Uzbek stationery



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə42/80
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#104754
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Interfaol ta’lim uz

5. Taqdimotni baholashni amalga oshirish. Bu bosqichda quyida misol tariqasida ko‘rsatilgan yoki boshqa turdagi mezonlar yordamida ma’ruzani baholash natijalari e’lon qilinadi. Bunda, masalan, quyidagi baholash darajalari (ko‘rsatkichlari) ishlatilishi mumkin:
Boshlash – 5 ball
Mavzu rejasi – 10 ball
Ma’ruza (mavzu ma’nosini yoritish) – 20 ball
Xulosa – 10 ball
Umumiy ballar miqdori 45 ball
Qo‘shimcha ballar 20 ball
Jami ballar miqdori 65 ball

Ushbu ballarni ma’ruzani baholash mezonlari sifatida ishlatishda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi:


a) Taqdimotning tegishli qismi mazmuni – taqdim qilinayotgan bo‘limga tegishli ma’lumotlarning bo‘lim mohiyatiga mos kelishi;
b) Taqdimot qila olish qobiliyati – tegishli bo‘lim taqdimotini tashkil etishdagi ma’ruzachining kasbiy mahorati;
v) Taqdimotning aniq va ravshan amalga oshirilganligi – bunda taqdimot tegishli bo‘limiga mos bo‘lgan fikrlarning aniq va mantiqiy ketma-ketlikda berilishi hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Taqdimotni baholash oldindan shakllantirilgan hay’at tomonidan amalga oshiriladi va bu hay’at a’zolari taqdimot paytida, albatta, hozir bo‘lishlari lozim. Ular, iloji bo‘lsa oldingi qatorda, alohida joyda o‘ti-rishlari va ularning taqdimotni baholashlari xolisona bo‘lgani maqsadga muvofiq.
Yuqorida ko‘rsatilgan yigirma ball miqdoridagi qo‘shimcha bal-lar taqdimot jarayonining, umuman, qanday o‘tkazilgani bilan aniqla-nadi va bunda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
• Taqdimotga tayyorlanganlik ahvoli;
• Taqdimot paytida o‘zini qanday tutganligi;
• Savollarga qanday javob berganligi;
• Tashkilotchilik madaniyati;
• So‘zlash madaniyati;
• O‘z fikrlarini tushuntira olish qobiliyati;
• Guruh bilan muloqot qila olish mahorati;
• Qo‘l va gavda harakatlarining taqdimot qilinayotgan mavzuga mos bo‘lishi;
• Kiyinish madaniyati;
• Yangi fikrlarga munosabati va topqirligi.
Ushbu har bir ko‘rsatkichga 2 balldan baho qo‘yish amalga oshiriladi va ularning barchasi jamlanadi (ya’ni, 2X10 = 20 ball).
Taqdimot so‘ngida hay’at a’zolari taqdimotning qanday o‘tganligi haqida xulosa sifatida ma’lumot beradilar, yuqorida sanab o‘tilgan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqdimot marosimini baholaydilar. Ma’ru-zachining umumiy bahosini unga hamda taqdimot marosimida hozir bo‘lgan barcha ishtirokchilarga bildiradilar. Bunda, albatta, ma’ruza-chining keyinchalik o‘tkazadigan taqdimot marosimlarida nimalarga ahamiyat berishi kerakligi aniq va ravshan ko‘rsatilishi hamda tushun-tirilishi lozim bo‘ladi. Marosim oxirida ma’ruzachining o‘ziga so‘nggi so‘z beriladi va uning taqdimot marosimi hamda uni baholash haqidagi xolisona fikri eshitiladi. Uning bu chiqishi bilan bog‘liq savol, fikr yoki mulohazalari bo‘lsa, ular ham ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi. Bu odilona baholash va foydali maslahatlar ma’ruzachi-talaba malaka-sining va so‘zlash madaniyatining kelajakdagi rivojlanishida katta ahami-yatga ega bo‘lishi hech kimga sir emas. O‘qituvchilar ko‘pincha o‘quvchi va talabalarni qanday qilib tartibga chaqirish ustida bosh qotiradilar. Ba’zi vaqtlarda bunday usullarni o‘zlari o‘ylab topadilar, ba’zida esa boshqalarning tajribasidan foydalanadilar. Boshqa bir hol-larda esa biror-bir chora ko‘rishga ojiz bo‘lib, bundan qattiq ruhiy azob-lanadilar. Shuning uchun ham, ushbu muammoning o‘ta hayotiyligini hisobga olib, biz quyida uni hal qilishning bir qancha usullarini ber-moqchimiz. Bu ishni amalga oshirish qadam-baqadam ketma-ketlik si-fatida berilgan bo‘lsa ham, hayotda ularning ba’zilari bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin. Ushbu ketma-ketlik quyidagi asosiy bosqich-lardan iborat bo‘lishi mumkin:

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin