R. Dekart.
Albatta, ommaviy chiqishlar va ma’ruzalarning tashkil qilinishida auditoriyaning qiziqishlari hamda uning Siz bermoqchi bo‘lgan ma’lu-motlarga ehtiyoji bor-yo‘qligini hisobga olish hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chunki savdogarga oliy matematika haqida, qassobga astro-nomiya haqida yoki sotuvchiga fizika haqida gapirsangiz, Sizni bata-mom tushunmasidan tashqari boshqa fikrga ham borishi mumkin. Bu borada bir yaxshi hikoya ham mavjud: Kemada ketayotganlardan biri boshqasidan «Matematikani bilasizmi?» – deb so‘rabdi. Sherigi esa «Afsuski, bilmayman» – deb javob beribdi. «Bo‘lmasa, chorak umrin-gizni yo‘qotibsiz» – debdi yo‘lovchi. Bir muncha muddat o‘tgandan so‘ng u yana «Mantiqni bilasizmi?» – debdi. Sherigi yana «Bilmayman» deb javob beribdi. «Bo‘lmasa, yarim umringizni yo‘qotibsiz» debdi bi-limdon kishi. Birozdan so‘ng u yana bir savol beribdi: «Fizikani bila-sizmi?» Sherigi esa bunga javoban «Suzishni bilasizmi, azizim?» – deb so‘rabdi. Bilimdon inson esa «Afsuski, bilmayman» – deganida, sherigi «Bo‘lmasa, butun umringizdan ajrabsiz» – deb uni suvga uloqtirib yuborgan ekan. Bundan xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, auditoriya ozgina bo‘lsa ham biladigan, bilishni xohlaydigan, tushu-nadigan va o‘rganishga intiladigan sohalarda ma’ruza o‘qish yaxshi na-tijalarga olib keladi. Omma oldida maqsadingizni tushuntirishda esa qu-yidagilarga alohida ahamiyat berishingiz maqsadga muvofiq:
O‘z chiqishlaringizni shunday tashkil qilingki, barcha ishtirok-chilar «Men buni xohlaymanmi?», «Menga bu kerakmi?» va «Men buni uddalay olamanmi?» degan savollarga ma’ruzadan so‘ng to‘la-to‘kis ja-vob topa olishsin. Lekin ilk bor uchrashganingizda yoki birinchi ma’ru-zada juda ham tugal ma’lumot bermang, chunki ular hali bunga tayyor emaslar. Ma’lumotni berishda o‘z obro‘-e’tiboringizga alohida urg‘u be-rish tufayli Siz bilan muloqot qiluvchilarni noqulay ahvolga solib qo’y-mang. Hamma ham Siz singari bilimli, aqlli va omadli bo‘lishi mum-kinligini his qilsin hamda «Men shubhasiz buni tushuna, o‘zlashtira va qila olaman!» degan qat’iy xulosaga kelsin.
Uzluksiz ma’ruza qilish bo‘laklarining juda ham uzoq vaqt da-vom etishi maqsadga muvofiq emas, uning Sizdan ma’ruza eshi-tuvchilar kutgan vaqt hajmida tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Agar buning iloji bo‘lmasa, eng ko‘pi bilan 25-30 daqiqalik ma’ruza qilgan ma’qul. Keyin biror bir faol hamda o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq tadbir (bu turdagi bir qancha tadbirlar ilovada keltirilgan) o‘tkazish lo-zim. O‘quvchi (talaba)larning charchog‘i tarqalganidan so‘ng, ma’ru-zani yana davom ettirish mumkin. To‘xtovsiz va juda ko‘p vaqt davom etgan ma’ruza (tadbir) insonni charchatib, uning ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilishiga mone’lik qiladi.
O‘z chiqishlaringizni quyidagi reja asosida uyushtiring:
Kirish;
Nima to‘g‘risida gapirishingiz kerakligi haqida so‘zlab bering;
Asosiy qismda kerakli ma’lumotlarni bering;
Xulosa qismi;
Nega bu xaqda gapirganingizni tushuntirib bering.
Doimo ma’ruzangizning asosiy maqsadini nazardan qochirmang. Chalg‘imasdan va qat’iyat bilan faqatgina o‘sha yo‘nalishda harakat qi-ling. Aks holda fikr tarqoqligi yuzaga keladi va o‘zingiz ham, o‘quvchi (talaba, tinglovchi) ham mavzudan chetga chiqib ketishi mumkin.
