Bu bo‘limda ta’limning ma’ruza usuli haqida fikr yuritiladi. Chunki ushbu usul hozirgi paytda deyarli har bir o‘quv-tarbiya muas-sasasida keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Ma’ruza usulida ta’lim berish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Bunday hammabop usulni qo‘llaganda o‘qituvchi tomonidan bar-chaga bir tekisda bir xil ma’lumot berish juda ham osonlashadi. Ya’ni bunda «Ommadan chiqqan insonlarga ommaviy ravishda xizmat ko‘r-satiladi» deb nomlangan ma’lum va mashhur tamoyilga amal qilinadi. Ma’ruza dars berish jarayonini umumiylashtirishga imkon yaratadi va hech kimga sir emaski, talabalar hozirgi paytda xuddi shu dars uslu-biyatiga qiziqib, ko‘pincha unga deyarli yuz foiz qatnashadilar. O‘ti-layotgan darslarning asosiy qismi va mag‘zi xuddi shu xilda tashkil etiladigan darslarda talabalar ixtiyoriga havola qilinadi. Shuning uchun ham, ta’lim berishning bu usulining ijobiy va salbiy tomonlarini bataf-silroq ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Haqiqatan ham, juda keng miq-yosda qo‘llaniladigan ushbu ma’ruza usulining ko‘pchilik olim va muta-xassislar tan olgan quyidagi uch kamchiligi mavjud:
1. Ko‘plab ma’ruzalarning ancha kam qismi tinglovchilar tomo-nidan to‘la o‘zlashtiriladi. Masalan, ellik daqiqalik ma’ruza davomida talabalar fikrining yo‘naltirilganligini aniqlash (ushbu holda ularning konspektlaridagi yozuvlar hajmi va ma’nosi o‘rganilib chiqilgan) ular-ning darsning 15 daqiqasi davomida 41 foiz hajmdagi materialni yozib olganliklarini, keyingi 30 daqiqada esa 25 foiz hajmidagi materialni yozib olganliklarini va butun ellik daqiqalik ma’ruza davomida ta-labalar ma’ruza materialining bor-yo‘g‘i 24 foizinigina yozib olgan-liklarini ko‘rsatgan. Boshqa bir ilmiy izlanishda esa ma’ruza boshla-nishidan 15 daqiqa o‘tgandan so‘ng talabalar 10 foizining diqqat-e’ti-bori boshqa narsalarga chalg‘iy boshlagan, 25 daqiqadan keyin esa 30 foiz tinglovchilarning fikri boshqa tomonga o‘zgargan, 35 daqiqadan so‘ng hamma tinglovchilarning fikri tarqoq holga kelgan, 45 daqiqadan so‘ng esa diqqat-e’tibor yana ham susayib, talabalarning ba’zilari mud-rab qolgan. Bir sutkadan so‘ng ularning ushbu mavzu bo‘yicha olgan bilimlari tekshirilgan. Bunda tinglovchilar berilgan materialning atigi 15-25 foizinigina o‘zlashtirganliklari aniqlangan. Qolgan ma’lumot va raqamlarni esa ular qandaydir noaniq hamda mavhum holda eslab qolganlar.
2. Ko‘pincha ma’ruzalar tinglovchilardan oddiy, ibtidoiy va ancha sodda darajadagi fikrlashni talab qiladi. Ko‘pchilik hollarda ma’ru-zalarda inson miyasi va aql-idrokining vazifasi eshitish, so‘zlarni ilgash, tanib olish va eslab qolish bilan chegaralanadi, xolos. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘zgalarning biror-bir sohadagi ajoyib fikrlarini hamda mavjud dalillarni eslab qolish hech qachon samarali fikrlash hamda ijod qilishga olib kelmagan va olib kelmaydi ham. Tadqiqot-chilar tomonidan aniqlanishicha, ma’ruzani insonlar orasidagi bir-biriga ma’lumot/axborot uzatish usuli sifatida munozaradan yaxshi deb bo‘l-maydi. Munozara esa ma’lumot oluvchilar va uni beruvchilar orasida bevosita muloqot/aloqani mustahkamlaydi, xatolarga kamroq yo‘l qo‘yi-ladi va tinglovchilarda tahliliy/mantiqiy fikrlashni rivojlantirib, ular mu-ammolar qo‘yish, tushunish/tanish va ijodiy ravishda xal qilishga unday-di/o‘rgatadi.
3. Ba’zi yosh o‘qituvchilar, dars berishning ma’ruza usulini tala-ba/o‘quvchilarga aytib yozdirish usuliga aylantirib, uning mavqeyini juda ham tushirib yuborishlari mumkin. Buni bir qancha sabablar bilan izohlashlari, masalan, bu sohadan o‘zbek tilida adabiyot mavjud emas, talabalar bu darsdan daftarlariga bir nima yozib ketadilar, imtihonga kelganlarida bu yozuvlar yordam beradi va shunga o‘xshash sun’iy ba-honalar keltirishlari mumkin. Bularning hammasi ham asossiz bo‘lib, o‘quvchi/talabalarni to‘laqonli bilim olishdan chalg‘itadi.
Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, ma’ruzalarning ham o‘ziga xos bir qancha yaxshi, diqqatga sazovor hamda ijobiy tomonlari mavjud: