7. Faol ma’ruzaning oxirgi bosqichi yakuniy topshiriq hamda fikrlash deb atalishi mumkin (Demak, uni shartli ravishda «Fikr-lash» bosqichi deb ham atay olamiz) Faol usulda o‘tkazilayotgan ma’ruzaning ushbu oxirgi va hal qiluvchi bosqichda o‘qituvchi talaba-o‘quvchilarga shunday turdagi topshiriq, masala, test, muammo yoki ko‘rsatma berishi lozimki, unda tinglovchilar ma’ruzada berilgan asosiy ma’lumotlar, faktlar va qoidalar to‘g‘risida ijodiy hamda jonli fikrlasinlar. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qi-tuvchining mavjud tajribasi va bilimi darajasi bilan aniqlanib, xilma-xil ko‘rinishlarda va usullarda tashkil qilinishi mumkin. Bunday tadbir-larga yaqqol misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Sinfdagi (guruhdagi) talabalarni (o‘quvchilarni, tinglovchilarni) maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilingan guruhlarga yoki juftlik-larga bo‘lingan holda ma’ruzaning asosiy qismlari haqida oldindan tu-zilgan ochiq turdagi savollarga javob berishlarini so‘rash mumkin;
Har bir tinglovchiga ma’ruzaning asosiy qismini, undagi beryl-gan qoidalar va ma’lumotni hamda ma’ruza mohiyatini qamrab oluvchi «5 daqiqalik insho (hikoya)» yozishni taklif qilish ham samarali nati-jalarga olib kelishi mumkin;
Har bir tinglovchi/talabaga ma’ruza davomida ko‘rib chiqilgan muammolar bilan bog‘liq birgina savolga bag‘ishlangan «5 daqiqalik insho» yozish topshirig‘ini berish hamda ular uchun ma’ruza davomida javobsiz qolgan birgina savolni yozishlarini taklif qilish. O‘qituvchi bu insholarni yig‘ib oladi va ularni kelajakda o‘z ma’ruzasini yanada boyi-tish uchun ishlatishi mumkin yoki ularning ichidan eng qiziqar-li/maqsadga muvofiqlarini tinglovchilar/talabalar bilan birgalikda mu-hokama qilishi mumkin. Endi har bir alohida olingan bosqichda qo‘lla-nilishi mumkin bo‘lgan faol pedagogik usullar haqida batafsilroq to‘x-talib o‘tamiz.
(Chaqiriq, Tayyorlanish)bosqichida talabalarning o‘rganilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishdagi bilimlarini faollashtirish, ularda o‘rgani-layotgan mavzuga nisbatan ma’lum bir darajada qiziqish uyg‘otish va ma’ruzaning berilishi bilan bog‘liq pirovard maqsadlarini aniqlash uchun quyidagi turfa usullarni qo‘llash mumkinki, ular o‘qituvchining ishini ancha osonlashtiradi va uning o‘quvchilar bilan maqsadga muvo-fiq ravishda muloqot qilishiga imkon beradi: