Amaliyot – praktika Darsingizning ushbu qismida Siz talabalarning oldingi bosqichda olgan bilimlari asosida ularni amaliy fikrlashga o‘rgatish, nazariya bilan amaliyotning qanday bir-biriga bog‘liqligini namoyish qilish, nazariya asosida ma’lum bir qoidalar majmuasini birgalikda yaratish yoki ularga bularni yorqin misollar vositasida o‘rgatishni amalga oshirish lozim bo‘-ladi. Bunday turfa xil amaliy mashg‘ulot turlarini darsdan oldin tay-yorlab kelishingiz maqsadga muvofiq. Siz dars jarayonida talabalar ba-jarayotgan ishlarini diqqat bilan kuzatishingiz, yangi ma’lumotlarning to‘g‘ri o‘zlashtirilayotganiga ahamiyat berishingiz va amaliyot bilan nazariyaning bir-biriga qo‘pol ravishda qarama-qarshi kelib qolmas-ligiga e’tibor berishingiz zarur bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, bu-ning sabablarini aniqlab, talabalarga atroflicha tushuntirishingiz lozim.
Natija – o‘zlashtirish darajasini tekshirish Mavzuning yangi o‘rganilgan materiallarini talabalar bilan mulo-qot qilgan holda muhokama qilish va bu jarayonga ularni iloji boricha ko‘proq jalb qilish yaxshi natijalarga olib keladi. Agar biror-bir qoida, dalil, qonun, ko‘rsatkich yoki tartibot talabalarga tushunarsiz bo‘lib qol-gani ma’lum bo‘lib qolsa, bularni tushuntirishga harakat qilish va ular-ning tub mohiyatni anglaganliklarini his qilish. Talabalar ushbu bos-qichda Siz bergan g‘oya, fikr yoki nazariyaning asosiy jihatlarini o‘z-lashtirib olish uchun qulay imkoniyat olishlari lozim. Bu esa tamomila Sizning malakangiz, dars rejangiz, qolaversa, uslubiyatingizga bog‘liq.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan bosqichlarning ma’nosi va mohiyatini quyida, iqtisodiyot fanidan dars berish rejasini tuzish jarayonida bataf-silroq ko‘rib chiqamiz.
Qiziqtiruv – motivatsiya
Maqsad
Talabalarning darsga qiziqishini oshirish va ularga ta’lim olish uchun qulay ma’naviy-ma’rifiy sharoit yaratish