Birinchi o‘n daqiqa minutda mavzuga oid yangi ma’lumotlar va fikrlar bering, keyingi o‘n daqiqa bu ma’lumotlar bilan bog‘liq ijobiy va salbiy imkoniyatlarni (sharoitlarni, dalillarni, konsepsiyalarni, hodi-salarni) tushuntirib, uni Sizni eshituvchilar qiziqishlari (intilishlari, ta-lablari) bilan solishtiring. Oxirgi o‘n daqiqa yuqorida gapirganlarin-gizdan xulosa chiqaring va hodisalarning keyinchalik rivojlanish yo‘na-lishini imkoniyat darajasida ko‘rsating.
Xulosa sifatida albatta tinglovchilardan nima xohlayotganingizni eslatib qo‘yishni yoddan chiqarmang.
Qog‘ozga (daftarga, kitobga) qaramasdan ishonch bilan, berilib gapiring.
Ko‘proq «Siz» va «Bizlar» deb gapiring, chunki bu tinglovchi-larning hurmatini qozonishga olib keladi. «Men» ni kamroq ishlating, chunki bu auditoriyaning Sizga nisbatan qarama-qarshi ta’siri (reak-siyasi) ga sabab bo‘lishi mumkin.
Esingizda qolsin – ommaviy chiqishlarning taxminan 80 foizi o‘zingizning kimligingiz haqida tinglovchilarga ma’lumot berishdir. Chiqishingiz muvaffaqiyatining faqatgina 20 foizigina Sizning so‘zla-yotgan gapingiz ma’nosi bilan bog‘liq, 40 foizi esa ovozingiz, intona-tsiya va so‘zlash ritmingiz bilan va nihoyat 40 foizi gavda harakat-laringiz (ya’ni, bosh harakati, qo‘l va oyoq harakati, ko‘zlar holati) bilan aniqlanadi.
Gapirayotganda intonatsiyani va jestikulyasiyani asosiy fikrlar-ga urg‘u berish uchun ishlatishga harakat qiling.
Auditoriyada ko‘proq harakat qiling, jonsiz predmetday sinfda yoki minbarda qotib turmang.
Ma’ruzangizda vizual qo‘llanmalarni ishlatishga harakat qiling. Masalan, chizmalarni, grafiklarni, plakatlarni, slaydlarni, video va audio materiallarni ishlatish yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ularning ish-latilishini xonaning katta-kichikligi va odamlar soni bilan mutanosib ra-vishda amalga oshiring.
Quyidagi qoidani ishlatishingiz mumkin: «Har bir asosiy fikrga bitta ko‘rsatuv»
Menga hech kim bermaydi, deb o‘ylagan savollaringizga albat-ta javob tayyorlab keling, chunki Sizga ko‘pincha xuddi shu savollar be-rilishi mumkin.
Agar berilgan savollarga javoblarni bilmasangiz, uni bilaman deb ko‘rsatishga aslo harakat qilmang. O‘ylab ko‘rib, ma’nosiga yetga-ningizdan so‘ng javob berishingiz haqida tinglovchilarga va’da bering yoki «Javobini quyidagi sabablarga ko‘ra bilmayman» deb rostini ayt-ing. Javobning oxirida o‘z fikringizning qanday ekanligini quyidagi shaklda qo‘shib qo‘ysangiz ham bo‘ladi: «Lekin men bu haqda quyida-gilarni ayta olaman . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..»
Bo‘lajak ma’ruzangiz rejasini tuzing va ommaviy chiqishdan oldin uni biror bir kimsaga ko‘rsating yoki shu sohada ishlovchi biror-bir kimsa bilan atroflicha muhokama qiling.
O‘z ma’ruzangizni video yoki audioga yozib oling yoki kichik-roq bir guruh oldida chiqish qiling va uni tanqidiy ravishda muhokama qilishga yoki fikrlashga erishing.
Ma’ruzadan oldin juda ham to‘yib ovqat yemang, chunki bu miya faoliyatini sekinlashtirib, yorqin, chuqur va atroflicha fikrlashga halal berishi mumkin.
9. Interfaol va samarador dars rejalarini tuzish
Belgi bo‘lsa, odam yo‘ldan,
aql bo‘lsa so‘zdan adashmaydi
Dostları ilə paylaş: |