unda aytilmagan (lekin ya-shirin holda mavjud) jihatlarni aniqlash hamda ularni talabalarning fikrlari bilan solishtirish maqsadida berilgani ma’qul. O‘qituvchi ma’-lum turdagi va ma’nodagi savollar vositasida talabalar­ning predmet-ni/sohani o‘rganish jarayonini iloji boricha maqsadli ravishda boshqa-rishi lozim. Matnning keyingi qismida nima kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytishda o‘qituvchi o‘z shaxsiy fikrlarini bildirishi yoki bu haqda talabalarning mulohazalarini ham so‘rashi mumkin. Agar talaba-lar birinchi namoyish vaqtida usulning mohiyatiga to‘la tushunmasalar yoki shartli «o‘qituvchi» sifatida ishlashga qiynalsalar, o‘qituvchi ular-ga barcha bosqichlarni yana bir karra batafsil tushuntirib, ikkinchi mar-ta namoyish qilish jarayonini amalga oshirishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin