Semantik xususiyatlar tahlili Bunda tinglovchi (talaba) larga ma’lum bir ko‘rinishdagi va tuzi-lishdagi jadval tuzish taklif qilinadi. Ushbu jadval birinchi ustunining birinchi satrida ularga yaxshi ma’lum bo‘lgan bir hodisa, dalil yoki faraz hamda ikkinchi satrda bugun o‘rganiladigan mavzu bilan bog‘liq hodisa, dalil yoki farazning yo‘nalishi qo‘yiladi. Jadval birinchi satri-ning qolgan katakchalarida esa mavzu bilan bog‘liq asosiy ko‘rsat-kichlar yozib chiqiladi. Talabalarga hosil bo‘lgan jadvalning ikkinchi va uchinchi satrlaridagi bo‘sh katakchalarni to‘ldirish taklif qilinadi. Agar ular tegishli ma’lumotlar yo‘qligi yoki uni yaxshi bilmasliklari sababli jadval katakchalarini to‘ldira olmasalar yoki javoblarining to‘g‘ri ekan-ligiga unchalik ishonmasalar, buni ma’ruza davomida eshitgan ma’lu-mot, qoida yoki faktlardan foydalanib amalga oshirishlari (tekshirish-lari) mumkinligini yotig‘i bilan tushuntirish kerak bo‘ladi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida uni tinglash va tegishli ma’lumot olish uchun yordam beradigan yordamchi vositaga ega bo‘ladilar. Bu usul matematika, fizika, iqtisodiyot kabi aniq fanlarni o‘rganishda juda ham qo‘l kelishi va foyda berishi mumkin.
(Ma’lumot olish)bosqichiga tinglovchilar (talabalar) (Chaqiruv, Tayyorlanuv) bosqichidan so‘ng bir qadar tayyor bo‘ladilar. Chunki u-lar bu bosqichga ma’ruza mavzusi bo‘yicha bilganlarini imkoniyat dara-jasida eslab olgan, o‘zlariga mavzuga oid aniq savollar bergan, oldila-riga tegishli maqsadlarni qo‘ygan va demak, ushbu mavzuga qiziqqan holda keldilar. Bu bosqichda ham quyida keltirilgan bir qancha metodik usullarni qo‘llash mumkinki, ular dars samaradorligini birmuncha oshiradi:
O‘zaro so‘rov usuli Bu metodik usul quyida bayon qilingan tarzda qo‘llanilishi mumkin. Ikki talaba (o‘quvchi) mavzuga bog‘liq biror-bir matnni, ma’lumot, qoida yoki dalilni o‘qiydi va har bir bo‘lim yoki xat boshidan so‘ng bir qancha muddat to‘xtaydilar hamda bir-birlariga o‘qilgan mate-rial bo‘lagining mazmuni yuzasidan tegishli savollar beradilar. Bunda ular bir-birlaridan ushbu matn bo‘lagidagi asosiy fikrlar haqida so‘ray-dilar. Mabodo qiyinchilik tugilsa yoki tushunmovchilik ro‘y bersa, o‘qi-tuvchi ularni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirib turishi va masala mohiyatini tushuntirishi lozim. Bu usulni qanday qo‘llash kerakligini auditoriyadagi talabalarga ko‘rsatgandan so‘ng, o‘qituvchi guruhni maqsadga muvofiq juftliklarga bo‘ladi hamda ularning ko‘rsatilgan tartibda birgalikda ishlashlarini amalga oshiradi. Zaruratga ko‘ra ularga yaqindan uslubiy-axborot tarzida ko‘maklashadi. Bunday juftliklar o‘qituvchi sinf tarzida ham tashkil qilinishi mumkin. Bunda o‘qituvchi matnning biror-bir qismini o‘qiydi va o‘quvchilar uning mazmunini tushunganlaridan so‘ng, talabalar ushbu qism bilan bog‘liq savollar beradilar. Keyin esa o‘qituvchi rolini biror-bir talaba egallashi mumkin. Bunda o‘qituvchi sun’iy ravishda o‘z-o‘zidan «oddiy tinglovchi/o‘quv-chi» darajasiga tushishi lozim bo‘ladi.